O’rmonlarni tashkil etuvchi asaosiy darxt turlari, tarkibini tahlil qilish Oʻrmon resurslari
Download 78.14 Kb.
|
abbos aka
O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligida bugungi kunda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? O‘rmon xo‘jaligi yerlari kimlarga ijaraga berilmoqda? "Yashil qoplamalar" qayerda yaratilmoqda?
TOShKENT, 18 fev - Sputnik. O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligida bugungi kunda qanday ishlar olib borilayotgani, qanday maqsadlarga erishish kutilayotgani haqida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi vakilllari AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hisobot berdi. “Yashil qoplamalar” qanday ko‘payadiPrezident va Hukmat qarorlariga asosan, Orol dengizining qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida jami keyingi besh yillik 1 mln gektar, shundan 2022-yilda 200 ming gektar hajmda cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo etish rejalashtirilmoqda. Bugungi kungacha, 700 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘larini jamg‘arildi, 18 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etildi. Ayni paytda urug‘ jamg‘arish va ekish ishlari davom ettirilmoqda. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan har bir hududga mos ravishda ko‘kalamzorlashtirish uchun tavsiya etiladigan daraxt-buta turlari hamda ekish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Mazkur tavsiyalarga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda shumtol, qayrag‘och, katalpa, yapon saforasi, gledichiya, tol, terak, jiyda, tut, zarang, kashtan, lipa, eman, akatsiya kabi manzarali va mevali ko‘chatlarni ekilishi ta’minlandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-noyabrdagi 694-F-son farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 2022-yil bahorgi mavsumda belgilangan miqdordagi ko‘chatlarni ekilishi ta’minlanadi. Buning uchun, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tashkilot va korxonalarga belgilangan tartibda ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan har xil turdagi daraxt-butalarning ko‘chat va qalamchalari yetkazib beriladi. Hududlarda tasdiqlangan “yo‘l xarita”lar asosida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ko‘chat ekish bilan bog‘liq barcha tashkiliy choralar ko‘riladi. Eng asosiysi, sug‘orish tizimini joriy etishga hamda agrotexnik qoidalar asosida ekilgan ko‘chatlarni doimiy ravishda parvarishlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Download 78.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling