O`rta asrlar va Uyg’onish davri adabiyoti. O`rta asrlarda Evropa adabiyoti
Download 33.72 Kb.
|
Ritsar’ – kurtuaz adabiyoti. XII-XIII asrlarga kelib Frantsiya va boshqa G’arbiy Evropa davlatlarida feodallashish jarayonini asosan tugallanadi. Davlat tepasidagi qirol boshqa feodallar uchun sin’or (syuzern) hisoblanar edi. Katta er egalari bo`lgan graf, gertsog, episkoplar va o`z grafliklari doirasida mustaqil hukmron edilar.
Kichikroq baronlar yirik graf va gertsoglarni sin’or deb atashgan. Baronlarga esa kichikroq feodal va ritsarlar bo`ysunganlar. Ritsar o`z xo`jayiniga sodiq, uning mol-mulki va manfaatlarini himoya qiluvchi jangchi edi. Dabdabali ritsarlik qoidalarini yaratishda XII-XIII asrlarda paydo bo`lgan ritsar’ adabiyoti muhim rol’ o`ynaydi. Biroq ritsarlik ideallari real turmush faktlariga zid edi. X asr boshlarida Provans viloyati alohida davlat edi. Janubiy Frantsiyadagi ushbu viloyat iqtisodiy va ma`naviy sohada rivoj topadi. Bu erda frantsuz adabiy tilga asos solinadi. Dastlab Provansda feodal sin’orlari dunyoviy ritsar’ madaniyatining ifodasi bo`lgan Kurtuaz poeziyasi dunyoga keldi. Provans shoirlarini trubadurlar deb atashgan. Trubadur frantsuzchadan «topmoq», «ijod etmoq» degan ma`noni anglatadi. Bu adabiyot saoroyga xos nafislik, odob-tavoze, xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab qiladi. Ayollarni ulug’lash – trubadurlar ijodida asosiy o`rin egallaydi. Provans shoirlari muhabbat oshiqni yaxshi fazilati etib tarbiyalaydi., qalbini poktantiradi deb tushuntiradi. Ularning fikricha, oshiq odam hech qachon yomon niyatlar, yomon ishlarni qilmaydi, aksincha hamma vaqt oliyhimmat bo`lishga intiladi. Shoir Arnaut de Maruel provans shoirlariga xos fikrni bayon qilib: “Muhabbatsiz odam hurmatga sazovor bo`la oliaydi” deb yozadi. Ishqqa bunday munosabatda bo`lish hamma provans shoirlariga xos fazilatdir. Provans trubadurlarining ishq fazilatlari haqidagi fikrlari Sharq faylasuflarining qarashlariga hamohangdir. endilikda provans trudadurlari ishqiy lirikasining mazmuni, shakli uslubi asosida Sharq she`riyati yotganligi haqidagi fikrlar hech kimda shubha qoldirmadi. Download 33.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling