O`rta asrlarda rossiya davlati va huquqi tarixi


Download 140.5 Kb.
bet12/17
Sana01.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1419674
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Qadimgi va o\'rta asrlarda Rossiya

Davlat tuzumi
IX asrning birinchi yarmida Rossiyada feodal tuzum saqlanib qoldi.
Imperator hokimiyati cheklanmagan edi. Pavel I 1797 yilda taxtni katta o‘g’ilga meros bo‘lib o‘tishi tartibini qayta tikladi. Bu davrda dvoryanlar burjuaziya bilan kelishib hokimiyatni yuritishga majbur bo‘ldi-lar. Markaziy davlat muassasalari oliy va bo‘ysunuvchi boshqaruv organ-lariga bo‘lindi.
Oliy boshqaruv organlariga podshoning o‘zi rahbarlik qilardi. Bo‘y-sunuvchi boshqaruv organlari maxsus mansabdor shaxslar qo‘lida bo‘lgan va ular podsho nomidan harakat qilib uning topshiriqlarini bajarardi. Bosh-qaruvning bunday bo‘linishini Speranskiy kiritgan edi. Oliy boshqaruv or-ganiga avvalo 1810 yilda Speranskiy tashabbusi bilan tashkil etilgan Dav-lat kengashi kirdi. Davlat kengashi imperatorning maslahatchi organi bo‘-lib, podsho tomonidan tayinlanuvchi oliy davlat chinovniklaridan tashkil etildi. Ministrlar ham uning tarkibiga kirdi. Davlat kengashining raisi pod-sho yoki uning tomonidan tayinlanuvchi kengash a’zolaridan biri bo‘ldi.
Davlat kengashi qonun loyihalarini ishlab chiqish, urush va tinchlik, alohida joylarga favqulodda holat joriy qilish ishlarini, budjet, barcha ministrlik va idoralarning hisobotlarini olish, ba’zi sud va boshqa ishlarni hal etardi. Biroq, Davlat kengashining qarorlari maslahatchi organ sifatida hech qanday kuchga ega emasdi. Podsho ularni ma’qullashi yoki rad etishi mumkin edi.
Imperiyaning ikkinchi oliy boshqaruv organi - Ministrlar komiteti edi. U 1802 yilda barcha ministrlar va boshqa markaziy idoralarning rah-barlaridan iborat tarkibda tuzildi. U oliy ma’muriy muassasa sifatida davlat apparatining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirgan, qonunlarni sharh-lagan, bir necha idoralar manfaatlariga tegishli ishlarni ko‘rib hal qilgan.
Ministrlar komiteti ham podshoning maslahatchi organi hisoblangan. Uning asosiy qarorlari faqat podshoning tasdig’idan keyingina kuchga kirardi. Ministrlar komitetining raisi podshoning o‘ziga yoki uning top-shirig’i bilan a’zolaridan biriga yuklatilardi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling