O'rgimchak to'ri modeli: Narxlarning o'zgarishi
Download 120.2 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Iqtisodiyotni monopo liyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; - resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; - narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o’tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. 2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo’nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini takozo etadi: - barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; 3. Kichik biznesning rivojlanishiga xalaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni aralash imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa olishdagi to’siqlarni pasaytirish. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yo’l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin. Birinchi xolda, tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etilio, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich, yangi bozor munosabatlariga alishtira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shakllantirib vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, evolyutsion yo’l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir. Download 120.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling