O’rmonlarni tashkil etuvchi asaosiy darxt turlari, tarkibini tahlil qilish Oʻrmon resurslari
Download 78.14 Kb.
|
abbos aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rmon yerlarini ijaraga berish
O‘rmonlar himoyasiO‘rmonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilish borasida 2021-yil davomida o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash ishlari 100 ming gektardan ortiq maydonda, shu jumladan 90 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari amalga oshirildi, 254 km uzunlikdagi yong‘inga qarshi yo‘llar, 42 km uzunlikdagi himoya liniyalari, 454 km minerallashgan polasalar qurilib, 1765 km uzunlikdagi yo‘llar ta’mirlandi. O‘rmon yerlarini ijaraga berishO‘rmon fondi yerlarining samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish yuzasidan 2021-yil 31-dekabr holatiga 65,5 ming gektarga yaqin yer uchastkasiga 6,5 mingga yaqin ijara shartnomalari rasmiylashtirildi, shu bilan birga, jami 18 ming 265 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi qaroriga asosan o‘rmon fondining o‘zlashtirilmagan yer uchastkalari foydalanishga berildi: yangidan yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) barpo etish uchun 371 ta ijarachilarga 13,5 ming gektar, tez o‘suvchi daraxtlar (pavlovniya, terak) plantatsiyalari barpo etish uchun 95 ta ijarachilarga 2 ming 424,8 gektar yer maydonlariga — 5-yilga; cho‘l hududlarida joylashgan, suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yerlari o‘zlashtirilib cho‘l o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq) plantatsiyalari barpo etish uchun 4 ta ijarachilarga 502 gektar yer maydonlariga — 10-yilga; suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yerlari o‘zlashtirilib oziq-ovqat ekinlari (dukkakli, moyli, boshoqli ekinlar, sabzavot, poliz) uchun 40 ta ijarachilarga 1 ming 3,8 gektar yer maydonlariga — 1-yilga; dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish uchun 40 ta ijarachilarga 1 ming 640,7 gektar yer maydoniga — uch yil davomida ijara to‘lovining “nol” stavkasini qo‘llash orqali foydalanishga berildi. 2021 yilda o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish kim oshdi elektron savdo orqali ijaraga berish maqsadida, www.ijara-urmon.uz elektron saytiga joylashtirilgan. U yerda 255 ta lotlar muvofaqiyatli yauklanib 886 gektar foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlari yuridik va jismoiy shaxslarga berilgan. 1937 yil Toshkent o'rmon xo'jaligining bo'limi sifatida Oxangaron o'rmon bo'limi tashkil topgan. 1947 yilga kelib, Toshkent o'rmon xo'jaligiga qarashli Piskent xamda Oxangaron bo'limlari birlashtirilib, aloxida Oxangaron o'rmon xo'jaligi tashkil topdi. Oxangaron o'rmon xo'jaligida dastlab 4ta bo'lim bo'lib Jumladan: 1) Go'shsoy bo'limi 2) Kenjagali bo'limi 3) Olmaliq bo'limi 4) Qorabog bo'limi Umumiy er maydoni 141200 gektarni tashkil etgan. 2001 yilga qadar Oxangaron o'rmon xo'jaligi O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligining o'rmon bo'limi bosh boshqarmasining tasarufida 2001 yildan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 22 iyuldagi №262-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyat xokimiligi Ugom-Chotqol DMTB boshqarmasi tashkil topdi. Dastlab xo'jalikda 24 ta o'rmon qorovullari ish faoliyatni olib borgan bo'lsa, xozirgi kunda o'rmonlarni qo'riqlash va ularni qayta tiklash, atrof-muxitni, xayvonot,o'simlik olamini saqlash qo'riqlash maqsadida 11 ta katta nozir va 99 ta nozirlar xizmat qilib kelmoqda. Xo'jalik xar yili tasdiqlangan yillik rejaga asosan 200 gektar maydonda o'rmon ekish ishlari xamda 300 gektar maydonda o'rmonlarni tabiiy o'sishga ko'maklashish ishlari olib boriladi. Xo'jalikning umumiy er maydoni 2014 yil 1 yanvar xolatiga 186473,6 gektar bo'lib, o'rmon bilan qoplangan maydon 45052,4 gektar, shu jumladan madaniy o'rmon 1830 gektar, yosh o'rmonlarimiz esa 1815 gektarni tashkil qiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 18 yanvardagi «2011-2012» yillarda Toshkent viloyati Oxangaron tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va axoli turmush darajasini oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to'grisida»gi 17-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oxangaron tuman xokimining qarorlariga asosan Suv ombori yoqasi Navgarzan bo'limiga chegaradosh qismidan 572,4ga, O'rgozsoy, Objasoy,Kandirsoy bo'limiga chegaradosh bo'lgan davlat zaxirasi erlaridan 2667,1ga , Toshkent – O'sh avtomagistrali yoqasi davlat zaxirasi erlaridan 100 gektar xammasi bo'lib 3339,5gektar er maydoni xo'jalikka biriktirib berilgan. Kurama qishloq fuqarolar yigini Serkakirildi va Tanga topdi axolii punktlari xududida joylashgan tuman davlat zaxirasi ixtiyoridagi, Toshkent-O'sh avtomagistrali mintaqasida joylashgan, yaylov erlarda ko'chki xavfi oldini olish va mintaqadagi ekologik muxitni yaxshilash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish maqsadida biriktirib berilgan 100 gektar er maydondan xo'jalik 2011-2012-2013 yil ko'chat ekish mavsumi davomida xammasi bo'lib 100 gektar maydonda bodomzor, mojjevelnik,grek yong'og'i, qrim qarag'ayi ko'chatlari ekildi. Ohangaron o'rmon ho'jaligi tomonidan ekilayotgan o'rmon ekinlari -tuproq ko'chishi erroziyasidan saqlash; -yuqori qatlamlarni emirilishini oldini olish; -ekologik muhitni yaxshilash; -namlikni saqlab suv ko'payishiga olib keladi. Mavjud adabiyotlarda 1,0 gektar igna bargli daraxtlar yiliga 1,8-2,0 mln so'mlik iqtisodiy samara beradi. Xo'jalik xar yili xududlarda rejada asosida ish olib borib, yovvoyi xayvonlarni oziqlantirish va taxminiy xisobini olib boradi. Jumladan Ohangaon o'rmon xo'jaligi xududlarida bo'ri, ayiq, tulqi, yovvoyi to'ng'iz, borsuq, jayra, quyon, qushlardan kaklik, fazan, burgut, ko'k kabutarlar mavjud. Bizning xo'jalik faqatgina o'rmon ekish ishlari bilan bir qatorda ko'chat etishtirish ishlarini xam olib boriladi. Xo'jaligimizda 21 gektar maydonda ko'chatxonamiz mavujd bo'lib, u erda 4 turdagi ignabargli, 22 turdagi bargli manzarali va mevali ko'chatlar etishtiriladi xamda o'rmonlar barpo qilish uchun xamda obodonlashtirish ishlarini olib borishlari uchun ko'chat yetkazib beradi. Ko'chatlarni yetishtirish uchun avvvalo pishib yetilgan saralangan mevalar terib olinib, undan urug'lar ajratib olinadi. Jumladan Zarafshon archasi mevasi yanvar, fevral oylarida pishib yetilgan bo'lib, aynan shu oylarda tog'li xududlardan terib olinadi xamda avgust oylarida mevasidan urug'i ajratib olinadi. Vaziyat juda ham og‘ir. Chunki sayyoramizdagi barcha quruqlikdagi biologik xilma-xillikning asosiy qismi o‘rmonlarda yashaydi. 60 ming xil o‘simlik va daraxtlar, amfibiyalarning 80 foizi, qushlarning 75 foizi va sutemizuvchilarning 68 foizi shular jumlasidandir. O‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi ko‘plab yovvoyi flora va fauna turlarining ham yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi beshta mamlakat — Rossiya, Braziliya, Kanada, AQSH va Xitoyda hududiga to‘g‘ri keladi. Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, Rossiyada 247 million gektar tashqi ta’sirlardan xoli o‘rmonlar mavjud. Ularga hali odamlar ta’sir ko‘rsatmagan. Ammo ushbu o‘rmonlarning ham yiliga 1,6 million gektari yo‘q bo‘lib ketayapti. Afsuski ushbu holat juda tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. «Agar biz o‘rmonlarni butunlay yo‘q qilsak, ekotizimni avvalgidek tiklashning iloji bo‘lmaydi», — deydi Butunjahon yovvoyi tabiat fondining Rossiyadagi direktori Dmitriy Gorshkov. — Biologik xilma-xillik — bu murakkab mexanizm, u sayyoramizdagi hayotni qo‘llab-quvvatlaydi. «Bizning ovqatlanishimiz, suv ichishimiz va nafas olishimiz ana shu tabiiy mexanizm bilan chambarchas bog‘liq. Kislorod ajratish, suvni tozalash, o‘simliklarning changlanishi bularning barchasi katta tizimning bir qismidir. Bunga barcha hayvonlar va o‘simliklar o‘z hissasini qo‘shadi», deydi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda ham o‘rmonlar muhim rol tutadi. O‘rmon maydonlarining yarmi odamning tashqi ta’siridan deyarli aziyat chekmagan. Shunga qaramay, o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi davom etmoqda, bu sayyoramizning yangi hududlari o‘rmon qoplamini yo‘qotishini anglatadi. «O‘rmonlarni yo‘q qilish va biologik xilma-xillikni yo‘qotish uchun biz ishlab chiqarish usullarini va oziq-ovqat mahsulotlarini qanday iste’mol qilishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak», deydi FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy. U o‘rmonlarni saqlashga va kesilgan daraxtzorlarni qayta tiklashga intilishga chaqirdi. Bu boradagi sa’y-harakatlar allaqachon o‘z samarasini berdi. Himoyalangan o‘rmon maydonlarining eng katta o‘sishi bargli doimiy yashil o‘rmonlarda, ya’ni odatda tropik zonalarda uchraydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, daraxtlar eroziya va tuproqning sho‘rlanishini oldini oladi. Iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatadi. Bundan tashqari, o‘rmonlar odamlarni yoqilg‘i va oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. Ko‘pchilik uchun ular muhim daromad manbai hisoblanadi. Masalan, bugungi kunda o‘rmonlarda 86 milliondan ortiq yashil ish o‘rinlari tashkil etilgan. Kambag‘al aholi qatlamining 90 foizdan ortig‘i o‘rmonlarning yovvoyi mahsulotlari bilan oziqlanib kun kechirmoqda. Xususan, Lotin Amerikasida sakkiz million kambag‘al aholi hayoti o‘rmonlar holatiga bog‘liq. O‘zbekistonda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimi ishlab chiqilgan. Eslatib o‘tamiz, mamlakatda «Quyi Amudaryo» davlat biosfera qo‘riqxonasi, «Do‘rmon» milliy bog‘i, «Sayg‘ochiy» majmuasi, «Ugam-Chotqol» davlat biosfera qo‘riqxonasi va Buxoroda «Jayron» ixtisoslashtirilgan qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Ayni paytda O‘zbekistonda 7 ta qo‘riqxona, 3 ta milliy tabiat bog‘i, 10 ta tabiat yodgorligi, 12 ta yovvoyi tabiat qo‘riqxonasi va boshqalar mavjud. Ramsar Konvensiyasiga binoan yangi tabiiy hududlar suv-bоtqoqli hududlarning xalqaro ro‘yxatiga kiritilganligi, mamlakatning 51 ta eng muhim ornitologik zonalarini ro‘yxatga olish va tavsifini qayd etish zarur. Kuni kecha G20 davlatlari rahbarlari 2030 yilgacha bo‘lgan davrda birgalikda bir trillion daraxt ekish maqsadini e’lon qilishdi, bunda asosiy e’tibor sayyoramizning eng ko‘p zararga uchragan ekotizimlariga e’tibor qaratilishi ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) eksperti Muhammadjon Bobojonov dunyoning 50 ta rivojlangan davlatining har biri uchun Orol dengizining Mo‘ynoq tumani hududiga to‘g‘ri keluvchi qurib qolgan hududida 5 gektardan innovasion o‘rmon yaratishni va ushbu o‘rmonlarning har birini mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar sharafiga nomlashni taklif qilmoqda. Download 78.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling