O’rta asrlarda Yevropa fani


XII asrning o`rtalarida Angliya va Frantsiya


Download 24.44 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi24.44 Kb.
#1388624
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI

XII asrning o`rtalarida Angliya va Frantsiya qirollari o`zaro nizolashib qoladi va angliyalik talabalar Parij universitetida o`zlariga yomon munosabatda bo`lmoqdalar, deb hisoblab, 1168 yilda Angliyaning Oksford shahriga ko`chib ketadilar. Mashhur Oksford universiteti ko`p jihatdan shu tufayli vujudga kelgan. Kembridj universiteti esa talabalarning g`alayoni va ularning 1209 yilda Oksforddan Kembridjga ketishlari tufayli vujudga kelgan.
«Universitet» («universitas») so`zi talabalar va o`quvchilarning uyushmasi gildiya ma`nosini anglatgan. Ular Janubiy YEvropadagi universitetlar namunasida tashkil qilinib, shaharliklar haqoratidan yoki o`qituvchilar hujumidan himoya qilish maqsadida tuzilgandi.
Universitetlar qirol yoki hokimlardan yer, o`qish va yotoqxonalarga mo`ljallangan binolar uchun joy, turli imtiyoz va majburiyatlar olganlar. Agar Bolonya universiteti huquqni tadqiq qilishda mashhur bo`lsa, Salerno universiteti tibbiyot sohasidagi tadqiqotlar bilan mashhur bo`lib, Shimoliy YEvropadagi universitetlar namunasida tashkil qilingan. U yerda asosan o`qituvchilar uyushmasi (gildiyasi) bo`lgan. Har bir universitetda odatda to`rtta fakultet bo`lgan. U yerda asosan gumanitar fanlar o`qitilgan. Ilohiyot, huquq va tibbiyotga oid fanlar esa yuqori kurs talabalariga o`qitilgan. Gumanitar fanning oddiy dasturi bo`yicha talab trivium (grammatika, ritorika, mantiq)ni o`rgangan. Buning uchun unga bakalavr unvoni berilgan. Keyinchalik u kvadrivium (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqalar)ni o`qib, magistr unvonini olgan. Bunday unvon olmasdan o`qituvchilik qilishi mumkin bo`lmagan. Boshqa fakultetlarda o`qishni davom ettirib, huquqshunoslik, ilohiyot, tibbiyot fanlari bo`yicha doktorlik unvonini olishi mumkin bo`lgan.
O`rta asr universitetlariga 14 yoshdan kirish mumkin bo`lgan bo`lsada, u yerda asosan 16—18 yoshdagilar tahsil olgan. Talabalar cherkov xodimlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanganlar. Imtihonlar og`zaki tarzda bo`lib, turli savol-javobni o`z ichiga olgan. Imtihon paytida talaba, o`qituvchilar va talabalar oldida o`z nuqti nazarini himoya qilishi mumkin bo`lgan. O`qish lotin tilida olib borilgan. Darsliklar asosan o`qituvchilarning o`zlaridagina mavjud bo`lganligi uchun talabalar darslarni yod olganlar. Shuning uchun o`sha vaqtda yaxshi xotira va mantiqdan foydalanish mumkin edi. O`qitish jarayoni muhokama qilish va ma`ruzalar shaklida olib borilardi. O`sha davrdagi universitetlar fan va iqtisod sohasidagi mutaxassislarni emas, balki cherkovning ma`naviy ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan xizmatchilarni tayyorlardilar.

Download 24.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling