Qorin old-yon devori juft sohalarida (regg. hypochondrica, lateralis,
inguinalis) qorin devorining qavatma-qavat tuzilishi.
1. Teri (cutis).
2. Teri osti kletchatkasi (panniculus adiposus).
3. Yuza fassiya (fascia superficialis).
4. Yuza fassiyaning chuqur varag‘i (plastinkasi) (lamina profunda fascia
superficialis) (chov sohasida uchraydi).
5. Qorin tashqi qiyshiq muskuli xususiy fassiyasi (fascia propria m. obliqui
abdominis extemi).
6. Qorin tashqi qiyshiq muskuli (m. obliquus abdominis externus) (chov sohasida
muskulning aponevrozi mavjud xolos).
7. Mushaklararo fassial qavat (kletchatka) (stratum fascials intermusculare).
8. Qorin ichki qiyshiq muskuli (m. obliquus abdominis internus).
9. Mushaklararo fassial qavat (kletchatka) (stratum fasciale intermusculare).
10. Qorin ko‘ndalang muskuli (m. transversus abdominis).
11. Ko‘ndalang fassiya (fascia transversalis).
12. Qorinparda oldi kletchatkasi (tela subserosa).
13. Qorinpardaning parietal varag‘i (peritoneum parietale).
Qorin old-yon devori toq sohalarida (regg. epigastrica, umbilicalis, pubica)
qorin devorining qavatma-qavat tuzilishi.
1. Teri (cutis).
2. Teri osti kletchatkasi (panniculus adiposus).
3. Yuza fassiya (fascia superficialis).
4. Yuza fassiyaning chuqur plastinkasi (varag‘i) (lamina profunda fascia
superficialis) (qov sohasida).
5. Qorin tashqi qiyshiq muskuli xususiy fassiyasi (fascia propria m. obliqui
abdominis externi).
6. Qorin to‘g‘ri muskuli qinining oldingi devori (lamina anterior vagina m. recti
abdominis).
7. Qorin to‘g‘ri muskuli (m. rectus abdominis).
Do'stlaringiz bilan baham: |