Orifjonov shohrux 03-20 guruh linux operatsion tizim
Download 178.24 Kb.
|
shoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
ORIFJONOV SHOHRUX 03-20 guruhLINUX OPERATSION TIZIMReja: 1 Linux operatsion yaratilish tarixi 2 Linux operatsion tizimi imkoniyatlari 3 Linux operatsion tizim harakterli hossalari Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so’zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Tordaldsning do’sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi. Linux ОT Internet tarmog’idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo’llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentiari, dastlabki matnlar bilan birgalikda chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o’rnatish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi.
Linux ОT tomonidan beriladigan imkoniyatlar Ham ish joyida, ham uyda foydalanish uchun legal (ochiq) ravishda zamonaviy OSga ega bo’lish imkoniyatini beradi; tez harakatlanish darajasiga ega; mustahkam, barqaror, uzilishlarsiz ishlaydi; viruslar ta’siridan xoli; Zamonaviy РKlаr imkoniyatlaridan to’la foydalanishga imkoniyat beradi hamda Dos va MS Windowslarga xos bo’igan kompyuterlar xotirasi va protsessorlar resurslaridan foydalanishdagi cheklanganlikni olib tashlaydi; vazifalilik va ustuvorliklarni samarali boshqaradi, fanga oid vazifalar (uzoq hisoblash, modem orqali elektron pochtani jo’natish, disketlarni formatlash va h.k.) interaktiv ishlashga xalal bermaydi; kompyuterni lokal va global tarmoqlarga, shu jumladan «Internet» ga oson integratsiya qilishga imkon beradi; Novell va MS Windows asosidagi tarmoqlar bilan ishlaydi; Unix, MS Dos va MS Windowslarning turli versiyalardagi boshqa OTlarning to’ldirilgan formatda berilgan amaliy dasturlarini bajarish imkoniyatini beradi; Unix dunyosida jamlangan va dastlabki matnlar bilan birga ochiq tarqatilayotgan juda ko’p sonli turli dasturiy paketiardan foydalanishga imkon yaratilgan Linux hamda boshqa OT da ishlashga yaroqli, obyektga oriyentirlashtirilgan, ko’p darchali matnli yoki grafik interfeysli kliyent-server klassidagi sistemani ham kiritgan holda istalgan darajadagi murakkab amaliy dasturlarni ishlab chiqish uchun instrumental vositalarning boy to’plami bilan ta’minlaydi; foydalanuvchiga va, ayniqsa, ishlab chiquvchiga barcha komponentlarning, OT yadrosini ham qo’shgan holda, boy hujjatlar va dastlabki matnlar ko’rinishida ajoyib o’quv bazasini beradi; barcha xohlovchilarga ishlab chiqishda o’z kuchini sinab ko’rishga, Linux OT chiquvchilarining istalgani bilan Internet orqali muloqot qilish va birgalikda ishlash hamda ushbu sistemaga hammuallif bo’lib o’z hissasini qo’shishga imkon beradi. Linuxning OT sifatidagi xarakterli xossalari • Ko’p vazifalilik: bir vaqtning o’zida ko’p dasturlar bajariladi. • Ko’p foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bitta kompyuterdan foydaianadi. • Protsessorning himoyalangan rejimi: (386 protected mode). • Protsess xotirasi himoyasi: dasturdagi uzilish sistemaning osilib qolishini keltirib chiqarmaydi. • Tejamli yuklash (zagruzka): Linux diskdan dastur haqiqatdan ham bajaradigan qismlarnigina o’qiydi. LINUX-operatsion sistemasining boshqa OS lardan farqli jihatlari. Uning hujjatlashtirilishi, dasturiy ta’minoti Erkin nusxa ko’chirishga ruxsat beradigan litsenziyaga ega bo’lgan boshqa qator operatsion sistemalar mavjud. Ular ichida Rossiyada Free BCD sistemasi ko’proq ommalashgan. Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R. Tajribali mutaxassis uchun Linux o’zlashtirishda yengil va ishlatishda qulay hisoblanadi. Tarixan Unix kodlaridan paydo bo’lgan Free BCDdari farq qilgan holda Linux sistemasi yadrosi yangidan yozilgan. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 178.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling