O’rta asrlarda Yevropa fani
Download 24.44 Kb.
|
O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII-IX asr Fan tarixida
- «Bayt-ul Xikma » Bog`dod
- Birinchidan - ular
- Nasaviy qo`lyozmasini Foster
- 1267 yilda Jaloliddin degan astronomning Xonbaliqqa
- Algebra (Al-Xorazmiy), trigonometriya (Abul Vafo, Nasriddin Tusiy), farmakologiya (Ibn Sino, Abu Bakr Roziy), mineralogiya (Al-Kindiy va Beruniy), geodeziya (Beruniy)
- X-XI asrlardan
- . O`rta asrlar
O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI Reja: 1. O`rta asrlarda Yevropada Fan taraqqiyoti. 2. Sxolastika-o`rta asrlar davri fanining o`ziga xos shakli. 3. Ilk universitetlarning tashkil etilishi. VIII-IX asr Fan tarixida buyuk burilishi asri bo`ldi. Adam Mets tomonidan «Musulmon Renessansi» deb atalgan bu hodisa tayin tarixiy shaxslar - siyosiy muhitning yaratilishi Xorun-ar Rashid va ayniqsa uning vorisi Al-Ma`mun nomi bilan, fandagi uyg`onish esa Muhammad ibn Muso, al-Xorazmiy kabi olimlar nomi bilan bog`liq. Birining homiyligida «Bayt-ul Xikma » Bog`dod akademiyasi tashkil etilgan bo`lsa , ikkinchisining rahbarligi va shaxsiy ilmiy jasorati tufayli fan yana taraqqiyot ko`chasiga chiqdi. Bu ko`cha borgan sari shoh ko`chaga aylandi. Alal oqibat-bugungi dunyo tamadduniga olib keldi. Yevropaliklar «Arab fani» yoki «Musulmon Sharqi fani» nomi bilan atashini rasm qilgan hodisada aslida barcha musulmon o`lkalarining vakillari ishtirok etgan, ayniqsa, Movaraunnaxr olimlarining hissasi ulkan. «Musulmon Renessansi» Al-Ma`mun akademiyasidan boshlanib Ulug`bek akademiyasi bilan tugaydigan yetti asrlik davrni qamraydi. Bu davr haqida gap ketar ekan, Sharq olimlarnining uch buyuk xizmatining qayd etish lozim. Birinchidan - ular Yunon Fani yutuqlarini yo`qolib ketishidan saqlab qoldi. Yunon olimlari asarlarning mutlaq ko`pchiligi faqat arabchaga tarjima orqali yoki ularning mazmuni Sharq olimlarining asarlarida yetib kelgan. Bir ibratli misol Arximedning «Lemalar kitobi»ni Sobit ibn Qurra (836—901 y) arabchaga o`giradi va sharhlaydi, oradan 100 yil o`tgach Al-Ko`hiy uni kengaytiradi, yana 50 yildan keyin an-Nasaviy qisqartiradi, nixoyat, 1659 yilda an-Nasaviy qo`lyozmasini Foster lotinchaga tarjima qilib Londonda chop ettiradi. Ikkinchidan, Musulmon olimlari yunon, hind, eron, xorazm, bobil, Misr va boshqa hududlarda jamlangan bilimlarni sintez qiladi-saraladi. Bu mintaqalar qatoriga muayyan darajada Xitoyni ham qo`shsa bo`ladi. Garchi Xitoy fanining yutuqlari (mas, matem. oid «o`n kitob») Yaqin va O`rta Sharqda ma`lum bo`lgani haqida tayin tarixiy ma`lumotlar topilmagan bo`lsa ham bilvosita dalillar farazimizga asos beradi. Mas, 1267 yilda Jaloliddin degan astronomning Xonbaliqqa taklif qilingani, Marog`a rasadxonasida esa Fao Munchi ismli olim ishlagani ma`lum. Yoki Fan taraqqiyotida beqiyos o`rin tutgan qog`oz ishlab chiqarishni olaylik. U aynan Xitoydan Markaziy Osiyo orqali Yaqin Sharqqa , undan so`ng Yevropaga tarqalgan. O`rta asr Sharq olimlarning uchinchi buyuk xizmati - fan yuksalishini navbatdagi bosqichga ko`tarish, jumladan, Yangi Fan sohalariga asos solishdan iborat. Algebra (Al-Xorazmiy), trigonometriya (Abul Vafo, Nasriddin Tusiy), farmakologiya (Ibn Sino, Abu Bakr Roziy), mineralogiya (Al-Kindiy va Beruniy), geodeziya (Beruniy) shular jumlasidandir. Bu o`rinda falsafa va boshqa gumanitar fanlar borasida to`xtab o`tishga hojat yo`q. Lekin tabiiy fanlar sohasidagi ayrim faktlar bag`oyat diqqatga sazovor. Yaqin-yaqingacha Sharq olimlari asosan nazariy mushohada va passiv (mas, astronomik) kuzatuvlar bilan shug`ullangan, faol (tayin maqsadga yo`naltirilgan) tajriba asosida fanni rivojlantirish XVI asrdan Yevropada boshlangan, degan g`oya – yevropatsentrizm hukmron edi. Lekin tarixiy dalillar bu da`voni rad etdi va aksincha, faol tajriba g`oyasini ham Yevropa Sharqdan o`zlashtirganini isbotladi. Bir qator olimlar o`rta asrlar islom dunyosini fanda- fizikaning mexanika, optika sohalarida hamda kimyoda tajriba vositasida muhim natijalariga erishganini qayd qiladi. X-XI asrlardan boshlab «musulmon fani» yutuqlari Yevropada tarqala boshladi. Bunda savdogarlar va sayyohlardan tashqari atay ilm istab yo`lga tushganlarning xizmati katta. Mas, afrikalik Konstantin (1087 y.vaf.et.), batlik Adelard, kremonalik Gerardro (XII asr) kitoblarni arab tilidan lotinchaga tarjima qilishni, «Magistr A» taxallusli olim (XII asr), pizalik Leonarda (1180-1240 y.) esa qayta ishlab yozishni boshlagan. O`rta asrlar degan ibora Uygonish davrida kelib chiqqan bo`lib, ikki buyuk madaniyat , yorqin hayot antik davri va uyg`onish davrining oralig`i mudxish qoloqlik, diniy jaholat hukmron bo`lgan davr deb hisoblangan. O`rta asrlar ham o`z navbatida ilk va yetuk davrlarga bo`lingan. XIII-XIV asrlarda Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy taraqqiyoti chetdan bu o`rinda Sharqdan bo`lgan ta`sirini o`zlashtirish darajasiga ko`tarilgan edi. Yevropa Sharqdan ilm, falsafa, ayniqsa Aristotel ta`limotini o`zlashtiribgina qo`ymay Sharq xalqlarining ming yillik madaniyati tanishib, uni o`zlashtirib boshlaydi. Download 24.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling