O’rmonlarni tashkil etuvchi asaosiy darxt turlari, tarkibini tahlil qilish Oʻrmon resurslari


Download 78.14 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi78.14 Kb.
#1600733
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abbos aka


O’rmonlarni tashkil etuvchi asaosiy darxt turlari, tarkibini tahlil qilish
Oʻrmon resurslari — tabiat resurslarining eng muhim turlaridan biri; mamlakat hududidagi oʻrmon (yogʻoch) zaxiralari, yemxashak, ovchilik resurslari, yovvoyi oʻsimliklarning mevalari, dorivor oʻsimliklar va boshqalarni oʻz ichiga oladi. 20-asrning 80-yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, Yer sharida quruqlikning 30% ni oʻrmonlar tashkil etadi. Jahon boʻyicha umumiy oʻrmon yerlari maydoni 4 mlrd.ga, shundan yalpi oʻrmonzorlar 3 mlrd.ga; jami yogʻoch zaxirasi 356,7 mlrd. m3, har yili tayyorlanadigan yogʻoch miqdori 3 mlrd. m3dan koʻproq. Oʻrmonlarda yogʻochlarning yillik oʻsishi 3,2 mlrd. m3ni tashkil etadi. Lotin Amerikasi yogʻoch zaxiralarining koʻpligi jihatidan qitʼalar ichida 1 oʻrinda turadi. Rossiya, AQSH, Kanada va Braziliya yirik Oʻrmon resurslari ga ega. Oʻrmon resurslarining asosiy qimmatli mahsuloti — bu sanoat va qurilishning koʻpgina tarmoqlarida ishlatiladigan, oʻrmon daraxtlarini kesib tayyorlanadigan yogʻochdir. Oʻrmon resurslaridan sanoat usulida foydalanishda undagi daraxtlarning tur tarkibi katta ahamiyatga ega. Oʻrmon sanoatida yogʻochi yuqori sifatli boʻlgan ignabargli, yumshoq bargli va qattiq bargli daraxt turlari qoʻp ishlatiladi, yumshoq bargli turlari (qayin, togʻterak, olxa va boshqalar)dan kam foydalaniladi. Yuqori sifatli qayin daraxtlari faqat faner, mebel kabilarni tayyorlashda ishlatiladi. Oʻrmon resurslarining daraxtlardan boshqa boyliklaridan muhimlari oziq-ovqat resurslari, yemxashak resurslari (pichanzor, yaylovlar)dir. Oʻzbekiston oʻrmonlarining muhim ekologik va himoya xususiyatiga ega ekanligi va yogʻoch zaxirasining kamligi (12 mln. m3) sababli sanoat asosida yogʻoch kesish ishlari olib borilmaydi. Hozirgida farmakologiya sanoatida ishlab chiqarilayotgan tibbiyot preparatlarining 40% dan oshiqrogʻi oʻrmon daraxtlari va butalar poʻstlogʻi, bargi, mevalari, turli oʻtlarning ildizidan tayyorlanmoqda. Respublikada 22 ta oʻrmon xoʻjaligi va 8 ta dorivor oʻsimliklar yetishtirishga ixtisoslashgan xoʻjaliklarda 15 turdan ortiq shifobaxsh oʻsimliklar (polpola, anzur piyoz, moychechak, totim, arslonquyruq, boʻyimodaron va boshqalar) ekib koʻpaytiriladi. Har yili mazkur xoʻjaliklarda 450—500 t dan ziyod dorivor oʻsimliklar xom ashyosi tayyorlab, isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Kesilgan oʻrmonlarga daraxtlar ekish, yangi oʻrmonzorlar barpo etish Oʻrmon resurslarini qayta tiklashning samarali usuli boʻlib, oʻrmonlarda ulardan uzoq muddat samarali foydalanishni taʼminlaydi. Oʻrmonlarning oziq-ovqat resurslariga qoʻziqorin, mevalar, yongʻoqlar, isteʼmol qilinadigan oʻtlar, ildizmevalar, yovvoyi hayvonlar va ovlanadigan qushlar, shuningdek, asalari mahsulotlari, ozuqabop yemxashak resurslariga tayyorlanadigan pichan, har xil oʻtlar, hayvonlar isteʼmol qiladigan mevalar kiradi. Oʻrmon asalarichilikkl rivojlantirish, turli hayvonlar va qushlarning yashashi, oziqlanishi, koʻpayishi uchun qulay muhitdir.
Oʻrmon — bir-biriga va oʻsish sharoitiga taʼsir etuvchi va geografik landshaft elementini hosil qiluvchi daraxtsimon oʻsimliklar majmui; Yer oʻsimlik qoplamining asosiy tiplaridan biri, biosferaning tarkibiy va juda muhim qismi. Oʻsimliklarning koʻpgina hayotiy shakllaridan iborat boʻlib, bular orasida daraxt va butalar asosiy, oʻtlar, butachalaryoʻsinlarlishayniklar va h.k. ikkinchi darajali rolʼ oʻynaydi. Oʻrmon Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda oʻsadi, Yer sxaridagi quruqlikning 30% ni ishgʻol qiladi. Yerning oʻrmonli maydoni 4 milliardga maydonni egallaydi (Oʻzbekistonda 8,5 millionga ni tashkil etadi, 2004).
Oʻsish sharoitiga qarab, koʻpchilik daraxt turlari qimmatli oʻrmon formatsiyasi (mas, qaragʻayli oʻrmon, kedrli oʻrmon, oqqaragʻayli oʻrmon, tilogʻochli oʻrmon va h.k.)ni hosil etadi. Oʻrta Osiyoda archazor oʻrmonlar koʻp. Oʻrmonlar turli zonalarda togʻ va daryo qayirlarida ham tarqalgan. Oʻrmonning tur tarkibi, muhim oʻsimliklarning biologik xususiyatlari, yoshi va maʼlum tabiiygeografik sharoitiga qarab oʻsimliklarning bir nechta pogonasi rivojlanadi. Moʻtadil mintaqa oʻrmonlari tarkibi boʻyicha: birinchi kattalikdagi daraxtlar va oʻrmon hosil qiluvchi dovdaraxtlar (qaragʻayqoraqaragʻaytilogʻochemanshumtol)dan iborat 1pogʻona, ikkinchi kattalikdagi daraxtlar (oqqaragʻay, qoraqayin, lipa, zarang va boshqalar)dan iborat 2pogʻona, butalar (oʻrmon yongʻogʻi, itjumrut, normushk va boshqalar)dan iborat 3pogʻona hamda oʻtbutachali va yoʻsinlishaynikli qoplamadan iborat 4—5 (quyi) pogʻonalar boʻladi. Oʻrmonda baʼzan, pogʻonalarga kirmaydigan chirmashuvchi va ilashuvchi oʻsimliklar ham uchraydi.
Oʻrmon tabiiy (urugʻidan, vegetativ, bachkisidan) hamda sunʼiy (urugʻ yoki koʻchat ekib) yoʻl bilan tiklanadi. Tabiiy oʻrmonlar asosiy maydonni egallaydi. Oʻrmon tarkibi va rivojlanishiga koʻra bir qancha tiplarga ajratiladi. Har bir tip muayyan bir turdagi daraxtlar, butalar, shuningdek, oʻtlar, butachalar, yoʻsin va lishayniklardan iborat. Oʻsish mintaqalariga koʻra, oʻrmonlar Shimoliy yarim sharda tropik, subtropik, geografik zonallikka koʻra tundratayga, dasht, choʻl, toʻqay va boshqalar, oʻsimlikdaraxtlar tarkibiga koʻra qaragʻay, archa, qayin, eman va h.k. oʻrmonlariga boʻlinadi. Oʻrmonning rivojlanishi tuproq, iqlim sharoiti, hayvonlar ishtiroki va roli, insonning bevosita aralashuvi bilan bogʻliq. Oʻrmondan unumli foydalanilsa, yetilgan daraxtlar tanlab qirqilsa, oʻrmon uzoq yashaydi, yaxshi tiklanadi. Oʻrmon, oʻz navbatida, tuproq sharoitiga, uning suv rejimiga, strukturasiga, organik va mineral moddalarning toʻplanishiga, tuproq unumdorligiga katta taʼsir koʻrsatadi. Oʻrmonda nam koʻpligi tufayli gumus (chirindi) moʻl toʻplanadi, tuproq tez ishqorsizlanadi, kislotaliligi ortadi, ildizlar chuqur tarqaladi. Oʻrmon yozgi, ayniqsa, qishki yogʻinlarning taqsimlanishi va toʻplanishiga taʼsir koʻrsatib, oʻsimlik hamda hayvonlar uchun mikroiqlim yaratadi. Yerning oʻrmon qoplami — tirik moddalarning planetar akkumulyatorlaridan biri boʻlib, oʻrmon biosferada bir qator kimyoviy elementlar va suvni saqlab turadi, troposfera bilan oʻzaro faol taʼsirlashadi va kislorod hamda uglerod balansi darajasini belgilaydi. Oʻrmonlar odamzod uchun kerakli boʻlgan kislorodning 60% ni ishlab chiqaradi. Oʻrmon rekreatsiya va sogʻlomlashtirish ahamiyatiga ega. Tuproqni shamol va suv eroziyasidan, temir va avtomobil yoʻllari, kanallar, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydonlarni, aholi ggunktlarini turli noqulay tabiiy hodisalardan himoya qiladi. Oʻrmonlar togʻlarda sel oqimlarining vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaydi, qor koʻchishi, tuproqlar siljishining oldini oladi. Oʻrmon yogʻochlaridan 20 mingdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda oʻrmonga oid munosabatlar 1999-yil 15-aprel da qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻrmon toʻgʻrisida" qonuni bilan tartibga solinadi
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻrmon resurslari

BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOS) tomonidan tashkil etilgan forumda O‘zbekiston salohiyati Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan yuqori darajada namoyish etilmoqda.
Qayd etish joizki, tadbirda BMTning 2017–2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rmonlar bo‘yicha strategik rejasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘rmonlar bo‘yicha xalqaro bitim kuchga kirganidan keyin 2024-yilda o‘rta muddatli baholashga tayyorgarlik ko‘rildi.
Forum doirasida Oʻzbekiston tomoni raisligida Jahon banki, FAO (Food and Agriculture Organization – Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti), BMT YeIK, Kanada oʻrmon xizmati va Chexiya oʻrmon xoʻjaligi instituti bilan hamkorlikda qoʻshma tadbir tashkil etildi. Tadbirda BMTga aʼzo davlatlarning 100 dan ortiq vakillari, oʻrmonlarni boshqarish sohasidagi maʼmuriy va ilmiy doiralar, shuningdek, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda nutq so‘zlagan Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, keng ko‘lamli obodonlashtirish aksiyasi, Orol dengizining qurigan tubida o‘rmon barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, “Yashil makon” aksiyasi natijalariga to‘xtalib o‘tdi. Qolaversa, O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni mamlakat hududiga nisbatan 2016-yildagi 4 foizdan bugungi kunda 14 foizga kengaytirilganini alohida ta’kidladi. 
Bundan tashqari, Jahon bankining tabiiy resurslar mintaqaviy departamenti direktori P.Agostini Oʻzbekistonda oʻrmonlarni tiklash boʻyicha umumiy qiymati 142 million dollarlik loyihani taqdim etdi.
Yakunda tadbir ishtirokchilari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning uchta yirik tadbiri – choʻllanish boʻyicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi.
Tadbir 12-mayga qadar davom etadi.
Atrof muhit
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling