Qorin old-yon devori innervatsiyasi.
Pastki oltita qovurg‘alararo nervlarning (
nn. intercostales)
oldingi shoxlari
qorin ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullari orasidaan o‘tadi va quyidagi
shoxlarini beradi:
mushak shoxlari – qorin ko‘ndalang, ichki
va tashqi qiyshiq muskullarni,
shuningdek qorin to‘g‘ri muskulini innervatsiya qiladi;
qorinparda shoxlari – qorinpardaning parietal varag‘ini innervatsiyalaydi;
Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
lateral teri nervlar – oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘ylab qorin ichki va tashqi
qiyshiq muskullarini teshib o‘tib, oldingi va orqa shoxlariga ajraladi, qorin old-
yon devorining lateral yuzasi terisini innervatsiyalaydi;
oldingi teri nervlar – qovurg‘alararo
nervlarning oxirgi shoxlari, Qorin to‘g‘ri
muskuli qinini teshib o‘tib qorin old-yon devorining qorin usti va kindik sohalari
terisini innervatsiya etadi.
N. iliohypogactricus – qorinning ko‘ndalang va
ichki qiyshiq muskullariga
muskul
tolalarini beradi, keyin qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozini teshib
o‘tib chov sohasi va qov sohasining yuqori qismi terisini innervatsiyalaydi.
N. ilioinguinalis – qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq muskullariga
muskul tolalarini beradi, keyin urug‘ tizimchasining oldingi-ichki yuzasi bo‘ylab
joylashib chov kanalidan o‘tadi hamda chov kanalining
tashqi teshigidan chiqib
qov sohasining pastki qismini innervatsiyalaydi. Shuningdek oldingi yorg‘oq
(jinsiy lab) tarmoqlarini [
nn. scrotales (labiales) anteriores] hosil qiladi.
Qorin old-yon devorining limfatik tizimi.
Qorin devorining yuqori qismidan limfa suyuqligi qo‘ltiq
osti limfa
tugunlariga (
nodi lymphatici axillares), pastki qismidan chov limfatik tugunlariga
(
nodi lymphatici inguinales) yo‘naladi.