Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor


Download 3.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana03.11.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1743193
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

– Bugungi kunda qaysi ijodkorlarning asarla-
rini o‘qib turasiz, sizningcha kimlar o‘zbek adabi-
yotida o‘z o‘rniga ega?
– O‘zimdan kelib chiqib aytaman. O‘zimga 
ma’qul ijodkorlarni aytaman, albatta. Bugun men 
qayta-qayta o‘qiydigan yozuvchilarimiz kam-
chilik. Ko‘proq Abdulla Qahhorning muxlisiman. 
Jahon adabiyotini o‘qishga harakat qilaman. 
Stolimda hamisha Dostoyevskiy asarlari turadi. 
Bugungi adabiyotimizga kelsak, shubhasiz, Erkin 
A’zam ning qayta-qayta o‘qiladigan, har safar 
odamni hayratga soladigan asarlari bisyor. Bu 
qadar so‘zga e’tibor, bu qadar o‘zgacha uslub... 
Erkin akadan tashqari Isajon Sultonning ko‘p 
asarlarini qayta-qayta o‘qiyman, uning tili 
sofligiga, boyli giga, ayniqsa, tabiat tasvirlarida 
mohirligiga havas qilaman. Bu haqda kichikroq 
maqola ham yozgandim. Nihoyat, Nazar Eshon-
qul asarlari bot-bot o‘qila digan ulug‘ yozuvchila-
rimizdan biri. Zamonamizda shunday yozuvchilar 
borligi – bizning baxtimiz. Biz ular bilan faxrla-
nishimiz, asarlari ning qadriga yetishimiz kerak, 
deb o‘ylayman.
– Siz doim ijoddasiz: adabiyotda, dramatur-
giyada, kinoda. Mana shularga ulgurish uchun 
g‘ayratni qayerdan olasiz? Ijodkorlikni sizdek 
saqlash uchun nima qilish kerak?
– Qaysi bir suhbatdayam aytib o‘tgandim 
shekilli, negadir o‘zimni dangasaroq, qimmatli 
vaqtining ko‘p qismini behuda ishlarga sarf-
laydigan odam deb o‘ylayman. Hayot-da bu... 
“Puankare” chiqqanidan so‘ng atay Namangan-
dan muallifni izlab kelgan otaxon ishxonamizda 
kechgan bir soatlik gurungimizdan so‘ng “Bu 
yumushlarning hammasini tashlab, tog‘-poqqa 
chiqib keting-da, tuzukroq bir narsa yozing”, 
degandi. Shu maslahatni ko‘p eslab turaman...
Baribir ko‘proq kitob o‘qisam deyman. Dunyo 
adabiyotida durdona asarlar shunaqa ko‘pki, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


10
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
qani endi vaqting yetsa-yu, ularni qayta-qay-
ta o‘qisang, lazzatlanib tarjima qilsang. Hech 
bo‘lmasa o‘zing uchun. Ammo... Mayli, yaraga tuz 
sepmaylik.
Oz-moz ishlashimga esa, shukurki, uyda 
shart-sharoitlar yetarli. Shuning uchun asosan 
uyda, kechasi ishlayman.
– She’r va kino hayotingizda qanday o‘ringa 
ega?
– Tabiiyki, ko‘plar qatori yozishni she’rdan 
boshlaganman. Ularning ayrimlari tuman, 
viloyat gazetalarida chiqqan ham. She’r yosh-
likka yarashsa kerak, talabalik davrimda ham 
she’r-dostonlar qalashib ketgan. Lekin, to‘g‘risi, 
o‘zimni shoir hisoblamayman. Garchand bitta 
she’r kitobim chiqqan bo‘lsa ham. Shunchaki 
havas-da bu... Lekin bu havas hayotda qo‘l kelib 
qoladi. Masalan, kinossenariy qabul qilinganida 
saundtreklarga she’rlarni o‘zim yozib beraman.
Kinoga o‘tsak. Kinoni kim yaxshi ko‘rmaydi. 
Maktab paytidan kinoga havasim boshqacha edi. 
Aktyorlar, rejissyorlar haqida katta-katta albom-
larim bo‘lgan. Menda aktyorlik salohiyati yo‘q, 
shuning uchun bor-yo‘q orzuyim kinossenariy 
edi. Alal-oqibat shu istagim amalga oshdi. Dast-
lab, “Kichkina odamlar” filmi chiqdi. Keyin ishlar 
o‘z-o‘zidan yurishib ketdi.
– Yaxshi yozuvchi yaxshi publitsist bo‘lib 
shakllanadimi?
– Ruslarda bir hikmat bor: “Iste’dodli odam 
hamma sohada iste’dodli”. Davrlar bo‘ldiki, adabi-
yot emas, publitsistika birinchi o‘ringa chiqdi. 
Shunda ham publitsistlarning oldingi safida 
iste’dodli yozuvchilarimiz bo‘lishdi.
Publitsistika – ko‘ngil tuyg‘ularini, voqe-
likka munosabatni, aytilmoqchi bo‘lgan dolz-
arb gapni tezroq o‘quvchiga yetkazish vositasi. 
Yaxshi yozuv chi, albatta, yaxshi publitsist bo‘ladi. 
Unutmaylik, yozuvchi – xalq vijdoni. Vijdon esa 
hamisha uyg‘oq va bezovta. Vijdonan, ku yib-
pishib, dard bilan yozilgan publitsistik maqola 
yozuvchining shaxsiyatini, fuqarolik pozitsiyasini 
ham ko‘rsatadi. Nekrasov ta’biri bilan aytganda, 
shoir bo‘lmasliging mumkin, ammo grajdanin 
bo‘li shing shart.
– Millatimizning bugungi va o‘n besh yil 
keyingi ma’naviy qiyofasiga chizgilar berolasizmi?
– Har nechuk, ertangi kunimizda ko‘proq 
ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi, farzandlarimiz, 
nevaralari miz ajib zamonga shohid bo‘lishadi 
degan nekbin ilinjlar bilan yashaymiz. Aks holda 
hayotning qizig‘iyam qolmasdi. O‘n besh yildan 
keyin... millatimiz nazari to‘q, ta’bir joiz bo‘lsa, 
inson bu hayotga kun ko‘rish uchun emas, 
ma’naviy yuksalish, parvoz uchun kelishini 
to‘laqonli tushunib yetgan xalqqa aylanar.
– Sizningcha, qaysi sohalar bugun e’tibordan 
chetda qolyapti?
– Birgina misol bilan cheklansam. 
Nazarimda, sanoatga aylantirilgan kino san’ati 
sohasi butkul o‘z holiga tashlab qo‘yilgandek. 
Xususiy telekanallarda shunaqangi filmlar, 
seriallar namoyish etilyaptiki, besh-o‘n daqiqa 
tomosha qilsangiz, bas, yoqa ushlab qolasiz, 
“dod” deb yuborasiz. Bunaqangi rasvo, mil-
latni yerga uradigan, ko‘p sonli tomoshabinlar 
ma’naviyatini balchiqqa chaplayotgan “asar”larni 
kimlar suratga olyapti va nima uchun, bularni 
kimlar efirga olib chiqyapti va qay maqsadda? 
Nima, bu kanallarda badiiy kengashlar, muhar-
rirlar yo‘qmi? Axir bunday fahsh, razolat va 
xiyonatni targ‘ib etuvchi filmlar, seriallar millat 
ma’naviyati uchun asta-sekin portlovchi minaga 
aylanmaydimi...
O‘tgan asrning oxirlarida mamlakatimizni 
“sariq matbuot” bosib ketdi. Endi uning o‘rnini 
“sariq televideniye kanallari” egalladi chog‘i...
Shunga, ancha bo‘lib qoldi, o‘zimizning 
telekanallarni tomosha qilmayman.
– Samimiy suhbatingiz uchun rahmat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


NASR
11

Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling