Organlarining ish uslubi, asosiy vazifalari, funksiyalari hamda huquqlari


Download 452.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi452.92 Kb.
#1188212
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
marge me

 
Adliya vazirligi tarixi 
Adliya vazirligi oʻzi uchun belgilab olgan asosiy shior: “Fuqarolar adliya 
idoralari faoliyatidan rozi boʻlishi kerak”. Demak, barcha xatti-harakatlarimiz 
xalqimiz roziligiga erishish, uning muammolarini tinglash va hal qilishga 
koʻmaklashishdan iboratdir. 
Oʻzbekiston Respublikasi adliya tizimi mohiyatan jahondagi aksariyat 
davlatlarnikiga oʻxshash, ayni damda bir qator oʻziga xosliklarga ega tuzilmadir. 
Qariyb 100 yillik tarixga ega ushbu tizim yuzaga kelish, shakllanish, rivojlanish 
bosqichlaridan oʻtib, bugungi kunda zamonaviy, mobil va yuqori funksional davlat 
organiga aylandi. 
Dastlab “adliya” soʻzining lugʻaviy maʼnosiga eʼtibor qaratsak.
“Adliya” arabcha “adl” – adolat, toʻgʻrilik, haqqoniylik, odillik, xolislik kabi 
maʼnolarni anglatadi. Demak, adliya idoralarining tashkil etilishidan asosiy maqsad 
– adolatni taʼminlashdir. 
Tarixda Islom diniga eʼtiqod qilgan hududlarda adolatni taʼminlash, asosan, 
qozilik lavozimi zimmasiga yuklatilgan. Qozilar islom qonunchiligi (fiqh) asosida 



faoliyat yuritganlar. XX asr boshigacha – Oʻzbekiston Respublikasiga asos 
solingunga qadar – Turkistonda ham adolat va qonuniylik masalalari, asosan, qozilik 
tizimi tomonidan hal qilingan. 
1924-yil 26-noyabrda Inqilobiy qoʻmitaning qarori bilan Turkiston Avtonom 
Respublikasi Adliya xalq komissarligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya 
xalq komissarligi tashkil etildi. 
Uning vazifasi: avvalgi Buxoro amirligi, Xorazm va Qoʻqon xonligi hududida 
adliya idoralari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish edi. 
Oradan olti oy oʻtgach, 1925-yil 6-mayda Adliya xalq komissarligi haqidagi 
Nizom tasdiqlanib, uning tarkibi hamda vakolatlari belgilandi. Nizomga koʻra, adliya 
idoralariga: 
• Adliya xalq komissarligi va uning tizimidagi idoralarga umumiy rahbarlik;
• barcha sud muassasalari, prokuratura va tergov idoralari, notariat hamda sud 
ijrochilari faoliyatini tashkil etish va yoʻnaltirish;
• sud xodimlarini lavozimlarga tasdiqlash;
• yer komissiyalari va sud vakolatiga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarning 
faoliyatini kuzatish;
• himoyachilar hayʼatlarining faoliyatini kuzatish va aholiga yuridik xizmatni 
tashkil etish; 
• qonunchilik yuzasidan takliflarni birlamchi koʻrib chiqish, qonunchilikka 
amal qilinishini nazorat qilish;
• amaldagi qonunlarni sharhlash, qonun hujjatlari toʻplamlarini nashr etish 
kabi vazifalar yuklatilgan. 
1936-yil barcha prokuratura-tergov idoralari Adliya xalq komissarligi 
tarkibidan chiqarildi. Adliya xalq komissarligi zimmasiga sud idoralari faoliyatini 
tashkil etish va boshqarish vazifasi yuklatildi.
Oʻzbekiston Adliya xalq komissarligi tizimida sud idoralari, aholiga huquqiy 
yordam koʻrsatish va sud himoyasi boʻlimlari, notariat sektori, respublika qonunlarini 
mujassamlashtirish boʻlimi, huquqiy maslahatxona va hokazolar faoliyat koʻrsatdi.
Bundan tashqari, respublika Adliya xalq komissarligi sud ijrochilari 
faoliyatini boshqardi hamda nazorat qildi, sud statistikasini tashkil etdi va olib bordi. 
1956-yil Respublika Vazirlar Kengashining qarori bilan respublika Adliya 
vazirligi toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi. Unga binoan, vazirlikda vazir, uning 
oʻrinbosarlari va bir nechta rahbar xodimlardan iborat hayʼat faoliyat koʻrsatgan. 



1959-yil Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati “viloyat va xalq sudlari 
faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish” maqsadida Adliya vazirligini tugatdi. 
Viloyat va xalq sudlarining ishini tekshirish, ularning barcha faoliyati ustidan nazorat 
qilish huquqi hamda sud statistikasini olib borish majburiyati Oʻzbekiston SSR Oliy 
sudiga yuklatildi.
Ammo keyinchalik davlat qurilishi amaliyotiga bunday yuzaki yondashuv xato 
ekanligi maʼlum boʻldi. Bu tajriba qonun hujjatlarini tayyorlash sifatiga, malakali 
huquqshunos kadrlarning salohiyatiga salbiy taʼsir koʻrsata boshladi. Shu sababli 
SSRI Oliy Kengashining Rayosati 1970-yil 31-avgustda “SSRI ittifoq-respublika 
Adliya vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonni qabul qildi. Unga asoslanib, 
Oʻzbekiston SSR Adliya vazirligini tashkil qildi. 

Download 452.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling