Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana22.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1648506
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yengil-avtomobillarda-yoqilg-i-sarfini-kamaytirish-usullari

Ключевые слова: Автомобильная промышленность, Двигатель, 
Автомобиль, Электромобиль, Эксплуатация. 
KIRISH 
Hozirda rivojlangan dunyo yuzida avtotransport vositalari eng ilg`or o`rinni 
egallaydi. Avtomobillar deganda bizning ko`z oldimizga eng birinchilardan bo`lib 
Mercedez-benz, BMW (
Bavarian Engine Works Company
), Ferrari kabi yetuk 
avtomobil korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalar keladi. Va bu 
turdagi avtomobillar sinfi “Lyuks” tasnifidagi mashinalar qatorini boshqarishi bilan 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
184 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
mashxurdir. Oxirgi yillarda avtomobilsozlik sanoati dunyo bo`ylab keng tarqalmoqda 
va avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar soni dunyo bo`yicha deyarli 70 ga yaqindir 
[3]. Albatta shu o`rinda O`zbekiston o`z avtosanoatiga ega davlatlar qatoridadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, 
izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Yengil avtomobillarda yoqilg`i 
sarfini kamaytirish usullari tadqiqot obyekti sifatida tahlil etildi. .Yengil 
avtomobillarning kashf etilish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
O`zbekiston tarixida ilk avtomobilsozlik kirib kelishiga qaraydigan bo`lsak bu 
mustaqilligimizning ilk sanalariga to`g`ri keladi. Mamlakatimizning birinchi 
prezidenti I. A. Karimov tashabbuslari bilan 1992-yil 29-avgustda Koreyaning 
“Daewoo” kompaniyasi bilan qo`shma hamkorlikda shartmo imzolangan. Ushbu 
shartnomaga asosan Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994-1996-yillarda 
avtomobil zavodi qurib bitkazilib 1996-yilda ilk avtomobil ishlab chiqarila boshlandi. 
O`sha davrda mamlakatimiz dunyoning 28-avtomobilsozligi bor davlati sifatida 
ro`yxatdan o`rin egalladi. O`z deu da ilk avtomobillar 3 turda bo`lib Neksiya, Damas 
va Tiko avtomobillari edi. Bunda Neksiya dvigatel sig`imi 1500 sm
3
ga teng bo`lgan, 
Tiko esa ancha iqtisod avtomobili bo`lib uning dvigatel hajmi 800 sm
3
bo`lgan. Va 
so`ngi rusumdagi avtomobil bu mini-van turkumiga kiruvchi 7 o`rindiqli dvigatel 
hajmi 800sm
3
ga teng bo’lgan Damas avtomobilidir. Shundan so`ng o`zbek 
avtomobilsozligida yangi sahifa ochildi va shu davrgacha Neksiya 2, Lasetti, Matiz, 
Spark, Kobalt, Epica, Malibu, Neksiya 3, Gentra, Kaptiva kabi bir qancha turli xil 
avtomobillar ishlab chiqarildi [1].
Bu avtomobillar dvigatel sig`imlariga etibor qaratadigan bo`lsak ular mikro 
tirajli avtomobillardan tortib o`rta tirajli dvigatelli avtomobillargacha ishlab chiqarildi. 
Ushbu avtomobillarda yonilg`i sarfi mikro tirajlilarda 100 km ga 5-8 litrni tashkil 
etgan bo`lsa, kichik tirajli avtomobillarda esa 7 litrdan 14 litrgachaham chiqdi [2]. 
Ushbu avtomobillarning dvigatel hajmi iqtisodiy dvigatelga mos edi. Hozirgi 
davrga kelib avtomobilsozlikda yengil avtomobillarda yonilg`i sarfi yanada iqsodli 
bo`lishi zarur. Ammo o`tgan 25 yil davr ichida kata o`zgarish bo`lmadi. Quyida 
keltirmoqchi bo`lgan ma’lumotim Mersedes-Benz avtomobillarining yonilg`i sarfi 
bo`yicha va bunda taqqoslashimiz mumkin bo`lgan detallar bor 
[4]. 
Ushbu 
ro`yxatdagi 2 litr hajmdagi Mersedes-E200 avtomobili yoqilg`i turi benzin misolida 
ko`rib chiqamiz: Bunda natijalar quyidagicha (1-jadval): 
1-jadval 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling