Orqa miya reflekslari. Faol diqqat, ixtiyoriy xarakat va aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash


Download 212.39 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi212.39 Kb.
#1502016
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-amaliy mashg\'ulot Orqa miya reflekslari

Ishdan maqsad. Refleks hosil bo’lishi uchun yoyining hamma to’la ishtirok etishi zarurligini ko’rsatish.
Kerakli jihozlar. Mavzuga oid plakatlar, tarqatma materiallar,elektron slaydlar asosida.
Nazariy tushuncha. Refleks deganda tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'surotga markaziy nerv sistemasi ishtirokida organizmning bergan javob reaksiyasi tushiniladi.
Refleks organizmning atrof-muhit bilan aniq, nozik bog’lanish va organizm ichidagi jaroyonlarni boshqarish hamda nazorat qilish reaksiyasi bo’lib hisoblanadi.
Refleks hosil bo’lishida qo’zg’alish o’tadigan yo’l refleks yoyi deb ataladi.
Refleks yoyi. Har bir refleksning refleks yoyi bo’lib, u quyidagi qismlardan iborat:
1) retseptorlar- to’qima va organizmlarda joylashgan bo’lib, tashqi va ichki muhit ta'sirini qabul qilib qo’zg’aladi;
2) sezuvchi nerv tolasi – retseptorning qo’zg’alishidan hosil bo’lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi.
3) nerv markazi – miyada joylashgan sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat;
4) harakatlantiruvchi nerv tolasi – nerv markazidagi qo’zg’alishni ishchi organga yetkazadi;
5) ishchi organ – muskul, bez, qon tomirlari va hokazo.
Kerakli jihozlar mavzuga oid plakatlar,tarqatma materiallar,elektron slaydlar asosida.
Ishni bajarish tartibi
1. Baqaning bosh miyasi kesib tashlanib, pastki jag’idan shtativ ilgagiga osiladi.
Kichik stakanga 0,5% li sulfat kislota quyib,baqaning oyog’i shu eritmaga botiriladi. Bu vaqtda u oyog’ini tortib oladi. Demak, u ta'sirga javob beradi.
Tanasining turli qismlariga 0,5 % li kislota eritmasi bilan qo’llangan qog’oz parchasi yopishtirib, oyog’ini bukish , gavdadagi “artinish” reflekslari kuzatiladi.So’ngra boldir terisini halqa shaklida kesib terisi tashlanadi,(terisi panja uchlarida ham qolmasligi kerak.) .
Oradan 1-2 minut o’tgach, baqaning o’sha oyog’i 0,5 % li kislota eritmasiga botirilganda u oyog’ini tortib olmaydi chunki retseptor, yani refleks yoyining birinchi elementi olib tashlangan edi.
Terisi kesilmagan oyog’iga 1% li kislota eritmasi ta'sir etilsa, baqaning faqat shu oyog’igina emas, balki butun tanasi harakatga keladi.
2. Baqaning miya organlarida refleks borligini ko’rgandan keyin, uning bir oyog’i sonining orqa tomonidan terisi kesib, muskullar orasidan quymich nervi topiladi, uning tagidan ip o’tkazib olinadi.So’ngra shu oyog’i kislotaning kuchli eritmasiga botirilsa ham u oyog’ini tortib olmaydi, ya'ni yefferent nerv tolasi buzilganligi tufayli yuzaga chiqmaydi.Buni shu nervga 1 % li novakain ta'sir yettirib ham kuzatish mumkin, bunda quymich ( o’tirg’ich) nervining sezuvchi tolalari 1-2 minut sezuvchanligi yo’qoladi.
3. Orqa miya kanaliga maxsus zond kiritib buziladi. Shundan keyin baqaning oyog’i kislotaga tegizilsa ham refleks hosil bo’lmaydi. Refleks yoyining oxiri-beshinchi a'zosini analiz qilish uchun boshqa baqa olinib, xuddi yuqoridagidek shtativga osib qo’yiladi.Bir oyog’ining tizzadan pastki qismi olib tashlanadi va shu oyog’i kislota eritmasiga tushiriladi.
Bunda u oyog’ini tortib olmaydi ya'ni refleks hosil bo’lmaydi.Chunki ish bajaruvchi a'zo-muskul yo’q.
Dars oxirida talabalar o’z kuzatish natijalarini albomlariga chizib yozib oladilar.
Dars yakunida o’qituvchi talabalarning tushunchalarini so’rab baholaydi





.

Download 212.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling