O`rta asrlarda rossiya davlati va huquqi tarixi


Download 140.5 Kb.
bet5/17
Sana01.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1419674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Qadimgi va o\'rta asrlarda Rossiya

Feodallar syezdlari ham xuddi ilgarigidek chaqirilib turardi. Ilgarigi saroy-votchina boshqaruvi o‘rniga asta-sekin yangi prikaz (mahkama) boshqaruvi vujudga keladi. Avvalo saroy-votchina boshqaruvi murak-kablashtirilib, saroy chinlari doimiy xizmatga aylantirildi. XV asrning II yarmidan mahkama tizimi kelib chiqa boshlab, XVI asrning II yarmida rasmiylashtirildi. Shu vaqtdan boshlab «prikaz» atamasi ham o‘rnatildi.
Birinchi mahkama katta saroy prikazi va xazina prikazi edi. Ot-ulov xizmati maxsus prikazga aylanib, faqat knyazlarning shaxsiy xizmatlarini emas, dvoryanlar otliq qo‘shinlarining rivojlanishiga ham xizmat qiladigan bo‘ldi. XVI asrning boshida Razryad prikazi tashkil topib, xizmatchi kishi-larni, ularning chinlari va mansablarini hisobga olish bilan shug’ullandi.
Rus davlati uyezdlarga bo‘linib, ular stanlarga, stanlar volostlarga bo‘lindi. Biroq xali bir xildagi ma’muriy-hududiy birlik to‘liq ishlab chi-qilmagandi. Ba’zi joylarda yerliklar (udellar) ham saqlanib qolgandi. Harbiy okruglar, gublar, sud okruglari ham saqlanib qoldi.
R
Huquq manbalari
us haqiqati huquqning asosiy manbai bo‘lib qo-laverdi. Odat huquqi ham harakatda edi. Markazlash-tirish maqsadida
ustav yorliqlari ham chiqarildi. Bu davrning eng muhim huquq yodgorligi 1497 yilgi Sudebnik (Qonun-noma) edi. U Rus davlatining yagona sud amaliyotini joriy qildi, yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soldi, mayda va o‘rta feodallar – dvoryan-lar va boyarlarning bolalarining maydonga chiqishini rasmiylashtirdi. Ayniqsa, u dehqonlarni yoppasiga krepostnoylashtirishni boshlab berdi. Chunki unda Yuriy kuni joriy qilingan edi.
Rus haqiqati, Pskov sud yorlig’i, Moskva knyazlarining keyingi qonunlari Sudebnikning manbalari edi. Qonunnomada asosan jinoyat va jinoiy-huquqiy normalar mustahkamlangandi. U Rus haqiqatini bir qancha yangi normalar bilan boyitdi. Lekin fuqarolik huquqi va ayniqsa majbu-riyat huquqi borasida uncha batafsil normalar belgilanmagandi. Shu sababli Rus haqiqatining ba’zi normalari Sudebnik bilan bir qatorda harakatda bo‘ldi.
B

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling