Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
KUZATISH –
IJODKOR QISMATI Yozuvchi Abduqayum Yo‘ldosh bilan suhbat Abduqayum Yo‘ldosh 1962-yil 28-fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1979-yili Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi 7-maktabni oltin medal bilan bitirgan. 1990-yildan boshlab “Sirli olam”, “Qalb ko‘zi”, “Yoshlik”, “Hurriyat”, “Mohiyat”, “XXI asr” singari gazeta-jurnallarda ishlab kelmoqda. Ayni paytda “Adolat” gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari. 1993-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyush- masi a’zosi. 1999-yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2016-yilda “O‘zbekiston Respub- likasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan. “Qaro ko‘zum. Shayx ur-rais” (1990), “Sun- bulaning ilk shanbasi” (1998), “Timsohning ko‘z yoshlari” (2003), “Parvoz” (2004), “Bir tun va bir umr” (2007), “Alvido, go‘zallik” (2011), “Bankir” (2012), “Katta o‘yin” (2013), “Puankare” (2014), “Hali vaqt bor...” (2016), “Daryo” (2017), “Osmon og‘ushi” (2018), “Qaydasan, mo‘jiza...” (2019), “Ishq afsunlari” (2019) kabi kitoblari nashr etilgan. “Kichkina odamlar”, “Uqubat”, “Iqtidor”, “Vij- don”, “Qadamlar”, “Nigoh”, “Burch va muhabbat”, “Ustyurtga yo‘l”, “Tinchlik ortida”, “Opa” badiiy filmlarining, “Hayot jilg‘alari”, “Sinov”, “Odamlar orasida”, “Ona daryo” seriallarining ssenariy muallifi. www.ziyouz.com kutubxonasi 5 adabiy-ijtimoiy jurnal qarasak, miqdor o‘sishi jihatidan rivojlanishga yuz tutgandirmiz, ammo sifat borasidagi bu e’tirof anchayin bahsli, nazarimda. Bu kaminaning xususiy mulohazasi, albatta. Harqalay, deyarli o‘ttiz yildan beri kasb taqozosiga ko‘ra, bundan tashqari turli kat- ta-kichik tanlovlar-u seminarlarda juda ko‘plab, lofi bilan aytganda, vagon-vagon “hikoya” atal- mish mashqlarni o‘qishga to‘g‘ri keldi. Shular- dan xulosa chiqaradigan bo‘lsam, fikrimcha, keyingi davr hikoyachiligida voqeabandlik, bayonchilik va... savodsizlik anchayin “yarq” etib ko‘zga tashlanib qolganday. Bu mulohaza nafaqat kompyuterda terilib, oppoq qog‘ozlarda chiroyli qilib chiqarilgan mashqlarga, balki falon adadlarda chop etilgan katta-kichik ayrim kitoblarga ham taalluqli. Bugun, deylik, Abdulla Qahhor singari, shapaloqdek hikoyani ma shinkada (!) o‘n martalab qayta ko‘chiradi- gan ijodkorni kunduzi chiroq yoqib ham topol- maysiz. Shubhasiz, muallifini, adabiyotimizni tabriklashga arzigulik, qayta-qayta o‘qiladigan, uqiladigan ajoyib hikoyalar yozilyapti, chop etil- yapti. Ammo, taassufki, bunday asarlar sanoqli. – Siz asarlaringizda nom tanlashda ko‘proq nimaga e’tibor qaratasiz? – Ko‘p hollarda sarlavha o‘z-o‘zidan, asar ko‘ngilda tug‘ilgan, hali qog‘ozga tushma- gan paytlarda paydo bo‘ladi. Keyin fursati yetib bitik tug‘iladi, bu jarayonda nom o‘zgarib ketishi ham mumkin. Shu ning uchun bu borada aniq bir “retsept” yo‘q. To‘g‘ri, bilgichlar yaxshi asarning ellik foizini yaxshi sarlavha tashkil etadi, deyishadi. Balki, joyida topilgan sarlavha o‘quvchini o‘ziga jalb qilar. Biroq ko‘p hollarda haqiqiy asar o‘zining oddiygina sarlavhasi bilan ham baribir ko‘ngillarni zabt etaversa kerak. Harqalay, mashhur yozuvchi asariga nega bunday nom qo‘yganini so‘rashganida, bejiz “Qizilning qizilligini, oqning oqligini ko‘rsatish uchun” deb javob berib qo‘ya qolmagan bo‘lsa kerak. Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling