Orqaning chuqur muskullari


Download 4.79 Mb.
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1767010
1   2   3   4
Bog'liq
New Презентация Microsoft PowerPoint

Boshdagi o’tkir qirrali mushak (m. spinalis capitis) yuqorigi ko'krak va pastki bo'yin umurtqalarining o'tkir qirrali o'siqchasidan boshlanib, ensa suyagining tashqi do'ngligi sohasiga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog onasini yozadi. Umurtqa pog'onasini tiklaydigan mushaklarni orqa miya nervlarining orqa tarmoqlari innervatsiya qiladi.

O'rta qavatda: Umurtqalarning ko`ndalang va o’tkir qirali o 'siqchalari orasidagi mushaklar (mm. transversospinales) umurtqalarning ko'ndalang va o'tkir qirrali o’siqchalari o’rtasidagi egatda bir necha qavat bo`lib joylashadi. Bu mushak umurtqalarning ko’ndalang va o'tkir qirrali o’siqchalari o'rtasida yuqoriga qiya yo'nalgan tolalardan iborat. Uning tolalari turli uzunlikka ega bo'lib, nechta umurtqaning ustidan o'tishiga qarab uch guruhga bo'linadi: ko'ndalang va o`tkir qirrali o' siqchalari orasidagi mushakning yuza joylashgan qismi yarim qirrali mushak (mm. semispinalis) U pastki umurtqaning ko'ndalang o'siqchasidan boshlanib 4- 6 ta umurtqa ustidan o’tib otkir qirrali o'siqchaga birikadi.,

Uning o'rta qavatida joylashgan ko'p bo'lakli mushaklar (mm.multifidi) umurtqa pog'onasining bor bo'yiga dumg`aza suyagidan to II bo' yin umurtqasigacha bo’lgan sohada o’tkir qirrali o'siqchalar yonidagi egatda yotadi. Ular pastki umurtqalarning ko`ndalang o`siqchalaridan boshlanib, 2 - 4 ta umurtqa ustidan o'tib biriksa. chuqur joylashgan buruvchi mushaklar (mm. rotatores) bitta umurtqa ustidan o'tib keyingisiga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog onasini bo ylama o q atrofida buradi, Innervatsiyasi: orqa miya nervlarining orqa tarmoqlari. Chuqur qavatda: 1. Qirrali o'siqlar oralig'idagi mushaklar (mm. interspinales) ham medial egatda joylashgan. Ular II bo'yin umurtqasidan boshlab pastga tomon ikki qo'shni umurtqaning o'tkir qirali o’siqchalari o'rtasida tortilgan. Joylashgan joyiga qarab beldagi, ko’krakdagi va bo'yindagi qirrali o'siqlar oralig’idagi mushaklar tafovut qilinadi

Faoliyati: umurtqa pog onasini yozadi 2. Ko`ndalang o'siqchalar oralig'idagi mushaklar (mm. intertransversarii) qo'shni umurtqalarning ko'ndalang o'siqchalari o’rtasida tortilgan qisqa mushak dastalaridan iborat. Joylashgan joyiga qarab beldagi, ko'krakdagi va bo’yindagi ko`ndalang o'siqchalar oralig’idagi mushaklar tafovut qilinadi. Umurtqa pog’onasini bo’yin va bel qismlarida bu mushaklar yaxshi rivojlangan bo'ladi. Faoliyati: umurtqa pog’onasini o' z tomoniga bukadi. Innervatsiyasi: orqa miya nervlarining orqa tarmoqlari Yangi tug'ilgan chaqaloqda orqaning chuqur mushaklaridan boshning tasmasimon mushagi yaxshi rivojlangan bolib, uning yuqori qismi keng bo'ladi.


Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling