Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umarali NORMATOV 64 “YOSH KITOBXON” YON DAFTARI www.ziyouz.com kutubxonasi BULGAKOV
- Konstantin SIMONOV
Nazar
ESHONQUL Milliy adabiyotdagi har bir ijodiy hodisaning sababini tashqi omillardan emas, avvalo, shu milliy zaminning o‘zidan, real voqelikdan, zamona ehtiyojlaridan izlamoq darkor... Bu tamoyillar, ayniqsa, Nazar Eshonqul ijodida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Muallifning “Maymun yetaklagan odam” va “Muolaja” asarlaridan tortib “Bevaqt chalingan bong”, “Istilo”, “Tobut” hikoyalarigacha – barchasi ifoda va talqin yo‘sini jihatidan o‘zbek adabiyotida yangi hodisa bo‘ldi. Umarali NORMATOV 64 “YOSH KITOBXON” YON DAFTARI www.ziyouz.com kutubxonasi BULGAKOV Mixail Bulgakov saxiy iste’dodida, ehtimol yozuvchining butun adabiy faoliyati davomidadir, uch turdagi iqtidor – satirik iqtidori, fantast iqtidori va o‘ta aniq psixologik tahlilga suyangan realist iqtidori qo‘shnichilik qilib, bir- biridan ustunlikka erishish uchun bahslashib kelgan, desak xato bo‘lmaydi. Konstantin SIMONOV 65 “YOSH KITOBXON” YON DAFTARI Mixail Bulgakov faqat rus adabiyotida emas, balki jahon adabiyotida ham munosib o‘ringa ega buyuk yozuvchilardan. Mixail Afanasevich Bulgakov 1891-yili Ukrainaning Kiyev shahrida tug‘ilgan. 1916- yili Kiyev universitetining Tibbiyot fakultetini tamomlagan. 1925-yili adibning ilk to‘plami – “Iblisnoma” nashr etilgan. Bu to‘plamda jamlangan hajviyotlari o‘sha davr matbuotida katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. “Oq gvardiya” tugallanmagan romani mavzuyi asosida “Turbinlar kuni” pyesasini yozadi. Bu pyesada rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin o‘zgarish, “oqlar” harakati g‘oyasi, muhojirlik yo‘lining samarasizligi aks etgan. “Zoykaning uyi”, “Baxmal orol” komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va axloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. 20-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pyesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 30-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlaydi, Gogolning “O‘lik jonlar” (1932) asarini sahnalashtiradi. 30-yillardan umrining oxirigacha Bulgakov “Usta va Margarita” romani ustida ishlaydi (1966 – 67-yillarda nashr etilgan). Bu asar 1987-yili Qodir Mirmuhamedov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Usta va Margarita” romani bilan Bulgakov dunyo romanchiligini bir pog‘ona yuksaltirgan. “Yoshlik” jurnalida bundan roppa-rosa 30 yil oldin (1989-yil 12-son) Hojiakbar Shayxov va Gulchehra Nishonovalar tarjimasi bilan “Ityurak” qissasi o‘quvchilar hukmiga havola etilgan. Adib 1940-yili vafot etgan. www.ziyouz.com kutubxonasi * * * Atirgulning qatlarida Titrab turgan, shabnam – Sog‘inch Nafasimdan hasratimdan to‘kilmasmi, to‘kilmasmi?! Oshiq ahli, javob aylang, sizlarning ham qismatingiz to‘kismasmi?! Tongni kutgum, bir musaffo tongni kutgum, Inonganim kelg‘usi bir onni kutgum Qulog‘iga azon aytgan Tangri azal, Ishqim haqqi boshimni man baland tutgum. Subhidamda quloq osdim shiviriga, Maloiklar kuylamishdir bizning haqda. Qo‘rg‘on qadar mustahkam shul irodamni Toblamish-chun yuborilmish musibatlar. Egilganim singanimmas, ay g‘animim, Qaddim shamshod, boshimni man baland tutgum Atirgulning qatlarida saqlab yoshim Inonganim kelg‘usi bir onni kutgum. Bir musaffo tongni kutgum.... Tun Kunduzlar nuradi tunning ustiga Quyosh yulduzlarga ketdi bo‘linib Qay zamon dog‘ tushdi oyning husniga Mug‘anniy qo‘lida soz qotib qolgan Azador holda ham yig‘lolmadi tun Bo‘g‘zida alamli so‘z qotib qolgan Oqizib ketadi domiga girdob Xayollar quyunday kelar bostirib Mum tishlagan ko‘yi turar iztirob Ta’biri teskari tushlar uyg‘onsin Tirilsin tomoqqa tiqilgan so‘zlar Aksi, bo‘g‘zing bilan barobar yonsin Siniq nurlarini yiqqancha mag‘rur Kechaning bag‘riga o‘t yoqar nogoh Kunduzni orqalab kelgan oppoq nur – Tong 66 Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling