O’rmonlarni tashkil etuvchi asaosiy darxt turlari, tarkibini tahlil qilish Oʻrmon resurslari


Download 78.14 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi78.14 Kb.
#1600733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abbos aka

O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligida bugungi kunda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? O‘rmon xo‘jaligi yerlari kimlarga ijaraga berilmoqda? "Yashil qoplamalar" qayerda yaratilmoqda?

  • TOShKENT, 18 fev - Sputnik. O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligida bugungi kunda qanday ishlar olib borilayotgani, qanday maqsadlarga erishish kutilayotgani haqida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi vakilllari AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hisobot berdi.
  • “Yashil qoplamalar” qanday ko‘payadi


  • Prezident va Hukmat qarorlariga asosan, Orol dengizining qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida jami keyingi besh yillik 1 mln gektar, shundan 2022-yilda 200 ming gektar hajmda cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo etish rejalashtirilmoqda.

  • Bugungi kungacha, 700 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘larini jamg‘arildi, 18 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etildi. Ayni paytda urug‘ jamg‘arish va ekish ishlari davom ettirilmoqda.

  • O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan har bir hududga mos ravishda ko‘kalamzorlashtirish uchun tavsiya etiladigan daraxt-buta turlari hamda ekish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

  • Mazkur tavsiyalarga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda shumtol, qayrag‘och, katalpa, yapon saforasi, gledichiya, tol, terak, jiyda, tut, zarang, kashtan, lipa, eman, akatsiya kabi manzarali va mevali ko‘chatlarni ekilishi ta’minlandi.

  • Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-noyabrdagi 694-F-son farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 2022-yil bahorgi mavsumda belgilangan miqdordagi ko‘chatlarni ekilishi ta’minlanadi.

  • Buning uchun, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tashkilot va korxonalarga belgilangan tartibda ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan har xil turdagi daraxt-butalarning ko‘chat va qalamchalari yetkazib beriladi. Hududlarda tasdiqlangan “yo‘l xarita”lar asosida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ko‘chat ekish bilan bog‘liq barcha tashkiliy choralar ko‘riladi.

  • Eng asosiysi, sug‘orish tizimini joriy etishga hamda agrotexnik qoidalar asosida ekilgan ko‘chatlarni doimiy ravishda parvarishlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

  • Download 78.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling