O’rmonlarni tashkil etuvchi asaosiy darxt turlari, tarkibini tahlil qilish Oʻrmon resurslari


Download 78.14 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi78.14 Kb.
#1600733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abbos aka

Qum va chang bo‘ronlariga qarshi


  • Ma’lumki, 2021-yilning 4-7 noyabr kunlari Toshkentda kuchli qum-chang bo‘ronlari sodir bo‘lgan edi. Ularning kelib chiqishining asosiy sababi - yerlarning degradatsiyaga uchragani va “Yashil qoplama”larning kamayib ketganligidir.

  • Ushbu munosabat bilan “O‘zbekistonda chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi” ishlab chiqilib, 2022-yil 11-yanvarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

  • Ushbu hujjatda qum va chang bo‘ronlari masalalarini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, BMTning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish reyestriga kiritish, “Tuproqlar va ular unumdorligini muhofazalash to‘g‘risida” qonun loyihasini ishlab chiqish, qum-chang bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun qo‘shimchalar kiritish hamda yaylovlar mahsuldorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, yerdan samarali foydalanishda iqtisodiy manfaatdorlik mexanizmlarini takomillashtirish kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

  • Bundan tashqari Respublika hududlari bo‘yicha cho‘llanish va qurg‘oqchilikka moyil bo‘lgan hududlarning kuchsiz, o‘rtacha kuchli, kuchli va o‘ta kuchli birlamchi ro‘yxati shakllantirildi va atlas xaritasi ishlab chiqildi. Ushbu ro‘yxatga asosan o‘rmon barpo etish ishlarini tashkil etish rejalashtirilib amalga oshirilib bormoqda.
  • Dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun


  • So‘nggi yillarda O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirish va dorivor o‘simliklarni yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda respublikaning barcha hududlaridagi o‘rmon fondi yerlarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil qilinib, xomasholarini yetishtiriish yo‘lga qo‘yildi.

  • Bugungi kunga qadar tizimdagi 54 ta o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan jami 191,5 gektar maydonda yangi 8 ta turdagi dorivor o‘simliklarning onalik-tajriba plantatsiyalari barpo etildi.

  • 2022 yilda tizim o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 5 ming gektarga yaqin maydonda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etilib, 8,5 ming tonnadan ortiq xomashosini tayyorlash rejalashtirilgan.

  • Madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning turlarini 64 tadan 68 taga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Bu orqali tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni maydonini saqlab qolishga va kengayishiga sabab bo‘ladi.

  • Download 78.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling