Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
Jasur KENGBOYEV
1985-yili tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan. “Iste’dod maktabi” VII respublika yosh ijodkorlar seminarida ishtirok etgan. “Ko‘hna belbog‘”, “Yurakning bir cheti” nomli to‘plamlari chop etilgan. – O‘g‘lingga ayt, uxlaganidan keyin o‘zi karavotiga chiqib yotsin! So‘loqmonday bolani ko‘tarish yoqmay turibdi... Nazarali uyqu aralash gapirindi. Xotini “piq” etib kulib yubordi. – Uyg‘oqligida karavotiga o‘zi chiqib yotolmagan go‘dak uxlaganida qanday chiqadi? – Boshimni qotirma, men majlisdaman... – dedi Nazarali yana g‘udranib... Xotini hayron: bu odamga nima bo‘lgan? Kuni bilan xayoli parishon yurdi, gap-so‘zidan ma’ni qochgan. O‘ngidami- hushidami – bilib bo‘lmaydi. Chol bilan g‘idi-bidi aytishganidan beri shu ahvol. Esiyam kirdi-chiqdi. Dorixonadan o‘rtanchasining ichketarini to‘xtatadigan hapdori olib keling deb tayinlasa, bozorga borib, giyohfurushdan allaqanday gijja dori ko‘tarib keldi. To‘rt tom naridagi hamsoyanikiga ma’rakaga qichqirib kelishganini aytsa, adirga – xo‘roz urishtirgani ketibdi. Ayoli labini tishlagancha, birpas eriga tikilib turdi. So‘ng uyqusi qattiq bolani inqillagancha ko‘tarib, joyiga yotqizdi. Dasturxonni yig‘ishtirib, ovqatdan qolgan suyaklarni yaloqqa to‘kdi. “Bobik, bobik” deya itni chaqirdi. Doim nishxo‘rd isini olsa, likonglab keladigan itdan darak bo‘lmadi. “Tavba, it ham yo‘g‘-a. Qayerlarda sang‘ib yuribdi ekan...” Ayoli qorong‘i hovli burchaklariga qaray-qaray qaytib kirdi. Tuni bilan Nazarali alahsirab chiqdi. Nuqul: “Kechiring, ota, kechiring...” – deydi xirillab. Xotinini tok urganday bo‘ldi. Miyasiga yarq etib kelgan fikrdan qo‘rqib ketdi: “Tavba, ishqilib, chol topilsin... Bo‘lmasa...” Ayol qo‘rqqanicha bor edi. Ikki kunki, Nurmat ota yo‘q. Bolalari avvaliga otamiz arazladi, deb indashmadi. Onasining vafotidan so‘ng yolg‘izlikdanmi, ancha o‘zgarib qolgan, injiqligi tutganda, dunyoni boshiga ko‘taradi. Nimadir yo‘qoldi... Hikoya www.ziyouz.com kutubxonasi 12 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 www.ziyouz.com kutubxonasi 13 adabiy-ijtimoiy jurnal ... O‘sha kuni ertalab otasining xomush bo‘lib hovlida kuymalanib yurganini sezdi. Yuz-qo‘lini yuva turib avvaliga ko‘nglida ho‘v bolalik paytlaridagi kabi hayiqishga o‘xshash narsa paydo bo‘ldi, keyin esa o‘zidan-o‘zi g‘ijinib “yosh bolamanmi endi” deb yuzini chetga burdi. Lekin sezdirmaslikka harakat qildi, yoniga borib salom berdi. Otasi alik olgach, bepisandroq ohangda so‘radi: – Tinchlikmi, ota? – Tinchlik, tinchlik. Faqat... Bolam, bir narsani aytsam, ko‘nglingga olma. Bir hovlida yashaganimiz bilan xuddi dunyoning ikki chekkasida kun ko‘rayotgandekmiz, – dedi Nurmat ota xomtok qila turib. “Obbo”, – dedi Nazarali ichida bir g‘ijinishga o‘xshash tuyg‘u bilan, keyin esa o‘zi bilmagan holda boshini keskin bir siltab, otasiga tikildi. – Ota! – dedi dag‘al bir tovushda. – Nima qil deysiz, nega bunday deyapsiz? – E, qiziqsan-da, men senga nimani ham qil deb aytardim? – qo‘lidagi tokqaychini so‘riga qo‘yar ekan, siniq jilmaydi ota. – O‘zing bir o‘ylab ko‘r, men shu to‘rtta molning orqasidan kunimni dashtda o‘tkazyapman. Kech kelib, seni hech bir ko‘rmayman. Hali to‘yda, hali u yerda... Ertalab turib ham men bilan biron marta holing qanday demaysan... – Ota, men ham o‘ynab yurganim yo‘q. Shu tirikchilikni deb tinim bilmayman. Bu yoqda nevaralaringiz ham katta bo‘lib qoldi... – Eh, bolam, bolam, qizishma, – dedi otasi negadir uning yuziga qaramasdan osmonga tikilgancha. – Kecha onang rahmatli tushimga kiribdi. Negadir bezovta... Rahmatli o‘zi bilan mehr-oqibatniyam olib ketganga o‘xshaydi. Onasini eslab, Nazaralining ham ko‘ngli birdan yumshadi, otasini quchoqlab olgisi keldi. Ammo... Ammo, ichidagi o‘jarlik bunga yo‘l bermadi. – Sizga o‘zi nima yetishmayapti, ota? – dedi birdaniga avzoyi o‘zgarib. – Non- choyingizdan kamchilik bo‘lmasa, ust- boshingiz yuvilgan bo‘lsa... Ha, bitta mening sizdan hol-ahvol so‘ramaganim shunchalik og‘ir botyaptimi? Otasi indamadi, mung‘aygan bir qiyofada og‘ilxona tarafga yurib ketdi. Nazarali uning orqasidan bir muddat qarab turdi, keyin esa ichini kemirayotgan shaytoniy vasvasaga yana berildi: “Bu kishi uchun kenjasidan boshqa bolasi odam emas. E... Odam qarisa, go‘dak bo‘lib qoladi, degani chin ekan. Otam ham go‘dakka o‘xshab, ming‘ir-sing‘ir qilaveradi. Ha, mayli, o‘ziga kelib qolar”. “Hammasiga o‘zim aybdorman, – deya o‘yladi Nurmat ota. – Ro‘zg‘or, ish deb yurib, vaqtida tarbiyasiga qaramadim. O‘ylovsiz, berahm chiqdi. O‘g‘lim uchun men bir podachiga aylandim. Bir piyola choy ichib keting, deyish ham xayoliga kelmadi-ya...” Nurmat ota shunday alamli o‘ylar bilan tuz totmasdan eshagini to‘qimlab, qushirilgan og‘il eshigini ochdi. ... O‘sha kuni namozshom payti dashtdan podaning o‘zi qaytdi. Mollarning ortidan chol minib yuradigan qora hangi qulog‘i shalpayib, shalvirab kirib keldi. Egar-jabdug‘i qiyshaygan, bo‘shagan ayil tagidan to‘qimi osilib yotibdi. O‘g‘illarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi. Bir- biriga tikilib, boshlari gangib qolishdi. Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling