Organlarining ish uslubi, asosiy vazifalari, funksiyalari hamda huquqlari


Adliya vazirligi tashkiliy tuzilmasi


Download 452.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.02.2023
Hajmi452.92 Kb.
#1188212
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
marge me

Adliya vazirligi tashkiliy tuzilmasi 
Vazirlik davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 
Vazirlik Vazirlar Mahkamasiga, faoliyatining ayrim masalalari boʻyicha esa 
bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi. 
Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, 
hududiy adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi. 
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: 
• Vazirlik markaziy apparati; 
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat 
koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo organlari; 
• Huquqiy siyosat tadqiqot instituti; 
• X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi; 
• “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi; 
• “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi; 
• “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi; 
• “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi; 
• davlat notarial idoralari va arxivlari; 
• Yuristlar malakasini oshirish markazi; 
• Toshkent davlat yuridik universiteti; 



• yuridik texnikumlar; 
• Akademik litsey. 
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan 
mustaqildir va bevosita Vazirlikka boʻysunadilar. 
Adliya organlari faoliyatining
asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, huquqlari 
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda vazirlikning 
faoliyatining yoʻnalishlari, vazifalari, vakolatlari va javobgarligi belgilangan. 
Adliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
• huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish; 
• normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini 
baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatni muvofiqlashtirish; 
• huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash; 
• huquqiy targʻibotni amalga oshirish, bu borada davlat organlari huquqiy 
targʻibot sohasini muvofiqlashtirish; 
• davlat organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda 
taʼminlash; 
• inson huquqlarini himoya qilish; 
• qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli 
amalga oshirilishini taʼminlash; 
• davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish; 
• yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy 
koʻmaklashish; 
• notariat, advokatura hamda huquqiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa 
tuzilmalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash; 
• jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish; 
• NNTlar faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; 
• maʼmuriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga 
oshirish; 
• davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga 
oshirish va takomillashtirish, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish; 



• davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida davlat organlari faoliyatini nazorat 
qilish va samaradorligini baholash; 
• intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va 
intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish; 
• yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni 
tashkil etish; 
• sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish, sud ekspertlarini tayyorlash; 
• siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning 
oʻrnini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrish; 
• xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish; 
• xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining 
huquqiy himoyasini taʼminlash. 
Vazirlikning huquqlari quyidagilardan iborat: 
1) oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish; 
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumati va boshqa davlat 
organlariga takliflar kiritish; 
3) norma ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti va maʼmuriy tartib-taomillar 
bilan bogʻliq vazifalar ijro qilinmaganda mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish 
boʻyicha Prezidenti Administratsiyasi va Hukumatga takliflar kiritish; 
4) davlat organlarida norma ijodkorligi, huquqiy ishlar, yuridik xizmatlar 
faoliyati, huquqni qoʻllash amaliyoti, inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha 
qonunchilik ijrosi, davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etish 
holatini tekshirish; 
5) NNTlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va taʼsis hujjatlariga rioya 
qilinishi, shuningdek, ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishini 
tekshirish; 
6) vazirliklar va idoralarga bajarilishi majburiy boʻlgan: 
• ushbu organlarning norma ijodkorligi faoliyati ustidan monitoring olib borish 
jarayonida aniqlangan qonunbuzarliklarni, tizimli muammo va kamchiliklarni 
bartaraf etish toʻgʻrisida; 
• davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlarni 
bekor qilish va ijrodan chaqirib olish toʻgʻrisida; 



• qonunchilikka muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, 
toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoxud ularni qonunchilik hujjatlariga 
muvofiqlashtirish toʻgʻrisida; 
• ishlab chiqish muddatini koʻrsatgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul 
qilish, ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh 
berish zarurligi toʻgʻrisida; 
• aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlarni notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda 
qoʻllash amaliyoti, qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi, ularga imkon beruvchi 
sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan aybdor shaxslarni intizomiy 
javobgarlikka tortish haqida; 
• normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish taʼsirini 
baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish sohasida aniqlangan 
qoidabuzarliklarni, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni, shuningdek, 
korrupsiyaviy omillar va normalarni bartaraf etish toʻgʻrisida; 
• qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish 
va topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda “ljro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni 
oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish; 
7) nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida aniqlangan qonunchilik va taʼsis 
hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida nodavlat notijorat, shu jumladan 
diniy tashkilotlariga, advokatlik tuzilmalariga bajarilishi majburiy boʻlgan 
taqdimnomalar kiritish; 
8) qonunchilik hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor 
shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish; 
9) fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklari, yuridik xizmatlar faoliyati 
sohasida qonunchilik buzilishi holatlari aniqlaganda hamda adliya organlarining 
qonuniy talablari bajarilmaganda, aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish 
toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritish; 
10) davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, adliya organlari va 
muassasalari manfaatlarini koʻzlab, sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va 
daʼvolarni kiritish; 
11) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur 
boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash 
amaliyoti toʻgʻrisida zarur statistik maʼlumotlarni, tahliliy materiallarni, 
maʼlumotlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlardan bepul tarzda soʻrash va 
olish; 



12) nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlardan axborot, hujjatlar va 
maʼlumotlar, shuningdek, ularning rahbarlari va masʼul shaxslaridan tushuntirishlarni 
talab qilish va olish; 
13) tekshirish oʻtkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini 
oʻrganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha axborot-
tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy 
va taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etish; 
14) tekshirish va tahlil davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish 
maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda 
xodimlarini, shuningdek intellektual mulk masalalari boʻyicha jismoniy shaxslarni 
chaqirish, qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma 
tushuntirishlar talab qilish; 
15) davlatga tegishli Vazirlikning va unga idoraviy mansub tuzilmalarning 
mol-mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bepul foydalanish huquqi bilan bir 
tarkibiy tuzilmadan boshqa tuzilmaga belgilangan tartibda oʻtkazish; 
16) Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan oʻz 
sohasida ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishini 
hisobga olgan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini 
belgilash; 
17) byudjetdan tashqari mablagʻlarni hamda adliya organlari va 
muassasalarining depozit hisobvaraqlarida joylashgan mablagʻlarni Oʻzbekiston 
tijorat banklarining depozit raqamlarida milliy va chet el valyutasida joylashtirish; 
18) idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni tuzish; 
19) xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan 
tartibda ifodalash; 
20) qonunchilikka zid boʻlgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni 
belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarish; 
21) jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaatlarni koʻrib chiqish; 
22) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqishda davlat organlari 
va tashkilotlarining hayʼat majlislarida ishtirok etish; 
23) xorijiy davlatlarning sudlari va xalqaro arbitrajlarda Oʻzbekistonning 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor huquqiy nizolar boʻyicha daʼvogar va 
javobgarning vakili sifatida ishtirok etish; 
24) advokatlar malaka komissiyalariga advokatlarni intizomiy javobgarlikka 
tortish masalasini kiritish; 



25) advokatlar va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga 
berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish; 
26) yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi 
guvohnomaning amal qilishini tugatish; 
27) NNT tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish; 
28) NNTlar tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni oʻtkazilishini taqiqlash 
yuzasidan qaror qabul qilish; 
29) siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatini davlat 
tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul 
qilish; 
30) NNTlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek, ularning 
qaramogʻidagi oila aʼzolarini, ular tomonidan qonunchilik buzilgan hollarda 
akkreditatsiyadan mahrum qilish; 
31) oʻz vazifa va funksiyalari doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, 
xorijiy davlatlar organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri 
aloqalar oʻrnatish va hamkorlik olib borish, xalqaro shartnomalarni tuzish yuzasidan 
takliflar kiritish; 
32) adliya organlari va muassasalari faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan 
tegishli tuzilmalar tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, 
ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash; 
33) davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti 
bilan tekshirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan 
tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun 
xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 
hududlariga va binolariga kirish; 
34) oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar 
yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish; 
35) davlat boshqaruvi organlari tomonidan oʻtkaziladigan qonunchilik 
hujjatlarining huquqiy monitoringida ishtirok etish. 
36) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining 
topshiriqlari boʻyicha hamda oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarini ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritish; 
37) normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari yuzasidan oʻz xulosasini 
berish; 


10 
38) davlat organlari va tashkilotlariga normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash 
masalalari yuzasidan tavsiyalar va tushuntirishlar berish hamda koʻrsatmalar kiritish; 
39) aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishlarini, ularning 
sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha 
choralar koʻrish uchun umumlashtirish materiallarini davlat organlari va 
tashkilotlariga yuborish; 
40) oʻz vazifa va funksiyalari doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar 
bilan hamkorlik qilish; 
41) davlat xizmatlari markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida 
reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda 
tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga 
oshirish; 
42) tegishli maʼlumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli 
organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish; 
43) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan pullik xizmatlar 
roʻyxati va tariflariga muvofiq pullik xizmatlar koʻrsatish; 
44) yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida 
konsultant va ekspert sifatida ishga taklif qilish; 
45) Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, malakali xorijiy 
mutaxassislarni ularga istisno tariqasida Vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari 
hisobidan chet et valyutasida ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda xodimlar 
va maslahatchilar sifatida jalb qilish; 
46) intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik 
shaxslarga jarima qoʻllash; 
47) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar 
belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, EHM 
uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari, integral mikrosxemalar topologiyasi boʻyicha 
talabnomalarni koʻrib chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan 
qoʻshimcha materiallarni talabnoma topshiruvchilardan belgilangan tartibda soʻrab 
olish; 
48) davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlardagi mehnat nizosini 
koʻrish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish; 
49) xoʻjalik birlashmalariga, uy-joy kommunal va foydalanish xoʻjaligi 
tashkilotlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida aniqlangan qonunbuzilishlari va 
kamchiliklarni, ularning yoʻl qoʻyilishiga olib kelgan sabablar va sharoitlarni bartaraf 
etish boʻyicha taqdimnomalar kiritish. 


11 
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham 
ega boʻlishi mumkin. 

Download 452.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling