O’rmondan foydalanish bo’yicha asosiy qonunchilik hujjatlari O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar Foydalanilgan adabiyotlar
O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar
Download 23.37 Kb.
|
O’rmondan foydalanish 2
O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar:
o‘zlariga berib qo‘yilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o‘rmonzorlardan oqilona foydalanishi; ishlarni o‘rmonlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga, shuningdek tuproqning, o‘simlik va hayvonot dunyosining, suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan yuritishi; o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi; o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlarni o‘tkazishi va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, shuningdek o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishi; o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi; o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida va belgilangan tartibda haq to‘lashi; o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart. O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin. 35-modda. O‘rmondan foydalanuvchilar huquqlarining kafolatlari O‘rmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘rmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonunchilikda belgilangan tartibda tiklanishi lozim. O‘rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararlarning (shu jumladan boy berilgan foydaning) o‘rni to‘liq hajmda qoplanishi lozim. 36-modda. O‘rmondan foydalanish turlari O‘rmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat: daraxtzorlar va butazorlarni kesish; pichan o‘rish; chorva mollarini o‘tlatish; asalari uyalari va qutilarini joylashtirish; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini yig‘ish hamda tayyorlash; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish va tayyorlash; daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish; o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish; ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish; ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish. Qonunchilikda o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin. Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling