Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi


Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha


Download 350.26 Kb.
bet3/8
Sana12.03.2023
Hajmi350.26 Kb.
#1262710
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU

Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Odamning bosh
miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy
xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to‘qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog‘lab boshqaradi,organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi.
Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan bo‘lib, og‘irligi katta odamda 1020—1970 ggacha bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bosh miyaning kattakichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.
Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining
po‘stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik,biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog‘liq. Shuningdek,odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi,bilim olishi, mashq qilishiga bog‘liq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun)
qismi va bosh miya katta yarimsharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliyev ko‘prigi (miya ko‘prigi), o‘rta miya,oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning
quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga
tutashgan. Uning uzunligi 3—3,5 sm, massasi o‘rtacha 7 g bo‘ladi.
Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak
ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.
Miya ko‘prigi uzunchoq miyaningч
ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o‘rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko‘prigida
uchlik, ko‘z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.
O‘rta miya Varoliyev ko‘prigining yuqorisida joylashgan bo‘lib, unda to‘rt tepalik: to‘rt tepalikning oldingi 2 tasida po‘stloqosti ko‘rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po‘stloqosti eshitish markazlari joylashgan.
Oraliq miya o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, bosh miya kata yarimsharlari bilan qoplanib turadi.
Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish do‘mboqlari (talamus),
do‘mboqosti soha (giðotalamus) kiradi.
Miyacha bosh miya katta yarimsharlari ensa bo‘lagining tagida
joylashgan, massasi 150 g. katta yarimsharlarining
ko‘rinishi.U odam tanasidagi barcha muskullarning harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi. Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa,tana muskullari bo‘shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash,yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakat qiladi

Download 350.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling