Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
QORIN TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Qorin – odam tanasining ko‘krak va tos orasida joylashgan qismi.
Qorin
(
abdomen)da devorlari (
paries abdominis) va qorin bo‘shlig‘i (
cavitas abdominis)
farqlanadi.
QORIN DEVORLARI
Qorin old-yon devori
Chegaralari:
yuqorida –
processus xiphoideus va
arcus costalis;
tashqarida – XI qovurg‘a oxirini yonbosh suyagi cheti
bilan tutashtiruvchi chiziq
(Lesgaft chizig‘i);
pastda –
cristae iliacae,
plicae inguinales,
symphisis pubica.
Sohalarga bo‘linishi.
Ikkita gorizontal chiziqlar –
linea bicostarum va
linea bispinarum orqali
uchta qavatga – qorin usti (
epigastrium), o‘rta qorin (
mesogastrium) va qorin osti
(
hypogastrium) qavatlariga bo‘linadi.
Linea bicostarum qovurg‘a ravoqlarining eng pastki nuqtalarini tutashtiradi
va IIIbel umurtqasi sathiga tshg‘ri keladi.
Linea bispinarum yuqori oldingi yonbosh o‘siqlarini (
spina iliaca anterior
superior) birlashtiradi va II dumg‘aza umurtqasi sathiga to‘g‘ri keladi.
Qorinning to‘g‘ri muskullari tashqi chetlari bo‘ylab o‘tkazilgan
ikkita
vertikal chiziqlar yuqoridagi har bir qavatni uchta sohaga ajratadi:
Qorin usti (epigastrium):
regio hypohondriaca dextra.
regio epigastrica propria.
regio hypohondriaca sinistra.
O‘rta qorin (mesogastrium):
regio lateralis dextra.
regio umbilicalis.
regio lateralis sinistra.
Qorin osti (hypogastrium):
regio inguinalis dextra.
regio pubica.
regio inguinalis sinistra.