Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Rus tilidan Rahmat BOBOJON
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
Rus tilidan
Rahmat BOBOJON tarjimasi Ochlik hukm surgan inqilob yillarida Mariya Moskvaga ko‘chib o‘tdi. U bu y erda faqat poldan iborat, hatto xona jihozlari ham y o‘q bir uyda ijarada turadi. Keyinchalik esa Yangi Arbatin urushi davrida xaritadan o‘chirilgan Sobache ko‘chasidagi bir uy da kun kechiradi. Afsonaviy “qora baron ” deya nomlangan Py otr Vrangelin va san’atshunos Nikolay V rangelin onasi baronessa Mariya Dmitriy evna Vrangel chorasiz vaziyatda bo‘lishiga qaramay , yangi hokimiyat rahbarligi ostida bo‘lgan davlatda yashay otganlarning orasida dahshatli vaziyatga tushganlarga ko‘mak qilishga urinardi. Shuning uchun ham Natalya Nikolayevnaning ikkinchi nikohidan tug‘ilgan qizi Aleksandra Petrovna Arapo va (qizlik familiyasi Lanskaya) Mariya Aleksandro vnaga yordam qilish va yashash joyi topish kerak qabilidagi maktubini Mariya Dmitriyevnaga y o‘llagandi. Oz bo‘lsa-da Mariya Dmitriyevna y ordam berishga muvaffaq bo‘ldi. 1918-yilning oxirida Xalq maorif komissarligining rahbari Anatoliy Luncharskiy “shoir Pushkinning Rossiya adabiyoti oldidagi xizmatlariga ko‘ra ” qizi Mariya Aleksandrovna uchun mukof ot berilishi haqida qaror qabul qiladi. Xalq maorif komissarligida “A.S.Pushkinning qizi Mariya Aleksandrovna Gartungning moddiy ta ’minoti haqida” masalasi muhokamaga qo‘yiladi va ijobiy natijaga erishiladi. Y a’ni: 1.Mariya Gartungga 2400 60 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 www.ziyouz.com kutubxonasi Yo‘qotilgan bolalik Hikoya 61 QALDIRG‘OCH K uzning izg‘irinli oqshomida arava surgan bola shahar ko‘chasida sarson kezadi. Bolaning oyog‘idan nam o‘tib, uyushib og‘riydi. Betob, madorsiz singlisi yotgan aravacha dastagidan ushlagan qo‘llari muzlagan, xuddi tilingan joyi achishayotgandek his qiladi. Ammo o‘zini majburlab bo‘lsa ham, qiziq-qiziq gaplar topib singlisini kuldirishga urinadi. Go‘yo singlisining ma’yus tortgan ko‘zlari yumilib ketsa, boshqa ochilmaydigandek. Uning so‘lg‘in, za’faron chehrasiga tikilganida qalbi titrab, ko‘rikdan o‘tkazish uchun qabul qilmagan shifokorni so‘kadi. Vaqt o‘tgan sayin singlisining so‘lib borayotganiga qarab shifokorga o‘z vaqtida jazo bermaganiga, ya’ni uni qo‘lga tushgan narsa bilan savalamaganiga afsuslanadi. Shifokor bemorga bir ko‘z tashlab qo‘yib, “Avval ro‘yxatdan o‘tinglar, so‘ng tekshiramiz”, degandi. Shunda yolvorgancha, “Kimligimizni bilmaymiz, yetimmiz, ota- onamizni ham tanimaymiz. Singlimning ahvoli og‘ir, bir tekshiring, bo‘lmasa o‘lib qoladi”, deya zorlanib yolvorgan edi. Shifokor esa parvo qilmadi. Qayta-qayta iltimos qilavergach, u yerdan haydab chiqarishdi. Qizning chehrasidan nur so‘nib boryapti, ingroq sasi zo‘rg‘a eshitiladi. Har safar singlisiga ko‘zi tushganida o‘zining ojizligini ko‘radi, mushtdekkina tanasini iztiroblar majaqlab tashlagandek bo‘ladi. Qizaloq hamon jim, akasining so‘kinishlari qulog‘iga uzuq-yuluq eshitiladi. G‘ira-shira qorong‘ilik tusha boshlagan, aravachada o‘tirgan qizaloqning ko‘ziga ko‘chalar juda xunuk ko‘rinadi, akasining nafrat bilan “Nomard!” degan so‘zi dardli yuragiga tig‘dek botadi. Nomard – uning uchun eng dahshatli so‘z. Bu so‘z ularni ota-onasidan ajratgan. Er-xotinni bir-biridan ajratgan. Akasi shifokorga yolg‘on gapirganida hayratlandi. Chunki ularlar yetim emas, ota-onasini yaxshi eslaydi. Ancha yillar oldin janjallashib bolalarini tashlab ketishgan. Akasi ota-onasini endi kechirmaydi, buni uning gaplaridan, begonalik, sovuqlikdan angladi. Go‘yo ko‘z oldida o‘sha janjal namoyon bo‘ldi: qaysi bir joyda mashina to‘xtaydi, onasi old o‘rindiqda yig‘laydi, bolalariga Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling