Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor


Download 3.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/43
Sana03.11.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1743193
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bog'liq
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

“Ilhom qalangan ho‘l o‘tin 
emas, ...necha vaqtdan beri qizishib, bir 
shamol yelpishi bilan gurullab yongan 
olov”, degan fikrida ham adabiyotda iz 
qoldirmoq uchun ijodkor o‘zini unga 
to‘la bag‘ishlashi kerakligi ta’kidlan-
gan. 
Adib hamisha ezgulikka intil-
gan va uni ng tantanasiga ishongan 
odam. Bu xususiyat uning 1941-yili 
yozgan
“Istaymanki, olam hamisha 
Bahor chog‘i, tongotar bo‘lsin”,
degan 
to‘x tamidayoq namoyon bo‘lgandi. 
Doimo tinchlig-u xotirjamlikka intilib 
yashagan shoir uzoq umri mobaynida ta-
lay dolg‘ali hodisa larni boshidan kechirdi. 
Shu sabab asarlarida tinchlikka erishish 
orzusini ko‘p tasvirladi. Lekin u qabriston 
tinchligini emas, balki hayot barq urib yash-
nab turgan erkin hayotdan hosil bo‘ladigan 
sobit tinchlikni tilaydi.
“Istak” she’rida shoir 
bu jo‘ndagi qarash-u tuyg‘ularini shu tarzda 
ifodalaydi:
Suvlar shildirasin, qushlar sayrasin,
Olam suv quygandek, mayli, bo‘lsin tinch.
Zindoniy tinchlikdan lekin asrasin,
G‘animlar solmasin ko‘ngilga qo‘rqinch!
Negaki, “Taqdir” she’rida ta’kidlanganidek, 
“Qo‘rqib yashashlikning o‘zi ham o‘lim”. Shukrullo 
ko‘ngildagiday yashay bilmaslik yashamaslikdan 
yomon ekanini teran his qiladi va ta’sirli ifoda 
etadi.
Odam ko‘p ko‘rib, ko‘p bilgani sari kam bili-
shini anglab boraveradi. Shuning uchun ham 
Shukrullo agar o‘tgan asrning 50−60-yillaridagi 
she’rlarida o‘quvchilariga qanday yashash va 
hayotni qay tarzda yo‘lga qo‘yishni o‘rgatishga 
uringan bo‘lsa, hozirgi she’rlarida tiriklikning 
barcha past-balandini ko‘rgan donishmand shoir 
sifatida birovga yo‘l ko‘rsatish emas, o‘zini taftish 
22
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilishga, o‘z ko‘ngil olamini qa dam-baqadam 
tekshirishga urinadi. Shoir o‘zi kuzatgan hayot 
haqiqatlarini bilgichlik bilan g‘oyat sokin, lekin 
yuragidan o‘tkazib ifoda etadi. Shu bois, uning 
ko‘pchilik she’rlarida poetik muddao she’rning 
avvalidayoq o‘rtancha qo‘lday ko‘zga tashlanib 
turmaydi. She’rni o‘qigan kishi undagi ifodalar 
haqida o‘ylab ko‘rishga, tasvirdan ma’no kelti-
rib chiqarishga majbur bo‘ladi.
Shoirning 

Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling