O’rnatilgan tizimlar fanidan
Kiritish chiqarish protsedurasi
Download 342.33 Kb.
|
Nurbek Xalilov o\'rnatilgan tizimlar
Kiritish chiqarish protsedurasiKiritish va chiqarishning asosiy vazifasi kompyuterning asosiy hisoblash yadrosini o‘z aro aloqasini ta’minlashdir, ya’ni turli ishlash tamoyilga asoslangan protsessor va asosiy xotiraning ma’lumotlar formati va tezkor tashqi kiritish, uzatish, yuzaga chiqarish, saqlash va axborotlarni registratsiyalash o‘rtasida. Kiritish/chiqarish protsedurasi ichki interfeys (katta) tashqi qurilma va protsessor xotira aloqasini ta’minlaydigan, tug‘ridan to‘g‘ri periferik qurilmalarga ulanadigan tashqi interfeyslar(kichik)dan tashkil topgan modullar yordamida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar registrida, tashqi qurilmalar tezkorligi farqini bartaraf qilish maqsadida, modulga va undan uzatiladigan ma’lumotlar buferlanadi. Ma’lumotlar registri razryadliligi katta interfeys tomonidan shina kengligi bilan mos tushadi, bu odatda 2,4,8 bayt. Tashqi qurilmalar interfeysi odatda baytli (pobaytno), shuning uchun unda qadoqlash/ochish tugunlari mavjud. TQ soniga qarab ma’lumotlar registri bir nechta bo‘lishi mumkin. Boshqaruv registri modulni Tashqi qurilmalar bilan o‘zaro buyruqlarini aniqlaydi (registrni tozalash, TQ dastlabki holati, o‘qishni boshiga qaytish, yozishni boshiqa qaytish). Har bir modul uchun adreslash muhitida (birlashgan yoki taqsimlangan operativ xotirali) addreslar guruhi ajratiladi. Adreslar selektor orqali to‘g‘riligiga tekshiriladi va deshifrator orqali tegishli tashqi qurilma tanlanadi. Boshqaruv qurilmasi barcha qurilmalarni boshqarish va koordinatsiyalash vazifasini bajaradi. Tashqi interfeys tomonidan kiritish/chiqarish moduli tuzilishi o‘ziga xosdir, chunki barcha Tashqi qurilmalar o‘ziga xos protokollar va interfes tugunlariga ega. Kiritish/chiqarish moduli tarmoq orqali ma’lumot almashinuvida juda muhim o‘rin egallaydi, tegishli portla kontrolleri orqali intensiv tarzda ma’lumotlar almashinuvi amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib kiritish/chiqarish moduli funksiyalarini quyidagi funksiyalarni bajaradi: Ma’lumotlarni adresli uzatish(peresыlka) Almashinishni boshqarish va sinxronlash Ma’lumotlar almashinuvi Xatoliklarni aniqlash Download 342.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling