Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul
Download 0.5 Mb.
|
Orqaning yuza muskullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- QORIN MUSKULLARI
Ko‘krak fassiyasi. Ko‘krak muskullarida uchta: yuza, xususiy va ko‘krak qafasining ichki yuzasini qoplovchi fassiya tafovut qilinadi, ulardan biri teri osti yog‘ qavatining ostida joylashib, ko‘krak muskullarini ustki tomondan qoplab, qo‘shni soha tomonga yo‘naladi. To‘sh suyagi ustki pardasi tepada, ichki tomondan o‘mrov ustki pardaga, tashqarida fascia deltoidea ga qo‘shilib ketadi. Ko‘krak xususiy fassiyasi ko‘krak katta muskulining tepa qirrasiga kelganda ikki varaqqa ajralib, muskulni old va orqa tomondan o‘rab, qin hosil qiladi. Xususiy fassiyaning chuqur varag‘i o‘mrov-ko‘krak fassiyasi (fascia clavipectoralis) ko‘krakning kichik muskuli bilan o‘mrov osti muskuli sohasiga yaqinlashib, qalinlashadi. Ko‘krakning chuqur va yuza (teri osti) varaqlari – m. pectoralis major pastki chetida o‘zaro qo‘shilgach, qo‘ltiq ostiga fascia axillaris bo‘lib o‘tadi. Ko‘krakning ichki fassiyasi (fascia endothoracica) ko‘krak qafasining devorini ichki tomondan o‘rab turadi.
QORIN MUSKULLARI Qorin ko‘krak qafasining pastki hamda chanoqning ustki chegarasi (teshigi) o‘rtasida joylashgan. Qorin bo‘shlig‘ini old, ikki yonbosh va qisman orqa tomondan qorin muskullari qoplab turadi. Qorinning tashqi qiyshiq muskuli (m. obliquus externus abdominis) ko‘krak qafasining pastki sakkizta qovurg‘asidan tishlar orqali boshlanadi. Muskulning pastki tutamlari yonbosh qirrasining tashqi labiga yopishadi. Qolgan o‘rta qismidagi muskul tolalari yassi payga aylanib, qorinning to‘g‘ri muskuli ustidan o‘tib, qarama-qarshi tomondagi shu nomli muskul payi bilan o‘rta chiziqda tutashadi va oq chiziq (linea alba) ni hosil qiladi. Qorin tashqi muskul payining bir qismi yonbosh suyagining oldingi tepa do‘ngi (spina iliaca anterior superior) bilan qov suyagining do‘mboqchasi (tuberculum pubicum) o‘rtasida taranglashib, qalinlashadi va ichkarida tarnovsimon ariqcha hosil qilib tutashadi. Shunday qilib, chov boylami (lig. inguinale) hosil bo‘ladi. Bu boylam tuberculum pubicum ga birlashishdan oldin ikki oyoqchaga bo‘linadi. Ulardan medial oyoqcha – crus mediale qov simfiziga yopishsa, lateral oyoqcha – crus laterale tuberculum pubicum ga yopishadi. I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (th V–XII), n. iliohypogastricus, n. ilioinguinalis (th III–LI) dan. Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, a. thoracica lateralis, a. circumflexa ilium superficialis. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling