O’rozboyev Diyorbekning Loyiha ishi Tekshirdi: Tulavov E
Download 48.13 Kb.
|
audit mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi tur hodisalar
- Ikkinchi tur hodisalar
2. KEYINGI VOQEALAR
Ba’zan audit tekshiruvidan o’tkazilayotgan davr yakunida ma’lum bo’lmagan, ammo mijoz korxona faoliyatiga aloqador bo’lgan ma’lumotlar auditor tomonidan audit tekshiuvi yakunlanib auditorlik xulosasi tayyorlangunga qadar yuzaga chiqadi va auditorga ma’lum bo’ladi. Bunday ma’lumotlar moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar deb nomlanadi. Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar ikki guruhga ajratiladi: 1. Moliyaviy hisobot tuzilgan sanada yoki bu sanadan oldin ma’lum bo’lgan ma’lumotni tasdiqlovchi hodisalar. 2. Moliyaviy hisobot tuzilgan sanada yoki bu sanadan oldin ma’lum bo’lmagan ma’lumotni yuzaga keltiruvchi hodisalar. Birinchi tur hodisalar: bu tur hodisalar moliyaviy hisobot tuzilgan sanada ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni qo’shimcha tasdiqlsh uchun xizmat qiladi va faqatgina moliyaviy hisobot tayyorlangan davrdagi taxminlar va summalarga ta’sir etadi. Bunday hodislar natijasida ma’lum bo’lgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarning tegishli elementlari (schyotlar)ga tuzatishlar kiritilishini talab etadi. Misol uchun, mijoz korxona 31 dekabrga balans hisobotining debitorlik qarzlar elementi bitta yirik va bir nechta kichik debitorlik qarzlardan tashkil topgan deb faraz qilaylik. Ushbu yirik debitorlik qarzi balans hisoboti tuzilgan sanada debitor tomonidan to’liq qoplanishi mumkin bo’lgan, ammo audit tekshiruvini o’tkazish jarayonida debitor bankrotlikka uchradi. Buning natijasida auditor shubxali qarzlar bo’yicha rezervga tegishli o’zgartirishlarni kiritishni va bu o’zgarishlarni moliyaviy hisobotlarda belgilangan tartibda aks ettirishni talab etadi. Bu holda mijoz tomonidan xech qanday firibgarlikka yo’l qo’yilmagan, mijoz faqatgina debitorning qarzni qoplashiga ishongani va debitorning haqiqiy moliyaviy holatini bilmagan holda debitorlik qarzini moliyaviy hisobotlarda to’lig’icha aks ettirgan. Ikkinchi tur hodisalar: bu tur hodisalar moliyaviy hisobotlar tuzilgan sanada yoki undan oldin mavjud bo’lmagan, ammo auditorlik xulosasi imzolangunga qadar yuzaga kelgan ma’lumotlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Bu tur hodisalar moliyaviy hisobotlar summalariga xech qanday o’zgartirish kiritishni talab etilmaydi, ammo bu ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarga ilovalarda keltirilishi lozim. Aks holda moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarni chalkashliklarga olib kirishi mumkin. Lekin , moliyaviy hisobotlar tuzilgan sanadan so’ng ro’y bergan barcha ma’lumotlar xam ilovalarda keltirilish shart emas. Masalan, yangi tur maxsulot ishlab chiqarish liniyasining yo’lga qo’yilishi yoki korxona ayrim bo’limlarining ishchilar noroziligi sabab vaqtincha yopilishi borasidagi ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish shart emas. Chunki bu hodisalar mijoz moliyaviy holati va operatsiyalarining natijalariga moliyaviy hisobotlar tayyorlangan sanaga qadar xech qanday ta’sir o’tkazmagan. Bu hodisalar endi tuziladigan moliyaviy hisobotlarda bayon etilishi lozim. Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin yuzaga kelgan hodisa moliyaviy hisobotga o’zgartirish kiritishni yoki bu hisobotlarga ilovalarda keltirilishi lozimmi degan savolga javob qidirishda auditor ushbu hodisa qachon yuzaga kelganini o’rganilishi kerak . Ba’zan, auditorlik xulosasini tayyorlagach auditor mijoz moliyaviy hisobotlarida muxim xatoliklar mavjud bo’lganligini yoki aslida ilovlarda keltirilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni aniqlashi mumkin. Auditor bunday hodisalar yuzasidan batafsil tekshiruv o’tkazishi lozim. Agar auditor ushbu ma’lumotlar audit tekshiruvi jarayonida mavjud bo’lganligini, ammo auditor tekshiruv jarayonida e’tibordan chetda qoldirganini aniqlasa, mijoz korxonadan ushbu ma’lumotlar yuzadan moliyaviy hisobotlar va auditor xulosasidan foydalanuvchilarni xabardor etishni so’rashi lozim. Agar mijoz rad javobini bersa auditor mijoz korxona direktorlar kengashini, mijoz korxonadan yuqori turuvchi tashkilotlarni va auditor xulosasidan foydalanayotganligi ma’lum bo’lgan shaxslarni shaxsan xabardor etishi shart. Download 48.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling