O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari


Download 1.19 Mb.
bet12/47
Sana17.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1543851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
Баликчилик асослари

13-rasm. Zarafshon oq chebagi.

Yevropa va Shimoliy Osiyoda tarqalgan. O‘rta Osiyoda Orol dengizida, Sirdaryo va Amudaryoda oz miqdorda uchraydi. Orqasi ko‘kimtir-kulrang va mayda xolli, yon tomonlari sarg‘ish, qorni oqishroq, suzgichlarida qora xollari bor. Umuman, bu baliqning rangi yashaydigan yeriga bog‘liq. 15 santimetr, Sibirda ba’zan kattaroqlari ham uchraydi.
Toshbosh tungi baliq, suv ostida, kislorod ko‘p bo‘lgan yer- larda gala bo‘lib yashaydi. Sekin o‘sadi, lekin xo‘ra. Suv ostidagi turli jonivorlar va uvuldiriqlar bilan, lichinkasi esa zooplankton- lar bilan oziqlanadi. Suv toshadigan joylarda aprel-iyun oylarida 150 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. Lichinkasi tuxumdan suv- ning haroratiga qarab, 6—14 kunlarda chiqadi. Uvuldirig‘i ko‘pligi va lichinkasi barvaqt voyaga yetishi tufayli ancha tez ko‘payadi.
O‘rta Osiyoda toshboshning xo‘jalik ahamiyati yo‘q, lekin mo‘l bo‘lgan yerlarida ko‘plab ovlanadi. O‘tkir va qattiq tikanlari ko‘p- ligidan uni ehtiyotlik bilan ushlash kerak.
Oq qayroq (Aspius aspius) — sheresper, govshum; karp- namolar turkumining kenja turi, karpsimonlar oilasiga mansub. Yevropada Shimoliy, Boltiq, Qora dengiz havzalarida, Osiyoda Kaspiy dengizida, shuningdek, O‘rta Osiyoda Orol dengizida, Amudaryo, Sirdaryo, Chu va Sarisuv daryolarida, yirik suv omborlarida tarqalgan. Bo‘yi 80 santimetrcha, og‘irligi taxmi- nan 5 kilogramm. Boshi yassi, suzgichlari va labi qizil. Usti kul- rang-ko‘kimtir, yonlari kumushrang, qorni oq.
Yirtqich va og‘zi katta bo‘lsa ham jag‘ida tishlari yo‘q, lekin oxirgi jabra yoyida uzun va o‘tkir halqum tishlari bor. O‘ljasini



ana shu halqum tishlari bilan g‘ajiydi. Chavoqlari bezgak chi- vini lichinkalari bilan, kattaroq bo‘lgandan keyin baliq bilan oziqlanadi. Oq qayroqning o‘lja tutishi juda ajoyib — u mayda baliqlar galasiga o‘qdek otilib kirib oladi va ularni dumi bilan urib karaxt qilib, keyin tutib yeydi. Bundan tashqari, turli hasharot- lar, qisqichbaqalar, molluskalar, suvga tushgan ninachi va chi- girtka kabi katta hasharotlarni ham yeyaveradi.


Dengizda va chuchuk suvda yashaydigan o‘tkinchi baliq. Orol dengizida yashaydiganlari 3—4 yoshida voyaga yetadi, urchish uchun avval daryo mansabida 2—3 oy yashab, kuzda daryoga o‘tadi. Urg‘ochisi erta bahorda yarim metrdan 7 metrgacha chuqurlikka, suvi tez oqadigan va tagi qattiq yerlarga, shuning- dek, suvga cho‘kkan daraxt shoxlari va ildizlar ostiga 370 ming- tacha uvuldiriq tashlaydi. Serpushtligi baliqning yoshiga bog‘liq. Urchishdan so‘ng urg‘ochi va erkaklari dengizga qaytib, u yerda kelgusi yilgacha hayot kechiradi.
Chavoqlari suv haroratiga qarab, ikki haftada tuxumdan chiqadi, so‘ngra oqim bilan dengizga ketadi. Bir yoshga to‘lguncha sohildagi suvo‘tlar orasida yashab, so‘ngra ochiq dengizga yo‘l oladi. Bu yerda voyaga yetguncha, ya’ni 3—4 yil hayot kechiradi. Chu daryosining Sirdaryodan uzilib va shu tufayli Orol dengizi- dan ajralib qolishi natijasida bu daryoda oq qayroqning hayot tarzi o‘zgarib, u o‘troq yashaydigan baliqqa aylangan.
Oq qayroqning Kaspiy dengizida tarqalgan qizillab oq marka yoki xasham, Orol dengizida yashovchi Orol oq markasi kabi bir necha kenja turlari bor. Bularning hammasi ovlanadigan ba­liqlar, lekin xo‘jalik ahamiyati katta emas. Masalan, Orol oq markasi Orol dengizi havzasida ovlanadigan baliqlarning 11— 12 foizini tashkil etadi, xolos.
Kumush tovonbaliq (Carassius auratus) — karpsimonlar oilasining bir turi. Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. O‘rta Osiyoda avval faqat Sirdaryo mansabida ko‘plab uchragan, hozir O‘zbekistonning ko‘l, suv ombori, hovuz-baliqchilik xo‘jaliklari kabi havzalarida ko‘payib ketgan. Bu baliq joy tanlamaydi, har qanday sharoitga ko‘nikib ketaveradi. Uni tagi toshloq va suvi tez



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling