Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
Doston ILHOM
1994-yili tug‘ilgan. Qarshi davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Respublika yosh ijodkorlarning Zomin seminari ishtirokchisi. www.ziyouz.com kutubxonasi 62 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 qayrilib qaramas, go‘yo unutgandek, uzoq-uzoqlarga termulib nuqul ko‘z yosh to‘kadi. Otasi jahl otiga mingan. Lekin otasining tushunarsiz nafratga to‘la gaplarini onasi tinglab o‘tiraveradi. Birgina tushungani “majruh... qanday tarbiyalaymiz...” degan gapini eslab qolgan. Demak, ularni qayergadir olib borishmoqchimi? Er-xotin baqirishib urishib ketishadi. Kerakmas, kerakmas... ota-onasining gaplaridan g‘ira-shira esida qolgani shu... Kim kerakmas, nima kerakmas? “Nomard!” degan chinqiriqdan hushdan ketgan va bir noma’lum joyda ko‘zini ochganini biladi. Uni akasi aravaga solib ko‘chaga chiqib ketgan. Shu zahotimi, yoki oradan oylar, yillar o‘tdimi – buning farqiga bormaydi. Bir necha kun daydib yurib, o‘zining dardga chalingani-yu, akasining koyinishlarini anglab turibdi, xolos. Qiz tun zulmatiga beparvo tikilib o‘tiribdi, hamon hech narsani anglamas, quloqlari ostidan akasining alamzada ovozi jaranglab turar, tobora borliq xiralashib qorong‘ilikka g‘arq bo‘lmoqda. Ular izlayotgan binoning qarshisida to‘xtashdi, ichkaridan chalingan ovozlar bolaning nochor qalbiga umid urug‘larini sepdi. Bola singlisining mayin, ozg‘in qo‘llarini kaftlari orasiga olib o‘pdi. “Sabr qil, Zahro. Axiyri dorixonani topdik. Hozir tezda olib chiqaman, faqat uxlab qolmagin… Agar uxlab qolsang, sendan xafa bo‘laman-a”, dedi mehr bilan tikilgan ko‘yi. Dorixonadan chiqib kelgan er-xotinning shovqini tun sukunatini uyg‘otib yuborgandek bo‘ldi. Ular o‘n-o‘n besh qadam narida turgan bolalarni ko‘rishmadi hisob, dunyoni unutgan holda qo‘ltiqlashgancha o‘z yo‘llariga ravona bo‘lishdi. Bola toshdek qotgan oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab, eshik tomon yurdi. Ichkari issiqqina ekan, bolaning vujudi biram yayrab ketdi. Bir lahzada butun azoblar unutilgandek bo‘ldi. Qo‘llarini bir-biriga ishqay-ishqay dorilarga bir qur nazar soldi, go‘yo dorilar ko‘ziga najotkor mo‘jizadek tuyuldi. Oyna ortidagi oq xalatli ayol ekrandan diqqatini uzib bolaga qaradi. Bolaga nigohi tushishi bilan kiyim-boshi kir-chirligidan ochiqchasiga ijirg‘andi. – Xo‘sh, senga nima kerak? Bolaning vujudini titroq egallab, tili bazo‘r aylandi. – Menga dorilar kerak, singlimning ahvoli og‘ir. Tunda kasali qo‘zg‘ab qoldi, hammayoq yopiq ekan, izlab shu yerni topdim. Bizni hech kim qabul qilmayapti. Qaramasangiz, o‘lib qoladi, undan bo‘lak hech kimim yo‘q. www.ziyouz.com kutubxonasi 63 adabiy-ijtimoiy jurnal Ayolning ensasi qotdi: – Qiziq bola ekansan-ku, dorining nomi bormi? Bilmasang, qanday topib berishim mumkin. Bu gapdan bolaning eti uyushib qoldi. – Z-zzahro bbeshush, – dedi duduqlanib, – o‘zini bbbilmay yotibti, dorilarni ichmasa o‘lib qoladi, nomi esimda yo‘q. Ayol hayron, bu bola jinni-pinnimi, yoki meni kalaka qilyaptimi deb o‘yladi. – Loaqal nomini ayt... – Iltimos, Zahroni qutqaring, o‘lib qolishini istamayman. U ko‘chada... Ayol bolani chindan ham kalaka qilyapti deb o‘ylab, uni xonadan haydab chiqardi. Bola kattalar tomonidan har doim itqitib tashlanayotganidan xo‘rligi kelib nariroqda turgan aravachadagi singlisiga bir dam tikilib turdi-da, mung‘ayib u tomon yurar ekan, yana “hoy nomard!” deya qichqirdi. Zo‘rg‘a o‘tirgan Zahro bu qo‘rqinchli hayqiriqdan bir titrab “voh” dedi-yu o‘zini yo‘qotdi. Bola yugurib kelib singlisining qo‘llarini ushlaganida ichidan nimadir uzilgandek bo‘ldi. Qo‘llari muzdek, boshi yoniga osilib qolgan. Bola bariga tushundi. Shunda ko‘zlari duv yoshga to‘ldi. Singlisining yuzlarini ohista silab-silab, yana hayot onlarini ko‘rishni istar, bino ichkarisidagi dorilar uni qutqarib qolishi mumkinligi haqida o‘ylardi. Shunda birdan qoni olovdek qaynadi. Oyna orqasida ko‘rinib turgan “dushman”ni uzoq kuzatib g‘azab otiga mindi. Paypaslab mushdek toshni topib, mahkam changallagancha oyoqqa turdi. Endi uning vujudini qo‘rquv tark etib, shiddatli g‘azab qamrab olgandi. Eshik ochildi, tun allamahalida ayolning jon talvasasida chinqirganini hech kim eshitmadi. Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling