Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
– Abduqayum Yo‘ldosh ijodi ko‘proq nima-
lardan oziqlangan? Ya’niki xalq ijodidanmi yoki Sharq va G‘arb adabiyotidanmi? – Bobomiz baxshi o‘tgan, Qo‘shrabotda taniqli Yo‘ldosh baxshi. Tabiiyki, uyimizda baxshichilikka, ijodga alohida ehtirom bilan qaralardi. Kitoblarga munosabat ham shunga yarasha. Buni qarang, qishlog‘imizda uchta kutubxona bo‘lardi. Va yana alohida kitob do‘koni. Bolaligimdan shu uchala kutubxonaga a’zo bo‘ldim, yangi kitob kelibdi deb eshitsak, do‘konga chopqillab qolardik. Xullas, “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Kun- tug‘mish”lar qatori o‘zbek va jahon adabiyoti- ning durdona asarlarini o‘qiy boshladim. Bu bir yangi dunyo edi... Menimcha, bolalik va o‘smirlik davridagi eng katta baxt – go‘zal asar sahifala- rini o‘zingdan qizg‘anib qayta-qayta o‘qish bo‘lsa kerak... Voqealarni bilasan, asar qanday boshla- nishini, qanday tugashini bilasan, ammo aqling- dan baland, tushunchangdan ustun nimadir baribir sehrli sahifalar sari seni tortaveradi; bu tuyg‘u ko‘zlaringdan uyquni oladi, ko‘nglingdan halovatni. O‘qib turib yig‘laysan, yig‘lab turib kulasan... Odamga bundan ortiq nima kerak... Shunday ilohiy tuyg‘ularni baxshida etgan Adabiyotga ixlos ila ta’zim qilmay bo‘ladimi... www.ziyouz.com kutubxonasi 6 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 Ishqilib, mutolaa asnosida beixtiyor Sharq va G‘arb adabiyotini muqoyasa qilish, ularning dilga yaqin jihatlarini olishga urinishlar bo‘ldi. Har nechuk, tuman gazetasida e’lon qilingan dast- labki mashqlarimdan biri grek tangrilari haqida bo‘lsa, ikkinchisining qahramoni o‘smir oqin (baxshi) edi. – Asarlaringizda o‘zbekning qiyofasi va xarakteri qirralarini ifodalashda o‘ziga xos uslubga ega ijodkorsiz. Betakror odamlarni qayer- dan topasiz? – U-bu narsa yozib yurgan odam uchun azaldan hayotning o‘zi tuganmas syujetlar bulog‘i bo‘lsa kerak. Ko‘chaga chiqing, odamlarni kuza- ting, qishloqqa boring, yana kuzating, voqealarni muqoyasa qiling, xulosalarga keling va, shaksiz, qalbingizni hayajonga soladigan, qo‘lingizga qalam tutqazadigan, yozmasangiz tinchingiz yo‘qoladigan voqea-hodisa yoinki xarakterga duch kelasiz. Gorkiyning qalamkashlar haqida bir gapi bor. Bu kasb, bu hunar jonimga ham tegib ketdi, chunki qayoqqa borsam, odamlarni kuza- taman, hatto mayxonada ham tinch o‘tirolmay- man, mijozlarni kuzatishga majburman deydi u. Bu – ijodkorlarning qismati. Ba’zan yurgan yo‘lingizda, mutlaqo kutilmaganda, oniy soni- yada ong-shuuringizga, qalbingizga chaqmoqday “yarq” etib bir narsa uriladi. Muhimi, shu oniy soniyani tutib qolish. Qolgani keyin bo‘laveradi. Yana bir holat. Aksar hollarda biz beixtiyor kuza- tib yurgan odamning, aslida kimligi, qanaqaligi aynan oniy soniyada ma’lum bo‘ladi. Xiyonat ham, sotqinlik ham lahzada o‘zini namoyon qiladi. Jasurlik ham oniy soniyada paydo bo‘ladi. Shu onni ilg‘ab olsak bo‘ldi, atrofimiz to‘la qah- ramonlarimiz. Zero, hatto tushingizda kirma- gan voqealarni real hayotda kuzatasiz, ularda ishtirok etasiz. Albatta, asarda to‘qima obrazlar, voqea-hodisa lar bo‘ladi, ammo uning asosi bari- bir hayotning o‘zi bo‘lib qolaveradi. Eng qiziq tomoni, hattoki voqealari olis fazo puchmoqlar- ida kechadigan fantastik asarlarning asosida ham o‘zimizning zamindagi hayot yotadi, zero, adabiyot bu avvalo insonshunoslikdir. Uslub xususida ortiqcha bilag‘onlik qilib o‘tirmay. Faqat kamtarin urinishlarimdan kelib chiqadigan bo‘lsam, aytishim mum- kinki, o‘zimni hayajonga solgan voqeani tezroq qog‘ozga tushirib qo‘ymasam bo‘lmaydi. Shun- day, ko‘ngil buyurganiday yozaveraman. Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling