Oriental universiteti taqdimot Gurux: 2/19 Fan: Jaxon tarixi Bajardi: Ametova Nargiza Tekshirdi: 2022 y Ma’ruza 2
Xulafoi roshidinlar davrida arab xalifaligi (632-661)
Download 41 Kb.
|
Toxirova Maxfiratxon
3. Xulafoi roshidinlar davrida arab xalifaligi (632-661)
Islom dini asoschisi Muhammad payg‘ambar vafotidan so‘ng Arab xalifaligi vujudga keldi, chunki, Payg‘ambar vorislari «xalifa» (arabchadan «o‘rinbosar», «yordamchi» tarzida tarjima qilish mumkin). Ulardan dastlabki to‘rt nafari «to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar» («al-xulofa ar-roshidun») deb atalgan, ya’ni Muhammad payg‘ambar vasiyat va o‘gitlariga og‘ishmasdan mutanosib ergashgan hukmdorlar tariqasida ta’riflangan edi. Bular hali eslatib o‘tilgan Abu Bakr (632—634), Umar ibn al-Xattob (634—644), «Payg‘ambarning ikki karra kuyovi» (galma-galdan uning ikki qiziga uylangan) Usmon ibn Affon (644—656), Payg‘ambarning amakivachchasi va ham kuyovi Ali ibn Abu Tolib (656—661) bo‘lishgan. Aslida esa hali Muhammad payg‘ambar tirikligida boshlanib ketgan arab istilolari va fathlariga rahbarlik qilgan ana shu hukmdorlar islomda ham, tobora yiriklashib ketayotgan davlatni boshqarishda ham ko‘pdan-ko‘p narsalarni o‘zgartirishga majbur bo‘lishgandi. Ana shu o‘zgarishlar jarayonida arablarning muqaddam shakllangan urf-odatlariga ham putur yetkazildi. Muhammad payg‘ambarning qaysidir o‘gitlari va ko‘rsatmalarini ummat ichida vujudga kelgan guruhlar va oqimlar turlicha talqin eta boshladilar. Muhammad (payg‘ambar) vafot etganidan keyin uning yaqin izdoshi Abu Bakr ummat rahnamosiga aylandi. Muhojir va makkalik savdogar tariqasida Abu Bakr qurayshiylar ustivor mavqeini saqlab qoldi, bu esa madinalik ansorlar noroziligini keltirib chiqardi. Abu Bakr Arabiston qabilalari o‘rtasida islomni tarqatish siyosatini davom ettirdi, binobarin, ana shu qabilalardan ko‘pchiligi islom dini haqida tasavvurga ega bo‘lmagan, avvalgidek ko‘pxudolik (mushriklar), xristianlik, hanifiylikka e’tiqod qilgan holda Madinaga faqat siyosiy jihatdan bo‘ysunar edi, xolos. Arabiston qabilalaridan ko‘pchiligining Madina hokimiyatiga qarshi chiqishi musulmon manbalarida «ar-riddo’» (ortga qaytish, ajralib qolish) deb ataladi. Aslida esa ana shu chiqishlar islom diniga emas, balki qurayshiylar hokimiyatiga qarshi qaratilgan, boshqa qabilalar bu hol bilan murosa qilolmas edi. Masalan, Hamomada hanifiylik (xanifizm) targ‘ibotchisi Musaylama Muhammadning Makka zodagonlariga qarshi kurashida ittifoqchisi va deyarli tarafdori bo‘lgan, ammo ayni mahalda Madinaga nisbatan hech qanaqangi qaramlikni ham istamas edi. Muhammad hayot bo‘lgan kezlardayoq Yamanda Eron hukmronligiga qarshi «yamanlik rahmon» al-Asvad (Qora) kurash olib borgan edi. Al-Asvad ayni mahalda kutilganidek Madina hukmronligiga ham qarshi edi. Yagona yangi din doirasida arab qabilalarini birlashtirish va qabilalararo to‘qnashuvlarga barham berish (asta-sekin va har holda hamma joyda emas) go‘yo arablarning umumiy kuch-quvvatini bir joyga jamlagan, azal-azaldan ularga qarshi turib kelgan va Arabiston qumistonlaridan chiqish yo‘llarini to‘sib turgan Yaqin Sharqdagi o‘sha kezlarning ikki qudratli davlati — Vizantiya va Eronga qaratgan edi. Ammo, iqtisodiy (yaylovlar uchun kurash), ijtimoiy (hokimiyat tepasidagilarning boyib ketishi), demografik (janubdan qabilalar yoppasiga oqib kelganidan keyin) va siyosiy (Arabistonda hukmronlik qilish uchun kurash) sabablardan tashqari, islom vujudga kelishi bilan istilolarning mafkuraviy sabablari ham yuzaga chiqdi: islom tarqatish, yangi dinni targ‘ib qilish va ma’jusiylarni islomga kiritish zarurati shakllandi. Bundan tashqari, Muhammad vafotidan keyin miqdor jihatidan tobora ko‘payib borayotgan ummat ichida boshqa muammolar ham paydo bo‘lgan edi. Ana shu hol Abu Bakrdan boshlab payg‘ambar vorislarini qabilalar kuch-qudratini tashqi istilolarga yo‘naltirishga undadiki, chunonchi, istilolar jarayonida arablararo ziddiyatlar, basharti, butunlay yo‘q bo‘lib ketmagan taqdirda ham, ancha jiddiy yumshagan va tekislanib ketar edi, zotan, Arabistondan ko‘pgina qabilalarning yangi yerlarga ko‘chib ketishi va harbiy o‘ljalarni qo‘lga kiritishi (jumladan, harbiy asirlardan olinadigan qullarni qo‘shganda) arablar ichidagi ijtimoiy keskinlikni pasaytirishga va ko‘pgina muammolarni hal qilishga imkon berar edi. Shuning uchun ham itoatsiz va bo‘ysunmas arab qabilalari bilan davom etib kelayotgan urush Xalifalik qo‘shinlari 633 yilda Arabiston sarhadidan tashqariga chiqishiga qo‘shilib ketdi. Vizantich armiyasi jangovar qobiliyati pastligi uning etnik va diniy jihatdan xilma-xilligi hamda imperator despotizmi (mustabidligi) va diniy aqidaparastlik (dogmatizm) tufayli turli jamoatlar taqib etilishi bog‘liq bo‘lgan sharoitdagi ichki mo‘rtligi bilan shartlangan edi. Binobarin, jumladan, Suriya, Falastin, Misr musulmonlarga mutlaqo qarshilik ko‘rsatmadi, buning zamirida esa ularning musulmonlar hokimiyati vizantiyaliklarning og‘ir zulm-istibdodidan afzal ko‘rishi turar edi. Shuning uchun ham ular arablarga qarshi kurashmadilar, yoki arablar tarafiga o‘tib ketdilar. Xristianlikka e’tiqod qilib kelayotgan hamda Vizantiya va Eron mulklari o‘rtasidagi chegarada azal-azaldan yashab kelayotgan arab qabilalari ham Arabistondan kelgan o‘z birodarlari safiga oshkora qo‘shildilar. Ana shu qabilalar greklar va forslar bilan muomala qilishni, ularga qarshi kurashish azaliy tajribasiga ega bo‘lib, har ikkala tomonning zaif jihatlarini bilish alohida ajralib turar edi. Jangda, masalan, Arabistondan chiqqan kamsonli, barcha ishlarga rahbarlik qilib turgan kishilar emas, bakr yoki voil singari mahallliy arablarning qudratli qabilalari asosiy rol o‘ynagan hollar ham uchragan edi (634 yilda, Lahmiylarning sobiq poytaxti Hira shahrini zabt etishdi). 636 yilda Yarmuq daryosi bo‘yidagi jangda hassoniylar sulolasidan bo‘lmish malik (polshoh) boshchiligidagi Suriya arablari hal qiluvchi pallada musulmonlar tarafiga o‘tib ketgan edi. Kuchsizlanib qolgan Vizantiya qo‘shinlari tor-mor etib tashlangan edi (ana shu lashkarda greklar va armanlar o‘rtasida nifoqlashuv ham boshlanib ketgan edi). Albatta, arab lashkarboshilari Xolid ibn al-Volid, Amr ibn al-Oss va boshqalarning harbiy iste’dodi ham salmoqli rol o‘ynagan edi. Arablarning o‘z maqsadlariga nafaqat kuch bilan, qolaversa, dushman bilan kelishish, murosa yo‘li bilan erishish odati ham (adog‘i ko‘rinmas qabilalararo urushlar jarayonida orttirilgan mahorat) ham ahamiyati jihatdan nihoyatda muhim hodisa edi. Natijada ko‘plab shaharlar va butun boshli jamoatlar aholi hayoti va mol-mulkini saqlab qolish, ular tomonidan xalifa hokimiyatini va unga soliqlar to‘lash majburiyatlarini tan olish shartlari bilan jangsiz taslim bo‘lgan edi. Juda ko‘p hollarda mahalliy zodagonlar va a’yonlar hatto avvalgi diniga e’tiqod qilish imkoniyatini saqlab qolgan holda hokimiyat tepasidan surib tashlanmagan edi. Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasi arab istilolalari ancha jadal sur’atda kechganini izohlashga asos bo‘ladi. 636 yilda Damashqni, 638 yilda Ierusalimni egallagan arablar 640 yilda Suriya va Falastinni ishg‘ol etishni nihoyasiga yetkazdilar. 641 yilda Iroq istilosi nihoyasiga yetdi (o‘sha kezlarda forslarning Sosoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan edi), 652 yilga kelib Eron fath etildi. Xuddi shu sanada hali 640 yildayoq arablar bilan ilk marotaba to‘qnashgan Armaniston hukmdorlari ham xalifa hokimiyatini tan oldilar. 644 yilda arablar Balujiston orqali Hindiston chegaralariga kelgan, 651 yilda Amudaryo sohiliga chiqqan, 654 yilda Tbilisini zabt etgan edilar. G‘arbda esa ular yanada qattiq qarshilikka duch keldi. 639—646 yillarda Misr uchun kurash olib borgan arablar ayni mahalda 643 yilda Tripoliga qadar siljigan edi. Ularning Ifrikiyya (hozirgi Tunis) sarhadiga birinchi marta bostirib kirishi 647 yilda ro‘y bergan, shundan keyingi olg‘a siljish nafaqat o‘shanda butun Shimoliy Afrikani egallab turgan vizantiyaliklar sababli emas, qolaversa, balki Atlas tog‘lari va tog‘oldi mintaqalarda deyarli yengib bo‘lmas pozisiyalarni egallab turgan barbar qabilalari tufayli bir joyga tiqilib qolgan edi. Shuning uchun ham arablar bunda tekisliklarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish va arab kavaleriyasi (otliq qo‘shinlari) (ayniqsa, tuya minganlari) jang qila olmaydigan tog‘larga barbarlarni surib tashlash taktikasiga o‘tgan edi. 670 yilda arablar Ifrikiyyada o‘zlarining birinchi shahrini — o‘shandan beri ularning hokimiyati muhim harbiy-diniy va siyosiy markaziga aylangan Qayravunni barpo etdilar. Faqat 683 yilga kelib arab lashkarboshisi Uqbo’ ibn Nofe’ Qayravundan Atlantika sohiliga chiqa bildi, ammo ortga qaytayotganda yo‘lda barbarlar tomonidan o‘ldirildi. Faqatgina 709 yilga kelib arablar tag‘in Atlantika sohiliga chiqishga musharraf bo‘ldi. Ammo shunda ham butun Mag‘rib (arablar Misrdan g‘arbdagi Afrika qit’asi shimolini shunday atashgan; «kunbotar») ustidan o‘rnatilgan naxorat ko‘p jihatdan rasmiy bir narsa edi, xolos. Barbar qabilalari faqatgina tekisliklarda va atigi qisman xalifani tan olgan edi. Qolganlar esa mustaqil yoki chala qaram bo‘lib qolaverdi, bu narsa ayniqsa Rim imperiyasi hukmronligi davridayoq iudaizmni qabul qilgan qabilalarga xos edi. Ana shu qabilalarning eng ajoyib sardorini arablar «Kohina» (kohin ayol) deb atashgan, bu esa ana shu ayol tomonidlan diniy va siyosiy funksiyalarning bitta shaxsda birlashtirilganidan dalolat beradi. Ammo, rivoyatlarga qaraganda, o‘lim to‘shagida yotgan Kohina o‘z o‘g‘illariga arablar bilan yarashish va islom dinini qabul qilishni vasiyat aylagan ekan. VII asrning ikkinchi yarmida istilolar sur’ati pasayib ketdi, bu hol Xalifalikdagi bimrinchi diniy-siyosiy inqiroz bilan izohlanadi. Ilk islom jamoati tenglashtiruvchilik an’analari va qabilalar harbiy demokratiyasi urf-odatlarini inobatga olgan Abu Bakr va Umar xalifa taxtini bir mahallar Muhammadga qarshi turgan badavlat Umayya aymog‘ining namoyandasi Usmon egalladi. Ammo 630 yildan keyin istilolar davomida ancha jiddiy boyigan va muhim lavozimlarni egallagan, shu jumladan, Suriyani boshqaruviga kiritgan holda bu aymoq musulmon elitasining peshqadam qatoriga chiqib olgan edi. Xalifa Usmon islomga qadar badavlat savdogar, sudxo‘r va quldor bo‘lgan, inchunin, sahobalar bilan chambarchas bog‘langan, nihoyatda oddiy turmush kechirgan va muzdxo‘rlikni qoralagan salafi xalifa Umarning tamomila teskarisini o‘zida gavdalantirgan edi. Boz ustiga Usmon g‘oyatda shubhali vaziyatda fors qul tomonidan o‘ldirilgan Umardan keyin xalifa bo‘lgan edi. Oddiy arablar, ayniqsa, Umayya aymog‘ini yomon ko‘radigan sahobalar va Usmon tomonidan hokimiyatdan chetlashtirilgan Umar tarafdorlari musulmon ummati tabaqalanishi va undan badavlat oliy toifa ajralib chiqishidan norozi edi. O‘zini dabdaba va hashamat bilan qurshab olgan, o‘z qarindoshlari boyib ketishi va yuksalishi uchun har tomonlama imkoniyat yaratib bergan Usmon ana shu oliy toifaning timsolini shaxsiyatida mujassamlashtirgandi. Uning dushmanlari Muhammadning amakivachchasi va kuyovi, payg‘ambarning sevikli qizi Fotimaning eri Ali tevaragida birlashdilar. Ularni «shia’at Ali» (so‘zma-so‘z tarjima qilganda «Ali partiyasi, Ali guruhi»), keyinchalik esa «shi’alar» deb atay boshladilar. Ularning asosiy tamoyili imomlik (xalifalik) payg‘ambarning eng yaqin qarindoshi sifatida Ali avlodida va payg‘ambarning Fotimadan tarqagan avlodlari Alaviylar avlodida vorisiylik tariqasida davom etishi edi. Usmondan yalpi norozilik Alining mashhurligi ortib borishiga imkoniyat tug‘dirdi. O‘z muxoliflari guruhini yo‘q qilib tashlashga urinib ko‘rgan xalifa Usmon 656 yilda ular tomonidan o‘ldirildi. Ali Xalifa deb e’lon qilindi. Ammo Usmon hukmronlik qilgan 12 yil davomida boyib ketgan sahobalarning bir qismi Alini tan olmadi, o‘ldirilgan xalifaning qarindoshi, Suriyani boshqarib turgan Muoviya esa Alini Usmonni o‘ldirgan qotillar bilan til biriktirganlikda aybladi. Ali muzokaralarga rozi bo‘ldi, bu esa uning tarafdorlari guruhida parchalanishga sabab bo‘ldi. Uning tarafdorlari va maslakdoshlari saflari «xorijiylar» («xaraja alaa’»dan — «isyon ko‘tarish», «norozi bo‘lish») — islom tarixidagi ilk sekta a’zolari tark etdi. Xorijiylar ummatning ilk egalitarizmiga va ularning tasavvuricha, agar shunga munosib bo‘lsa, xalifa nafaqat qurayshiy va umuman arab, hatto «habash qul» bo‘lishi ham mumkin degan qarashga tayanuvchi xalifa saylab qo‘yilishiga qaytishni talab qilgan edi. Shu taxlit, bir tomondan, xorijiylar musulmon jamoatining birlamchi demokratizmni qayta tiklashga, boshqa bir tomondan, arablar, jumladan, qurayshiylarni, istilolar natijasida g‘oyatda polietnik — ko‘p etnos va xalqi bo‘lgan davlatga aylangan xalifalikning boshqa aholisi bilan tenglashtirishga urinib ko‘rgan edi. Ayni mahalda xorijiylar barcha musulmonlardan o‘z ta’limotini so‘zsiz tan olishni, ma’qullamaganlarning barchasini islomdan chetlashtirish va ularga qarshi jihod e’lon qilishni talab qilgan edilar. Boshboshdoqlik va tartibsizliklar natijasida Xalifalik amalda uchta asosiy va bir qator ikkinchi darajali markazlarga bo‘linib ketdi. Xalifa Ali — Iroqda, Muoviya — Suriyada hukmronlik qilar, amalda 20 yildan beri Misrni boshqarib kelayotgan lashkarboshi Amr ibn al-Oss esa payt poylab turar edi. O‘z kishisini xalifa taxtiga ko‘tarishga intilgan xorijiylar har uchalasini ham o‘ldirishga qaror qilgan edi. Ammo ular 661 yil yanvarida Kufada o‘ldirilgan Alini chetlashtirishga muyassar bo‘ldi, xolos. Ana shundan keyin Umaviy sulolasi (661—750 yillarda hukmronlik qilgan)ga asos solgan Muoviya xalifa deb e’lon qilindi. Xorjiylar siyosiy hayotning chekka-chekkalariga surib tashlandi, ammo Xalifalikning barcha viloyatlarida qurolli otryadlarini saqlab qolishga erishdi. Xorijiylarning nihoyatda dag‘al va moslashuvchanmas ustanovkasi — barcha vaziyatlarda Xalifa armiyasi bilan, shuningdek, xuddi o‘zlariga o‘xshab tafakkur qilmaydigan boshqa barcha kishilarga qarshi doimiy ravishda kurash olib borish aqidasi katta talafotlarga va tez-tez mag‘lubiyatlarga olib keldi. Biroq, asta-sekin va bosqichma-bosqich xorijiylar Xalifa qo‘shinlari tomonidan shunchaki jismonan tor-mor etib tashlandi. Xavojiylardan faqat XX asrda, biz yashab turgan kunlarda ham Janubi-sharqiy Arabistonda, Ummonda ma’lum bir mavqega ega bo‘lgan ibodiylar sektasi saqlanib qolgan edi. Xavorijiylar Mag‘ribda ancha sezilarli mavqega ega bo‘lishgan, markazi Tohirutda bo‘lgan, 777—909 yillarda mavjud bo‘lgan o‘z davlatiga asos solishgan edi. Ana shu davlat halokatga uchragandan keyin nihoyatda izchil xavorijiylar Sahroyi kabirga ko‘chib ketishgan, bu yerda hali-hanuzgacha Maab viloyatida (maabiyar) o‘rta asrlar tipidagi yetarlicha arxaik sekta sifatida hozir ham yashab kelishmoqda. Xalifalik uchun siyosiy kurashdan bo‘yin tovlamagan, Xalifa hokimiyatiga qarshi siyosiy kurash olib borishdan voz kechmagan, Xalifalar hokimiyatiga qarshi, ayniqsa, Iroqda, Eronda, Kavkaz janubida va Arabiston sharqida qo‘zg‘olonlar, fitnalar va ommaviy harakatlar uyushtirgan holda siyosiy kurashni doimiy ravishda olib borgan shi’alar Xalifalik uchun ancha xatarli edi. Shi’alarni qattiqqqo‘lik va shafqatsizlik bilan ta’qib qilish vaziyatga chiroy bag‘ishlamagan, aksincha, balki vaziyatga moslashishga majbur qilgan edi (jumladan, «takiyya» tamoyili mavjud bo‘lib, unga ko‘ra shi’a xavf-xatar tug‘ilgan taqdirda o‘z e’tiqodidan voz kechishi mumkin edi). Muoviya (661—680 yillarda hukmdor) va uning vorislari Suriyani o‘z mulklari markaziga aylantirgan, Xalifalik poytaxti esa Damashq shahri bo‘lgan edi. Inqirozdan avval, hali 648 yildayoq arablarning Kipr orolini bosib olishga olib kelgan dengiz ekspedisiyasiga qo‘mondonlik qilgan, binobarin, Kipr oroli 806—904 yillarda xalifalar mulki bo‘lib turmaganiga qadar qo‘ldan qo‘lga o‘tib turgan edi. Faqatgina 906—965 yillardagi qattiq kurash jarayonida Vizantiya Knyanginya Olga tomonidan Kievdan jo‘natilgan rus drujinalari yordamida bu orolni o‘z tasarrufiga qaytarib olgan edi. 711 yilda arablar Iberiya yarim oroliga langar tashladilar va bir necha yil davomida uni bosib oldilar (tog‘liq shimoli-g‘arbdan tashqari). 712 yilda arablar Hindistonga bostirib kirdilar va Hindistonda islom beshigiga aylangan Hind-Sind vodiysini zabt etdilar. 705—712 yillarda arablar Movarounnahrni, ya’ni Amudaryo shimolidagi O‘rta Osiyo viloyatlarini zabt etdilar («Maa vara an-nahr» — «Daryo ortidagi yerlar» degani). 751 yilda xitoyliklar bilan to‘qnashdilar va g‘alaba qozondilar, Xitoy shimoli-g‘arbida islom poydevorini tashladilar (aynan Koshg‘arda — hozirgi Sinsyaznda). Pireneya tog‘laridan oshib o‘tgan arablar 721 yilda Tuluzaga hujum qildilar, 725 yilda Narbonn va Karkassonni qo‘lga kiritdilar, 731 yilda Dijonaga yetib keldilar va Parijga yetib kelishlariga esa atigi 100 kilometr qolgandi. 732 yilda ular Bordoga o‘t qo‘ydilar, Turni egallab olishga harakat qilib ko‘rdilar, ammo Puate yaqinida Karolinglar sulolasi asoschisi Karl Martell tomonidan to‘xtatilgan edilar. Shunga qaramasdan, Galliyaning janubi-sharqi 735—760 yillarda arablar qo‘l ostida bo‘lgan edi. Franklar tomonidan Pireney tog‘lari ortiga surib tashlangan arablar bir necha asrlar davomida Provansga hujum qilib turdi. 737 yilda arablar hazarlarni tor-mor etib tashladilar, bungacha esa butun Kavkazni o‘zlariga bo‘ysundirgan va Hazariston hoqonini islom dinini qabul qilishga majbur aylagan edilar. Hazar zodagonlari faqatgina 809 yilda Xalifalik zaiflashganidan keyingina iudaizmga qaytgan edi. Ammo Hazariston aholisi orasida islom ul-bul joylarda saqlanib qolgan edi (binobarin, xristianlik va ma’jusiylik ham). VIII asrda vikinglar bilan O‘rtaer dengizida hukmronlik qilish uchun raqobatlasha turib, arablar turli davrlarda deyarli barcha O‘rtaer dengizi orollariga egalik qilgan edilar: 825—961 yillarda Krit oroli, 827—1091 yillarda Sisiliya (bu orolga ilk marotaba 652 yilda paydo bo‘lgan edilar), 821—1022 yillarda Sardiniya oroli, 810—1014 yillarda Korsika, 870—1229 yillarda Malta orollariga sohiblik qilishgan edi. Garchand maltaliklar o‘zlarini buni rad etsalar hamki, Maltani ko‘pchilik «arabiyzabon dunyoning bir qismi» deb hisoblaydi. Arablar deyarli 100 yilcha Kichik Osiyo va hatto Konstantinopolni zabt etishga urinib ko‘rishdi (673—677 yillar va 717 yil), ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. Shuning barobarida Yevropada arablarning muvaffaqiyatlari ancha hayratlanarli edi. O‘rtaer dengizi orollari va Iberiya yarim oroliga mustahkam o‘rnashib olish barobarida ular Italiya janubidagi eng yirik shaharlarga — Neapolga (812 yil, 837 yil va shundan keyin 916 yilga qadar), Bari (845 yildan boshlab 30 yil mobaynida Adriatika dengizida arablar operatsiyalari bazasi), binobarin, ayni mahalda Rim papasi ham Italiya janubidagi yirik savdo shahri bo‘lmish Amalfi singari arablarga o‘lpon to‘lar edi. Marseldan sharqda arablar kattakon Fransinetum (hozirda Mavrlar platosi)ni ishg‘ol qildilar, 890—973 yillarda unga egalik qildilar, bu viloyatni «Jabal al-Kilol» (Tog‘ so‘qqilari) deb atadilar, undan Liguriya sohillariga va Alp tog‘laridagi qishloqlarga, shuningdek, o‘zlari deyarli 20 yilcha egalik qilgan Grenoblga hujum qilish uchun baza sifatida foydalandilar. Hududiy jihatdan ulkan va aholisi turli-tuman, tabiiy sharoiti, xo‘jalik yuritish shakllari, tarixiy va boshqa an’analari rang-barang Arab xalifaligi boshqarilishi qiyin va siyosiy tarafdan beqaror bir imperiya edi. Ichki kurash unda jamiyatning oliy toifalarida ham, quyi qatlamlarida ham hech to‘xtamadi, bunda boshqaruv shakllari va me’yorlari, axloqiy qarashlar, urf-odatlar, tamal qonunlar hammavaqt o‘zgarib turdi, to‘qnashib keldi, turli-tuman ijtimoiy va etnokonfessial guruhlarning murosasi — kompromissi (odatda, vaqtinchalik) natijasi sifatida yuzaga chiqqan vaqtinchalik barqarorlik va muvozanatga qiyinchilik bilan erishildi. Shuning uchun ham Arab xalifaligining siyosiy tarixi nihoyatda ziddiyatlarga to‘la va rang-barangdir. Boshqa xalqlar orasida tushib qolgan nisbatan olganda kamsonli arablar forslar, turkiylar, barbarlar, «musallimlar», ya’ni islomni qabul qilgan, ammo bosib olingan hududlarning hali arablashmagan aholisi u yoki bu guruhlariga tayangan holda arab bo‘lmaganlar bilan bitimlar va ittifoqlar tuzishga majbur bo‘lgan edilar. Suriya, Falastin va Iroqning oromiy tilida so‘zlashuvchi aholisi, binobarin, ularning orasida asrlar mobaynida yashab kelgan arablar ham bo‘lgan (nabototiylar, g‘assoniylar va Lahmiylar davlati badaviylari), garchand, hatto XIII asrda Suriyada hali ham oromiy tilining suryoniy lahjasi iste’molda bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yetarlicha tez orada arablashdilar. Arablashtirish shaharlar — garnizonlar (Eronda Sheroz, Iroqda Basra va Kufa, Falastinda Ramla, Misrda Fustat, Ifrikiyyada Qayravun) barpo etishga imkoniyat yaratib berdi, garchand ana shu garnizonlarning maqsadi arablarning o‘ziga xos mavqeini saqlab qolish bo‘lsa-da, ularda arablar va mahalliy aholi aralashuvi ayniqsa intensiv kechgan edi. Ammo, ularga bir vaqtning o‘zida kelib chiqishi mahalliy aholiga mansub bo‘lgan to‘rtta xotinga uylanishga ruxsat berilishi taqiqlanmagan edi (amaldorlar, harbiy boshliqlar va mansabdorlarga joriyalar (cho‘rilar)ga ega bo‘lish taqiqlanmagan) ediki, ularning ortidan esa odatda bosqinchilar bir qatorda qaysidir tariqada joy olish va tegishli imtiyozlarga ega bo‘lish payida bo‘lgan qarindoshlar ham umidvor bo‘lib tiqilib kelishi tabiiy bir hol edi. Musulmon erkak xotinlari bilan o‘z ixtiyoriga ko‘ra ajralish imkoniyatiga va yangi xotinni «to‘rtlik» safiga qo‘shib qo‘yish imtiyoziga ega bo‘lgani tufayli (darvoqe, bu ishni bir necha marotaba takrorlashi mumkin edi), arablashtirish ko‘lamlari ikkinchi-uchinchi avlodlarga kelganda deyarli geometrik progressiya tarzida o‘sib bora boshladi. «Mavlolar» (ko‘pchiligi arabchada «mavoliy») alohida rol o‘ynadi. Bular mansabga ega bo‘lish, siyosiy, iqtisodiy, g‘oyaviy motivlardan kelib chiqib islomni qabul qilgan mahalliy aholi vakillari edi. Musulmonga aylangach, ular go‘yoki o‘zlarining odatiy muhitidan tashqariga tushib qoldilar, ammo ayni mahalda qaysidir arab qabilasining to‘laqonli a’zosi ham bo‘la olmasdilar. Biroq, qadimiy arab odatiga ko‘ra, ular qandaydir nufuzli arab, demak, uning qabilasi himoyasi yoki homiyligiga o‘tib olishi mumkin edi. Bu bilan ular «mavlo» (ya’ni, mijoz, erkin qul, ozodlikka chiqarilgan sobiq qul) maqomiga tushib qoldilar va vaqti-vaqti bilan o‘z homiylariga sovg‘a-salom berishlari va xizmat qilishlari kerak edi. Ko‘plab arab zodagonlari ana shunday mavoliy, asosan, hunarmandlar, tabiblar, kotiblar, astrologlar, shoirlar va hokazolardan iborat olomon bilan har doim qurshab olingan edi. Keyinchalik arab shahar-qal’alari tevaragida yuqorida aytib o‘tilgan kasbdagi kishilar, shuningdek, do‘kondorlar, sarroflar va lyumpenlarning butun boshli qo‘rg‘onchalari — slobodalari vujudga keldi. Ana shu qo‘rg‘onchalar ayniqsa qishloqlardan bo‘lmish yangi dinga kirgan musulmonlarni jalb etgani holda keyinchalik shaharlar bilan qo‘shilib ketdi. Ana shu shaharlar aholisi orasidagi tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bordi, negaki islomlashtirish odatda arablashtirish bilan birga kechardi, zotan, arab tili nafaqat din tili, qolaversa, balki siyosat, madaniyat, boshqaruv, adliya, savdo-sotiq tili ham edi. Xalifalikdagi turmushning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri diniy murosa bo‘lgan. Arablar bosib olib fath etilgan mamlakatlar aholisini islomni qabul qilishga majburlamadilar. Bu narsa ko‘ngillik asosda ro‘y berdi, chunki u siyosiy yoki iqtisodiy imtiyozlarga (masalan, musulmon bo‘lmaganlardan undiriladigan «jiz’ya»ni to‘lamaslik bilan), mansabga erishish, maqomini o‘zgartirish bilan (masalan, nomusulmon kishining quli bo‘lib qolmaslik bilan) yoxud boshqa majburiyatlar bilan bog‘liq edi. G‘ayridinlarga Xalifa hokimiyati ostiga o‘tish va ularga soliqlar to‘lanishini yengillashtirishga intilish musulmonlarni nainki xristianlar va yahudiylarga («ahl al-Kitob», ya’ni yakkaxudolik va payg‘ambarlarga e’tiqod qiluvchi «Kitobdor kishilar» sifatida), qolaversa, zardushtiylarga (Eron, Ozarbayjon, Mavoraunnahrda) bag‘rikenglik va murosa bilan munosabatda bo‘lishga undadi. G‘ayridinlar huquqlar, ayniqsa, siyosiy huquqlar borasida cheklab qo‘yilgan, ammo «zimmiylar», ya’ni o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘z dini va sudlov ishlarini erkin amalga oshirish huquqlaridan foydalanuvchi jamoatlar tomonidan homiylik qilinuvchi kishilar hisoblanar edi. Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling