Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
“Bahor kechasi” deb atalgan she’-
rida ko‘klam tunini hech bir ijodkor nazari ilg‘amagan yo‘sinda tasvirlaydi: “Quyosh botib ketdi. Bir tutam nuri Varrak dumlariga ilashib qoldi”. Milliy poeziyamizda Toshkent ko‘kla- mining bundan ham samimiy va koloritli qilib chizilgan she’riy manzarasi yo‘qdir. Shoir bu she’rida poetik kayfiyatidan kelib chiqib, ko‘klamgi tafsillarning hammasi va har birida go‘zallik, nur, ezgulik ko‘radi va o‘z tuyg‘usini o‘quvchilarga ham yuqtiradi. She’rni: “Qanday odam sevmas umr bahorin! Qalblarni bir umr tark etma, sevgi!” − tarzidagi da’vat bilan tuga- tadi. Bu ifodada yalang‘och chaqiriq bo‘lmagani uchun ham o‘quvchiga kuchli ta’sir qiladi. Shukrullo ko‘p qirrali shaxsiyat egasi edi. Demakki, uning ijodi ham serqirra bo‘lgan. Adibning dostonlari, romanlari, publitsistik maqolalari, esselari, son-sanoqsiz suhbatlari atroflicha ilmiy tahlilga munosib. Biz otaxon shoirimizning birgina she’riyati yuzasidan o‘z qarashlarimizni bayon etdik. O‘ylaymizki, um- rining so‘nggi daqiqasiga qadar faqat Haq va xalqni degan, har qanday sharoitda ham adolat va haqiqatga xiyonat qilmagan ijodkorning barcha qirralari tadqiq etiladi. Zero, Shukrullo manfaatga egilmagani, o‘z iste’dodini nafsi- ga xizmat qildirmagani bilan Qaysin Quliyev, Mustay Karim, Rasul Hamzat, Chingiz Aytma- tov singari badiiy so‘z gigantlarining hurmatiga sazovor bo‘lgan, 2015-yili Turk dunyosining yil odami deb rasman tan olingan yirik shaxsiyat egasi edi. Shukrullo ijodini o‘rganish, adabiyot tanuv ilmi uchun foydali bo‘lganidek, juda uzoq yillar taqiq va cheklovlar sharoitida yashagan san’at- korning bitiklariga xos qirralarni anglab yetish o‘qirmanlarga yoqimli tuyg‘ular bag‘ishlaydi va keksa adibning navqiron poetik bog‘i mevalari- dan bahramandlik ularda shaxslik tuyg‘ularini kuchaytiradi. Haq yo‘lida bir asr yo‘l bosgan shoir Shukrullo shaxsiyati va ijodi bilan avlod- larga o‘rnak bo‘lajak. 27 adabiy-ijtimoiy jurnal Haq va xalqni degan, har qanday sharoitda ham adolat va haqiqatga xiyonat qilmagan ijodkorning barcha qirralari tadqiq etiladi. “ www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling