Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси


Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana22.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1041386
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qorin topografik anatomiyasi

Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
4. Qorin tashqi qiyshiq muskuli xususiy fassiyasi (fascia propria m. 
obliqui abdominis externi). 
5. Mushak qavati

m. obliquus abdominis externus pastki oltita qovurg‘alardan boshlanadi, 
yonbosh suyagiga birikadi va chov boylamini (lig. inguinale), qorin to‘g‘ri 
muskuli qinining oldingi devorini (lamina anterior vaginae m. recti abdominis), 
oq chiziqni (linea alba) hosil qiladi; 

mushaklararo fassial qavat (stratum fasciale intermusculare), ingichka g‘ovak 
kletchatka; 

m. obliquus abdominis internus bel-ko‘krak fassiyasi (fascia thoracolumbar
yuza plastinkasi, crista iliaca dan boshlanib, qorin to‘g‘ri muskuli tashqi cheti 
yaqinida aponevrozga aylanadi, aponevroz ikkita plastinkaga ajralib qorin 
to‘g‘ri muskuli fassial qinining ikkala devorini va qorin oq chizig‘ini hoisl 
qilishda ishtirok etadi; 

mushaklararo fassial qavat (stratum fasciale intermusculare); 

m. transversus abdominis pastki oltita qovurg‘alarning ichki yuzasidan, bel-
ko‘krak fassiyasining chuqur plastinkasidan, yonbosh suyagidan boshlanib
qorin to‘g‘ri muskuli cheti yaqinida yarimoysimon (spigel) chizig‘i (linea 
semilunaris) hosil qilgan holda aponevrozga o‘tadi, aponevroz qorin to‘g‘ri 
muskuli fassial qinining orqa devorini shakllantirishda va qorin oq chizig‘ini 
hosil qilishda ishtirok etadi. 

m. rectus abdominis qovurg‘a tog‘aylarining oldingi yuzasidan va processus 
xiphoideus dan boshlanib qov suyagining yuqori shoxiga (ramus superior ossis 
pubis) birkadi. Qorin to‘g‘ri muskuli qorin qiyshiq va ko‘nadalang 
muskullarining aponevrozlari hisobiga hosil bo‘lgan qin (vagina m. recti 
abdominis) ichida joylashgan. Xususiy qorin usti va kindik sohalarida qorin 
to‘g‘ri muskuli qini oldingi va orqa plastinkalardan (lamina anterior et posterior 
vagina m. recti abdominis) iborat, bunda qorin tashqi qiyshiq muskuli 
aponevrozi va qorin ichki qiyshiq muskuli aponevrozining oldingi plastinkasi 
qinning oldingi devorini, qorin ichki qiyshiq muskuli aponevrozining orqa 
plastinkasi va qorin ko‘ndalang muskuli aponevrozi qinning orqa devorini hosil 
etadi. Kindik va qov sohalari chegarasida qorin to‘g‘ri muskuli qini orqa devori 
ravoqsimon chiziq (linea arcuata) hosil qilib tugaydi, sababi qov sohasida 
muskullar aponevrozlari qorin to‘g‘ri muskulining oldidan o‘tadi va muskul 
qinining faqat oldingi devorini shakllantiradi. 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling