O`rta asrlarda rossiya davlati va huquqi tarixi


Ijtimoiy tuzumdagi o`zgarishlar


Download 140.5 Kb.
bet9/17
Sana01.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1419674
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Qadimgi va o\'rta asrlarda Rossiya

Ijtimoiy tuzumdagi o`zgarishlar
u davrda tabaqalar yopiq, berk xarakter kasb eta boshladi. Ayniqsa past tabaqadagilarning yuqori taba-qaga kirishi deyarli mumkin bo‘lmay qoldi. Petr I dav-rida tabaqa tuzumida eng yirik islohotlar o‘tkazildi. Natijada butun aholi 4 tabaqa: shlyaxta (dvoryanlar), ruhoniylar, mesh-chanlar va dehqonlarga bo‘lindi Bular o‘lpon to‘laydiganlar va o‘lpon to‘lamaydiganlarga ajratilgan edi.

Shlyaxta (dvoryanlik)ning tashkil topishi. Samoderjaviyani tashkil etish kuchli sinfiy kurash sharoitida yuz beradi. Bu hukmron sinflarning birlashib ommaga qarshi kurashini talab qilardi. Lekin feodallar uncha birlashmagandi va turli guruhlarga bo‘linib ketgan (boyarlar, okolnichiy-lar, duma boyarlari va hakozo) hamda turlicha huquq va imtiyozlarga ega edi.
O‘rta va mayda feodallar yirik feodallar bilan huquqlarini tenglash-tirish uchun kurash olib borardilar. Dvoryanlar boyarlar singari chor huku-matidan yaxshi va mustahkam yerlarni, yuqori mansablarni olishni istar edilar. Bu hukmron sinflar ichidagi kurash ularni kuchsizlantirar va samo-derjavie uchun to‘g’ri kelmasdi. Bundan tashqari, boyarlar va okolnichiy-lar ichida islohotlarga qarshi kayfiyatdagi reaksion kishilar ham mavjud edi. Bular Petr I ning barcha feodallarni tenglashtirishga qaratilgan islohot-lar o‘tkazishga majbur qildi. Bu bilan u aristokratlar qarshiligini sindirib, o‘rta va mayda feodallarni o‘z tomoniga og’dirishni maqsad qilib oldi.
Petr I hukmron sinfni turli huquqlardan foydalanuvchi turli guruh-larga bo‘linishini tugatdi. Uning o‘rniga bitta tabaqa - shlyaxtani yoki dvo-ryanlikni tashkil etib, ularga bir xildagi huquq va majburiyatlar o‘rnatdi. Bu bilan u hukmron sinflarni jipslashtirdi, ichki sinfiy kurashni kuchsiz-lantirdi. XVIII asrning II yarmidan shlyaxtachilik degan nom dvoryanlik degan yangi nom bilan almashtirildi.
Bu davrda dvoryanlarning huquqiy holatini belgilovchi qonun hujjat-lari: 1714 yilgi «Yagona vorislik haqida»gi Farmon; 1722 yilgi «Rutbalar jadvali»; 1762 yilgi «Butun Rossiya dvoryanlariga erkinliklar berish haqi-da»gi Manifest; 1785 yilgi Yekaterina II ning dvoryanlarga in’om yorlig’i («Rossiya olijanob dvoryanlarining erkinliklari va imtiyozlari huquqi yorlig’i»)dan iborat edi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling