Organlarining ish uslubi, asosiy vazifalari, funksiyalari hamda huquqlari
Vazirlikda ishlarni tashkil qilish
Download 452.92 Kb. Pdf ko'rish
|
marge me
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq bilan muloqot qilish
Vazirlikda ishlarni tashkil qilish.
Vazirlik missiyasi Ishlarni rejalashtirish. Vazirlik faoliyati qisqa va uzoq muddatli ish rejalar asosida tashkil etiladi. Ish rejalarga har bir vazifani amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kiritiladi. Qisqa muddatli ish rejalar har chorakka moʻljallanib tuziladi va har bir soha va yoʻnalishni qamrab oladi. Uzoq muddatli ish rejalar ikki yoki besh yillikka moʻljallanib tuziladi va unda adliya organlarining yaqin kelajakda qilinishi lozim boʻlgan muhim vazifa va tadbirlar kiritiladi. Vazirlik ish tartibi vazir tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiriladi. Vazirlikning missiyasi: • qonun ustuvorligini taʼminlashga koʻmaklashish; • yuridik yordam va xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish, notariat institutini byurokratiyadan xalos etish; • yuqori sifatli davlat xizmatlari koʻrsatish va ularning shaffofligini taʼminlash; • aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish; • adliya organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, axborot taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish. Xalq bilan muloqot qilish Adliya organlari bilan muloqot qilish usullari: o vazirlik rahbariyati va xodimlar shaxsiy va sayyor qabullari; o interaktiv davlat xizmatlari portali; o ishonch telefonlari; o “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida “Adliya bilan muloqot” guruhi va boshqa ijtimoiy tarmoqlar; o adliya organlarining rasmiy veb-saytlari va elektron pochta manzillari; o onlayn-maslahat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling