Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Charos AVAZOVA
bilmayotgan tovuqday tipirchilab qoldi”, “Osmon go‘yo qora
libosga burkangan-u, yulduzlar shu libosning tugmalari…” “Pati to‘kilgan yostiqday bo‘shashibgina g‘uldiradi...” kabi poetik manzaralar bunga bir misol. Asardagi bir voqea, ayniqsa, e’tiborimni tortdi. O‘qirman eslasa, asar qahramonlari onasiz qolgan BOLALIKNING ajib ifodasi Charos AVAZOVA 2001-yili tug‘ilgan. Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida ishtirok etgan. www.ziyouz.com kutubxonasi 77 adabiy-ijtimoiy jurnal chumchuq bolasining omon qolishini istab, palaponni boshqa bir chumchuq uyasiga solib qo‘yadi. Shunda ona chumchuq begona palaponni cho‘qilab, inidan haydaydi. Voqea esa aynan Mirza ota-onasining o‘gay farzand asrab olganliklarini eshitgan, ammo o‘sha o‘gay farzand kim – ukasimi yoki o‘zi ekanini aniqlolmay yurgan paytlarida sodir bo‘ladi. Menimcha, muallifning begona palaponni uyasidan haydagan ona chumchuq bilan, begona farzandning boshini silagan ona obrazini parallel qo‘yishida ma’lum bir maqsad bor. Bu maqsad, shubhasiz, insoniy fazilatlarni aks ettirishga qaratilgan. Zero, bolaning begonasi bo‘lmaydi, degan tushuncha faqat insonlargagina xos. Asarda bunday tuyg‘u va kechinmalarning tarannumi talaygina. Masalan, begona qishloqda kurash tushib g‘olib bo‘lgan Qodir o‘z ovuli nomini aytmagunlaricha, yutuqni qo‘lga olishni istamaydi. Nima sababdan shunday qilgani so‘ralganida esa buni tushuntirib berolmaydi. Garchi Qodirning o‘zi nima uchun bunday qilganini anglamasa-da, kitobxon yaxshi his etsa kerak. Insonda mana shunday murakkab tuyg‘ular bor. Unga har qanday yutuqdan ko‘ra, sha’n muhim! Yoki baliq tutish jarayonini olaylik. Ov baroridan kelmaydi. Bolalar umidsiz bir alfozda ortga qaytmoqchi bo‘ladi. Shunda Qodir Mo‘minning ov haqida onasiga aytib qo‘yganini eshitib: – Endi uch-to‘rtta bo‘lsayam, baliq obormasak, enangdan uyatga qolamiz, – deydi. Keyin loy- balchiqqa belansalar-da, uyatga qolmaslik, yolg‘onchiga chiqmaslik uchun baliqni obdon izlashga tushadilar... Ammo qissaning muvaffaqiyatini belgilagan eng muhim omil bular emas. Asarning eng katta muvaffaqiyati shundaki, u kutilmagan xotimasi bilan o‘quvchining qahramonlar haqidagi taassurotlarini ham mutlaqo boshqa tomonga burib yuboradi. Bu o‘quvchi asar boshidan beri o‘zini yetaklab yurgan tilsimning kalitini topganda, nihoyat barcha voqealar oydinlashganda sodir bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, asarning bosh qahramoni aslida kim ekani aynan qissa nihoyasiga kelibgina ayon bo‘ladi. Mutolaa davomida o‘quvchi ongida lapashang, qo‘rqoq, bo‘sh-bayov bola sifatida gavdalanib kelayotgan Mo‘minning o‘ziga xos xarakteri ochilishi, ya’ni o‘quvchiga uning ariqqa qulab tushgani emas, balki ataylab sakragani, kiyimlari yonib ketgan do‘stlarini tashlab qochgani emas, balki ularga kiyim topib kelishga shoshilgani, Sadafning uyiga do‘stlari bilan qo‘shilib borishdan qo‘rqoqligi tufayli emas, dovyurakligi, vijdoni pok ekanligi uchun bosh tortgani, qolaversa, uning o‘z do‘stlarini sotmaydigan darajada jasoratli ekani ma’lum bo‘ladi. Men asarni to o‘qib tugat magunimcha sarlavha noto‘g‘ri tanlangan, degan fikrda edim. Nihoyat, mutolaa so‘ngidagina muallif asarni asosiy voqea tunda ro‘y bergani uchungina emas, balki o‘spirinlikning kechinmalarga boy ruhiy olamini ochib berish uchun “Tunkezar bolalar” deb nomlaganiga amin bo‘ldim. Asarning shuncha yutuqlariga qaramay, unda ayrim uslubiy kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi. Bir o‘rinda “Sadaflarning Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling