O`rta asrlarda rossiya davlati va huquqi tarixi


Download 140.5 Kb.
bet13/17
Sana01.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1419674
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Qadimgi va o\'rta asrlarda Rossiya

Podsho devonxonasi - oliy boshqaruvning uchinchi organi hisoblan-gan. U XVIII asr oxirida kelib chiqqan. Nikolay I podsholigi davrida uning roli juda oshib ketdi. Devonxona to‘rtta doimiy va vaqtinchalik bo‘lin-malarga bo‘lindi.
Birinchi bo‘linma podshoning shaxsiy topshiriqlarini bajarib, uning nomiga tushgan qog’ozlarni taqdim etar, ular bo‘yicha podsho qarorlarini e’lon qilar, chinovniklarning shaxsiy tarkibini yuritardi.
Ikkinchi bo‘linma qonunlarni kodifikatsiyasi bilan shug’ullanardi.
Uchinchi bo‘linma maxfiy politsiya va jandarmeriyaga rahbarlik qilardi. U katta ahamiyatga ega edi. Unda inqilobiy harakat bilan kura-shuvchi hamma vositalar mavjud edi.
To‘rttinchi bo‘linma muhtojlarga yordam beruvchi muassasalarni yuritardi.
Saroy va udellar ministrligi to‘rtinchi oliy boshqaruv organi bo‘lib, podsho va podsho xonadoni a’zolariga xizmat qilgan. Bo‘ysunuvchi bosh-qaruv organiga Senat, Sinod, hay’atlar, ministrliklar kirgan.
Senat XVIII asrning II yarmida oliy ma’muriy organdan oliy sud muassasasiga aylandi. XIX asrning boshida Senatni yana oliy ma’muriy muassasaga aylantirishga harakat qilindi. Shu munosabat bilan Senatga barcha oliy boshqaruv va sud organlari bo‘ysundirildi. Uning vakolatlari faqat podsho tomonidan cheklanardi. 1802 yilda ministrliklar tashkil etilishi bilan Senat ministrlar faoliyati ustidan nazorat qilish huquqini oldi. Tez orada Senat yana faqat oliy sud organi bo‘lib qoldi. Aleksandr I ning fikricha, Senatning cheklanmagan oliy ma’muriy hokimiyati imperator hokimiyatiga zid keladi.
Sinod XIX asrning birinchi yarmida uncha katta rol o‘ynamadi. 1802 yilda ministrliklar tuzildi. Hay’atlar asta-sekin tugatildi. Ishlar ular tomo-nidan kollegial hal qilingan bo‘lsa, ministrliklarda yakka ministr tomoni-dan hal qilinardi. Ministrlar katta vakolatlarga ega bo‘lib, bevosita pod-shoga bo‘ysunardilar6.
XIX asrning birinchi yarmida Yekaterina II tomonidan tashkil etilgan mahalliy boshqaruv organlari amalda edi. Finlandiya, Boltiq bo‘yi, Sibir, Peterburg va Moskvada mahalliy boshqaruv tepasida bosh-guber-natorlar turgan. Bosh-gubernatorlik tarkibiga bir necha gubernalar kirgan. Gubernatorlar ichki ishlar ministrligiga bo‘ysungan. Ba’zi gubernalarda fuqarolik gubernatorlari o‘rniga harbiy gubernatorlar tayinlandi. Ba’zan ham fuqarolik, ham harbiy gubernatorlar bo‘ldi.
Har bir guberna guberna boshqarmasiga ega edi. Uning tarkibiga rais sifatida gubernator, vitse-gubernator, maslahatchilar va asessorlar kirardi. Guberna boshqarmasi ishlarni kollegial yuritishi kerak edi. Lekin u faqat gubernator qoshidagi maslahatchi organ rolini o‘ynardi, xolos. Guberna boshqarmasi qoshida devonxona mavjud edi.
Gubernalarda mahalliy moliya boshqaruv organi to‘lovlar, soliqlarni boshqaruvchi guberna muassasasi - guberna xazina palatasi vujudga keldi. Gubernalarda chegaralarni belgilovchi idora, jamoat ta’minoti mahkamasi, tibbiy mahkama, rekrut komiteti mavjud edi.
Gubernalar uyezdlarga bo‘lingan. Uyezdlarning tepasida quyi zem-skiy sudlari turgan. Zemskiy sud saylanuvchi shaxslardan tashkil topgan. Zemskiy sud asosan politsiyachilik funksiyasini bajarardi. Uyezdlar volostlarga bo‘lingan. Volostlarda volost boshqarmalari bo‘lib, ular volost boshlig’i, oqsoqollari (maslahatchilari) va kotiblaridan iborat tarkibda edi. Shaharlar shahar hokimlari va cherkovlar mahkamasi tomonidan bosh-qarilardi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling