O’rozboyev Diyorbekning Loyiha ishi Tekshirdi: Tulavov E


Auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga qadar auditorlik tashkilotining harakatlari


Download 48.13 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi48.13 Kb.
#1003759
1   2   3   4   5
Bog'liq
audit mustaqil ish

Auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga qadar auditorlik tashkilotining harakatlari
Auditorlik xulosasini imzolash chog’ida auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga qadar moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim bo’lgan, moliyaviy hisobotga tuzatish yoki qo’shimchalar kiritishni talab etadigan barcha hodisalar u tomonidan lozim darajada aniqlangani, baholangani va tekshirilganiga amin bo’lishi kerak .

Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga yaqin qolganda moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni yoki unda axborotni oshkor etishni talab etadigan hodisalarni aniqlash uchun mo’ljallangan amallarni bajaradi.



  • Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan belgilangan, keyingi hodisalarni aniqlash imkoniyatini yaratuvchi taomillar sharxi.

  • Hisobot davri tugaganidan keyin o’tkaziladigan aktsiyadorlar yig’ilishi, direktorlar kengashi majlislari va organining bayonnomalari bilan tanishib chiqish hamda bayonnomalari hali tayyorlanmagan yig’ilashlarda muhokama qilingan masalalarni oydinlashtirish.

  • Pul mablag’lari smetalari, harakat prognozlari va rahbariyatning boshqa tegishli hisobotlari bilan tanishib chiqish.

  • Tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yuridik xizmatining sud muhokamalariga taalluqli bo’lgan faoliyati bilan tanishib chiqish.

  • Tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan keyingi hodisalarga taalluqli savollar tayyorlash.

Agar bo’linmani boshqa auditor auditorlik tekshiruvidan o’tkazayotgan bo’lsa, asosiy auditor boshqa auditor tomonidan bajariladigan keyingi hodisalarga taalluqli bo’lgan amallarni baholashi, shuningdek, boshqa auditorni rejalashtirilayotgan auditorlik xulosasini imzolash sanasi xaqida xabardor qilishi lozim.
Agar auditor moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatuvchi hodisalar to’g’risida xabar topsa, u mazkur hodisalarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini tekshirishi lozim.

Auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin yuz bergan hodisalar


Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin yuz bergan hodisalar uchun javobgar bo’lmaydi.
Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan, moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hodisalar haqida auditorlik tashkilotiga xabar berilishi uchun javobgar bo’ladi.
Agar auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyingi davrda, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar haqida xabar topsa, u moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasiga tuzatish kiritish kerakligini aniqlashi, yuzaga kelgan muammolarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan muhokama qilishi, hamda bunday hodisalar moliyaviy hisobotga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan holatlarda mazkur hisobotga tegishli o’zgartirishlar kiritishni talab qilishi lozim.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati auditorlik tashkiloti talab qilayotgan va jiddiy tusdagi tuzatishlar kiritilishini zarur deb topmasa, auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektni mazkur dalil haqida yozma ravishda xabardor qilishi, o’zgartirishlar kiritilmagan taqdirdagi oqibatlar uchun javobgarlikni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklashi hamda salbiy auditorlik xulosasi tuzishi kerak.


Agar auditorlik xulosasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt ga berilgan bo’lsa, auditorlik tashkiloti buyurtmachini va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatini sub’ekt moliyaviy hisobotni va unga doir auditorlik xulosasini uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi lozim.

Kelgusi davr uchun moliyaviy hisobotni e’lon qilish sanasi yaqinlashayotgan bo’lsa, yangi hisobotda tegishli axborotlarni yoritib berish sharti bilan, moliyaviy hisobotni qayta ko’rib chiqishga va yangi auditorlik xulosasi berishga zarurat tug’ilmasligi mumkin.




Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin yuz bergan hodisa va dalillarga doir auditorlik tashkilotining barcha harakat va qarorlari majburiy tartibda auditorning ish hujjatlarida aks ettirilishi kerak.


Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling