Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi


Oliy nerv faoliyati — odam


Download 350.26 Kb.
bet8/8
Sana12.03.2023
Hajmi350.26 Kb.
#1262710
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU

Oliy nerv faoliyati — odam
xulq-atvorining asosi
Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, boshqalar
bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarini
uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. Oliy nerv faoliyati bosh
miya katta yarimsharlari va ularning postlog‘ida joylashgan nerv
hujayralari (nerv markazlari)ning qo‘zgalish, tormozlanish
jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning birbiriga
munosabatiga bog‘liq.
I. P. Pavlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv
hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga,
tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra,
odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 tiðga bo‘lgan.
1. Kuchli qo‘zg‘alish, tormozlanishdan ustun bo‘lgan
muvozanatsiz tið (xolerik). Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas,
serharakat, boshqalar bilan tez o‘rtoqlashib, tez urishib qoladigan,
arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan o‘zi kuladigan xususiyatga
ega bo‘ladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi bo‘ladi-yu, ammo
xulq-atvori juda murakkab bo‘lib, ularning tarbiyasi ota-ona, o‘qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi.
2. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tið (sangvinik). Bu
turga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni
tezroq bajarishga intiladigan, atrofidagi kishilar va o‘rtoqlariga yaxshi munosabatda bo‘ladi.
3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tið (flegmatik). Bu
tur vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo‘ladi, har bir ishni
nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi
kishilar va o‘rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo‘ladi.
4. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan
ustun tið (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas,
qo‘rqoq, mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, fikrlash qobiliyati past
bo‘ladi.
Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan turlari tug‘ma,
ya’ni nasldan naslga berilgan bo‘ladi. Bu belgilar, asosan, bolaning
sari tashqi muhit, ota-ona, o‘qituvchilar va atrofdagi kishilarning
tarbiyaviy ta’siri natijasida o‘zgaradi.
Bosh miya po‘stlog‘ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari
to‘plami joylashgan bo‘lib, ularni I. P. Pavlov analizatorlar
(sezgi organlarining markazlari), deb atagan. Har bir analizator
uch qismdan tashkil topgan: ta’sirotlarni qabul qiluvchi —
retseptor, o‘tkazuvchi qismi — sezuvchi nerv tolasi va analizsintez
qiluvchi qismi — sezuvchi nerv markazlari.
1. Analizatorning periferik qismi, ya’ni retseptor. Bu maxsus
nerv tuzilmasi bo‘lib, tananing turli qismlarida (teri, muskul,
pay, ko‘z, quloq, burun, til, ichki organlar va qon tomirlar
devorida) joylashgan. Retseptorlarning soni juda ko‘p, masalan,
terining 1 sm2 sathida 200—400 tagacha, terining butun sathida
esa 8 mln ga yaqin retseptor bor.
Barcha ichki organlarda taxminan
1 mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha
o‘zgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi.
2. Analizatorning o‘tkazuvchi qismi — bu sezuvchi nerv
tolasidan iborat bo‘lib, u retseptordan ta’sirni qabul qiladi va uni
analizatorning markaziy qismiga o‘tkazadi.
3. Analizatorning markaziy qismi miya po‘stlog‘ining turli
sohalarida joylashgan nerv markazlaridan iborat. Bu markazlardan
muayyan sezgi organlaridagi retseptorlardan kelgan ta’sir analiz
va sintez qilinib, ularning mazmuniga ko‘ra javob reaksiyasi hosil
qiladi.
Download 350.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling