Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor


Download 3.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/43
Sana03.11.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1743193
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

“Qarg‘ish” she’rida shu holat aks ettirilgan. 
Uch bandlik she’r quyidagi ayanch manzara 
tasviri bilan nihoyalanadi: “Qo‘nalg‘a qilmasdi, 
qo‘nmasdi qushlar, Go‘yo qon isidan bezib qo-
chardi. Yog‘ayotgan yomg‘ir go‘yo qarg‘ishlar, 
Begunoh ko‘z yoshlar bo‘lib oqardi”. Bu satrlar 
go‘yo og‘och haqida. Lekin shoir tabiatni odam-
dan ayri ko‘rmaydi. Chindan ham atrof javonib-
ning qanday ko‘rinishi, uning o‘zidan ham ko‘ra 
ko‘proq, bizning tasavvur va kayfiyatimizga 
bog‘liqdir. Qachonlardir qilingan yomonlikka 
vosita bo‘lgani uchun hamon jazo tortayotgani 
tasvirlangan og‘och og‘ochdan ko‘ra, odamdir. 
Lekin shoir buni ochiq aytmaydi, qissadan his-
sa chiqarishga, o‘git berishga urinmaydi.
Shukrullo – hayotda ham, ijodda ham 
sa mimiy edi. Bu fe’l uni she’riy haqqoniyat 
yo‘lidan yurgizadi. Shu bois bitganlarida par-
doz, jimjima kam uchraydi. Shoirning keyingi 
yillarda yozilgan she’rlaridan biri
“Mendan gina 
qilma, mendan ranjima”, deb boshlanadi. Men-
ga ushbu chaqiriqning qanday hayotiy asosi 
borligi, she’r nima munosabat bilan yozilgani 
ma’lum emas. Zero, she’rxon uchun muayyan 
bir she’rning kim va nima uchun yozilganidan 
ko‘ra, qanday yozilgani muhimdir. Menga bu 
she’r o‘zining hozirgi holi va imkoniyatini juda 
yaxshi biladigan hamda bundan xijolat chek-
maydigan o‘tog‘asi kishi kayfiyatining chin 
manzarasi bo‘lib ko‘rindi:
Qarib oqibati qolmabdi dema,
Sen ko‘rgan daryolar ayqirib tindi.
Yetdi qirg‘oqqa ham omonat kema,
Afsus va nadomat ortilar endi.
26
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
www.ziyouz.com kutubxonasi


Umrining shomi sari borayotgan shoir 
tuyg‘ularining samimiyligi, bu izhori dilda zarra 
bo‘lsin yolg‘on, xo‘jako‘rsinlik, donishmandlik 
da’vosi yo‘qligi kishini rom etadi. Bu satrlarda 
qirg‘oqqa yaqinlashgan omonat umr kemasiga 
afsus-nadomat yuklari ortilajagi g‘oyat sami-
miy, ulkan bir insoniy dard, qoim bardosh 
hamda sokinlik bilan ifoda etilgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, shoir 
she’rlari da unar-unmasga kay-
vonilik qilmaydi, yo‘l ko‘rsatishga 
urinmaydi. Ba’zan shoirona nigohi 
ilg‘agan biror poetik manzarani 
chizish bilan kifoyalanadi. Uning 
bir qator bitiklari lahzani mangu-
likka muhrlay olganining o‘zi bilan 
poeziyadir. Chunonchi, Shukrullo 
bir she’rida tabiatning o‘ta aniq 
va qo‘rqinchli manzarasi tasvirini 
quyidagicha beradi:
Osmonda boshlandi bulutlar jangi,
Birdan tevarakni bosdi gulduros.
Hatto cho‘chib o‘chdi quyoshning rangi,
Bo‘ron olib kelgan dahshatdan bexos.
Oldinlari shoir bunday vahimali daromadd-
an so‘ng biror ijtimoiy parallelni kel tirgan va 
undan xulosa chiqargan bo‘lardi. Shukrullo bu 
gal she’rni peyzaj tasviri eka nicha qoldiradi va 
asar yakunida: “Bulutlarni yorib balqidi quyosh, 
Shodlikdan barglarda miltilladi yosh” tarzidagi 
go‘zal holat manzarasini beradi.
Shoir 

Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling