O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari


Download 1.19 Mb.
bet10/47
Sana17.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1543851
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
Баликчилик асослари

Chipor do‘ngpcshanali baliq (Hypophthalmichthys nobilis).
Chipor do‘ngpeshanali baliq oq do‘ngpeshanani eslatadi. Biroq ulpor do‘ngpeshananing kallasi birmuncha kattaroq, ta­nasi kaltaroq va rangi esa olachipor bo‘ladi.
Oyquloqlari va changchilari ham rivojlangan bo‘lib, filtr- lovchi apparatni hosil qiladi. Lekin elak shaklida qo‘shilib ket- maydi. Qorinchasidagi qili qorin suzgichlarining asosida joylash- gan. Oq do‘ngpeshanali baliqlarga nisbatan fe’l-atvoridan farq qiladi. Shovqin-suron hamda har xil ovoz chiqarilganda suvdan balandlikka sakramaydi. Bu baliqlarning vazni katta, tez o‘sadi.


9-rasm.
Chipor do‘ngpeshanali baliq.

Urg‘ochilari 4—5 yoshida, og‘irligi 3,5—4,5 kg ga yetganda ta- nasining uzunligi 55—65 sm keladi. Bunga dum uzunligi kir- maydi. Shu vaqtda jinsiy voyaga yetadi. Serpusht bo‘ladi, tabiiy hovuzlarda 5 mln gacha, sun’iy hovuzlarda 1 mln dan ko‘proq. Me’yoriy mahsuldorligi 500 ming uvuldiriqqa teng.


Dastlabki 2—3 hafta mobaynida mayda zooplankton orga- nizmlar (kolovratkalar), mayda qisqichbaqalar va boshqa o‘simliklar bilan oziqlanishga o‘tadi. To‘da-to‘da bo‘lib suzadi, bir hovuzdagi baliqlarning aksariyati bir xil kattalikda bo‘ladi. 2 yoshidan boshlab oq do‘ngpeshanaliga nisbatan tezroq o‘sadi.
Keyingi yillarda oq do‘ngpeshanalining ko‘paytirilishi bilan baliqchilarning chipor do‘ngpeshanaga bo‘lgan e’tibori pasaydi. Suvda yashaydiganlar ichida baliqlarning o‘ziga xos qator bog‘liqliklari mavjud bo‘lganligi uchun ularga qulayliklar ishlab chiqariladi.
Eng asosiy ajralib turadigan belgilardan biri uning jabralari hisoblanadi. Suvda erigan holdagi kislorodni jabralari orqali harakatlanishga ishlatadi, terisidagi juda ko‘p bezlarning mav- judligi sababli, ular o‘zidan shilimshiq moddalarni ajratadi, na- tijada bular baliqlarning suvda mashq qilishida organizmning zaiflashib ketishidan saqlaydi. Baliqlar tanasining shakli ortiq darajada bir-biridan farqlanadi.
Oq amur (Ctenopharyngodon idella)
Vatani Amur va boshqa Uzoq Sharq daryolari hisoblanadi. Iliq suvni sevadi. Yirik, tez o‘sadigan, tanasi torpedasimon, tan- gachalari yirik, daryolarda o‘sadiganlari 1 m 22 sm, tirik vazni 32 kg, tabiiy hovuzlarda uzunligi 1 m, og‘irligi 30 kg va undan ham ko‘proq bo‘ladi.
Jinsiy yetilishi Rossiyaning janubiy viloyatlarida 3—4 yoshida, Krasnodar o‘lkasida 4—5 yoshida, Moskva viloyatida esa 7—8 yoshida ro‘y beradi. Serpushtligi 2 mln. Ko‘pincha 100000—800000 gacha uvuldiriq beradi, baliqlar uvuldiriqni aprel, avgust oylarida daryo o‘zaniga tashlaydi. Baliq urug‘i yopishqoq bo‘lmaydi.
O‘zbekiston sharoitida urg‘ochilari 4—5 yoshida uzunligi 55— 65 sm (dumini hisobga olmasdan) va og‘irligi 3,5—4 kg bo‘- ladi, erkaklari 1 yil ertaroq yetiladi. Odatda, nasl beruvchilardan 5 yoshdan oshganda foydalaniladi. Tabiiy hovuzlarda 1 mln ta- dan ko‘p bo‘ladi. Me’yoriy serpushtligi 500000 uvuldiriqqa teng.
Lichinkalari oldingi 2 hafta mobaynida mayda zooplankton- lar, eng oldin kolovratkalar bilan, so‘ngra shoxli qisqichba- qalarning naupliyalari bilan, keyin esa shu qisqichbaqalarning katta organizmlari va planktonning boshqa organizmi bilan oziqlanadi.
Oq amur baliqlari, asosan, yuqori o‘simliklar bilan oziqlanadi. Hovuzlarda polikultura sharoitidagi katta zichlikda o‘stirishda yoki o‘simlik oziqasining tanqisligida hovuzga solinadigan omixta yemdan ham iste’mol qilishi mumkin.
Respublikamizda tovar oq amur baliqlarining 2 yillikdagi vazni 500—1000 g ni tashkil etadi. 2 yoshga yetganda kunlik oziqa talab qilinishi me’yor ratsioni tirik vaznining 40 % ini tashkil etadi. Harorat 11—12 °C bo‘lganda oziqlanishni to‘xtatadi.



Respublikamizda oq amurga bozorda ehtiyoj katta. Oq amur- ning salohiyatidan tegishlicha foydalanilmoqda. Hanuzgacha oziqlantirish texnologiyasining mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli katta hovuzlarda oq amurni yagona me’yor asosida oziqlantirish resepti yo‘q.


Kichik hovuzlarda yetishtirilsa, kelajakda hovuz baliqchiligi- ning asosiy obyektiga aylantirilishi mumkin. O‘zbekiston olimlari va mutaxassislari oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri O‘zbekiston sharoitida yetishtiriladigan o‘simliklar bilan oziqlantirish usul- larini ishlab chiqarishdan ibora.
Oq amur yaxshi meliorator hisoblanadi. Ular zovurlardagi o‘tlarni iste’mol qiladi. O‘simliklarning qoldiqlari bilan iflos- lanishdan saqlashga yordam beradi.
Oq amur yuqori o‘simliklar bilan oziqlanadi, hovuzlarda uni tezda iste’mol qiladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun hovuz- larga o‘rilgan o‘tlarni solish talab etiladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling