Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси


Qorin old-yon devori innervatsiyasi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana22.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1041386
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qorin topografik anatomiyasi

Qorin old-yon devori innervatsiyasi. 
Pastki oltita qovurg‘alararo nervlarning (nn. intercostales) oldingi shoxlari 
qorin ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullari orasidaan o‘tadi va quyidagi 
shoxlarini beradi: 

mushak shoxlari – qorin ko‘ndalang, ichki va tashqi qiyshiq muskullarni
shuningdek qorin to‘g‘ri muskulini innervatsiya qiladi; 

qorinparda shoxlari – qorinpardaning parietal varag‘ini innervatsiyalaydi; 


Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

lateral teri nervlar – oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘ylab qorin ichki va tashqi 
qiyshiq muskullarini teshib o‘tib, oldingi va orqa shoxlariga ajraladi, qorin old-
yon devorining lateral yuzasi terisini innervatsiyalaydi; 

oldingi teri nervlar – qovurg‘alararo nervlarning oxirgi shoxlari, Qorin to‘g‘ri 
muskuli qinini teshib o‘tib qorin old-yon devorining qorin usti va kindik sohalari 
terisini innervatsiya etadi. 
N. iliohypogactricus – qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq muskullariga 
muskul tolalarini beradi, keyin qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozini teshib 
o‘tib chov sohasi va qov sohasining yuqori qismi terisini innervatsiyalaydi. 
N. ilioinguinalis – qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq muskullariga 
muskul tolalarini beradi, keyin urug‘ tizimchasining oldingi-ichki yuzasi bo‘ylab 
joylashib chov kanalidan o‘tadi hamda chov kanalining tashqi teshigidan chiqib 
qov sohasining pastki qismini innervatsiyalaydi. Shuningdek oldingi yorg‘oq 
(jinsiy lab) tarmoqlarini [nn. scrotales (labiales) anteriores] hosil qiladi. 
Qorin old-yon devorining limfatik tizimi. 
Qorin devorining yuqori qismidan limfa suyuqligi qo‘ltiq osti limfa 
tugunlariga (nodi lymphatici axillares), pastki qismidan chov limfatik tugunlariga 
(nodi lymphatici inguinales) yo‘naladi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling