O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari
Download 1.19 Mb.
|
Баликчилик асослари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baliqlarga beriladigan qo‘shimcha oziqa miqdorlari
26-rasm. Suv o‘simliklari.
27-rasm. Bakteriyalar va mikroskopik suv o‘tlari. 80 zarur. Lekin akvakulturaning oziqaga bo‘lgan talabi boshqa yetishtiriladigan jonzotlarga qaraganda ancha farq qiladi, shu- ning uchun ham turli xil baliqlarning oziqasiga bo‘lgan talablar ham xilma-xildir. Proteinlar — tirik materiyaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, baliq tanasidagi organik moddasining katta qismini tashkil etadi. Proteinlar baliq organlari va to‘qimalarining o‘sishidagi eng muhim 28-rasm. Qisqichbaqasimonlar. 29-rasm. Turli hasharotlar. 30-rasm. Turli hasharotlar. materialdir. Ular hayot siklining barcha bosqichlarida juda ke- rakli. Proteinlar fermentlar va gormonlar manbayi sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Baliqlarning proteinlarga bo‘lgan ehtiyoji boshqa qishloq xo‘jaligi hayvonlariga qaraganda ancha yuqori. Zog‘orabaliqlarga beriladigan protein miqdori 30—38 foizni, mayda baliqlarga esa 50 foizgachani tashkil qilishi kerak. Yog‘lar — energiyaning asosiy manbayi bo‘lib, baliqlar or- ganizmida bir qator fiziologik jarayonlarning kechishida ishtirok 31-rasm. Tabiiy oziqa kompleksi. etadi. Oziqada yog‘larning yetishmasligi baliqlar o‘sishining pa- sayishiga, fiziologik funksiyalarning buzilishiga, jigarning bu- zilishiga, mushak tuzilishi va buyrakda patologik o‘zgarishlarga hamda nobud bo‘lishiga olib keladi. Uglevodlar — baliqlaming o‘sishi uchun ancha arzon va qulay manba hisoblanadi. Mineral moddalar — turli fiziologik jarayonlar kechishini ta’minlaydi. Baliqlar organizmiga kalsiy, fosfor, magniy, kaliy, oltingugurt, xlor, temir, yod, mis, marganes, kobalt, qo‘rg‘o- shin, molibden, selen, xrom kabi moddalar kerak. Bu modda- larning katta qismini baliqlar nafaqat oziqa bilan, balki oyqu- loqlari, og‘iz bo‘shlig‘ining pardalari va teri orqali suvdan oladi. Vitaminlar — turli xil strukturali organik moddalar bo‘lib, to‘qimalar hujayralaridagi kimyoviy reaksiyalar kechishida bioka- talizator rolini bajaradi. Ular jumlasiga Ap, Bp, B2, B3, B6, B12, Bc, C, E, H, K vitaminlar kiradi. Baliqlar tanasida oqsillar kam miqdorda biosintez bo‘ladi va u hayot uchun yetarli emas. Shuning uchun baliqlar vitaminlarning asosiy qismini oziqa bilan oladi. Karp baliqlarida oshqozon mavjud emas. Shu sababli ular oziqalarni kichik porsiyalar bilan qabul qiladi. Oziqlantirishda oziqa tarkibida bo‘lishi lozim bo‘lgan, kelib chiqishi organik va noorganik oziqa moddalar guruhlarining har biri ahamiyatlidir. Baliqlarni boqishda qanday oziqa mahsulotlaridan foy- dalaniladi? Yem o‘z tarkibidagi oziqa moddalarning yig‘indi- siga qarab oddiy va kompleks bo‘ladi. Osiyoning agrar mamla- katlarida, odatda, turli xil kepaklar (guruchli, o‘tli) aralashmalar- dan va kunjaralardan (xantal, yeryong‘oq, jo‘xori, zig‘ir) og‘irligi bo‘yicha 1:1 nisbatda foydalaniladi. Oq amurni oziqlantirish uchun turli xil o‘simliklar — beda, jo‘xori poyasi va boshqalardan foydalaniladi. Ratsional oziqlantirish uchun o‘simliklarni kesib, maydalab, yanchish va shu holda hovuzga solish kerak. Ba’zida baliqlarni oziqlantirishda umumiy ovqatlanish tar- moqlarining qoldiqlaridan, pivo va vino ishlab chiqarish kor- xonalarining chiqitlaridan ham foydalaniladi. Baliqlar uchun muvozanatlashtirilgan omuxta yemlarni tay- yorlash nisbatan rivojlangan va arzon texnologiya hisoblanadi. Bunday yemlarni tayyorlashda mahalliy oziqa mahsulotlaridan ham foydalaniladi. Ularga vitamin komplekslari (premikslar) va kerakli minerallarni qo‘shish katta samara beradi. Oziqalar kelib chiqishi jihatdan ikkita katta guruhga — o‘simlik va chorva oziqalariga bo‘linadi. Karp baliqlarini oziqlantirishda chigit, jo‘xori, yeryong‘oq, xantal, zig‘ir, soya va boshqa o‘simlik urug‘larining kunjara va shrotlaridan keng foydalaniladi. Ulardagi proteinlar miqdori 30—40 foizni, yog‘lar 7—8 foizni va uglevodlar 30—40 foizni tashkil qiladi. Guruch, bug‘doy va boshqa boshoqli don o‘simliklari unlari uglevodlarga juda boy bo‘lib, karp baliqlarini oziqlantirishda ko‘pincha kunjaralar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Shuningdek, oziqa sifatida uglevodlarga boy bug‘doy va boshqa boshoqli donlar unidan foydalaniladi. Ayniqsa, soya uni juda yaxshi oziqa hisoblanadi. Guruch, bug‘doy, jo‘xori oqshog‘i, nisbatan qimmat bo‘lsa- da, juda sifatli oziqa sanaladi. Oziqa tarkibi, asosan, chorva oziqalaridan iborat bo‘ladi. Bunda baliq asosiy rol o‘ynaydi. 33-rasm. Baliqlarning o‘simlik va bakteriyalar bilan oziqlanishi. Ushbu oziqalar baliq turlariga qarab omuxta yem ishlab chi- qaruvchi zavodlar tomonidan baliq yoshiga qarab granulalangan holida ishlab chiqariladi. Oziqalar: yaxshi oziqaviy xususiyatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni tar- kibida protein va uglevodlar ko‘p bo‘lib, tolali birikmalar kam- roq bo‘lishi kerak; juda ham arzon bo‘lishi zarur. Qo‘shimcha oziqa sifatida turli xil manba va mahsulotlardan foydalanish mumkin: o‘simliklar: yashil qismlari, barglari, mevalari, dukkakli o‘tloqzor o‘simliklarning donlari (urug‘lari), changalzor, daraxt- lar, jumladan, meva hamda sabzavotlardan; suv o‘tlari: suvli giatsint, ryaska, pistiya va boshqalar; mayda tuproq umurtqasiz hayvonlar: tuproq chuvalchang- lari, hasharotlar, molluskalar; suv hayvonlari: qurtlar, yovvoyi baliqlar, golovastiklar. Qo‘shimcha oziqa uchun ishlatiladigan materiallar: yer usti o‘simliklari: yashil qismi, mevasi, bargi, duk- kaklilar urug‘i va boshqalar. Qo‘shimcha oziqalar baliqlarga ikki xil shaklda yetkazib beriladi: Quruq oziqa: bularga boshoqli o‘simliklar doni, kunjara va boshqalar kirib, ularni saqlash va transportirovka qilish qu- layroqdir. Ho‘l oziqalarga: hayvonlar qoni va boshqa chiqindilari, pivo zavodi chiqindilari va boshqalar kiradi. Bu oziqalarni baliq- larga berishdan oldin maxsus qayta ishlash talab etiladi. Baliqlarga beriladigan qo‘shimcha oziqa miqdorlari Yaxshi, qoniqarli natija olish uchun har bir suv havzasiga qancha qo‘shimcha oziqa kirilishi kerakligini aniqlash unchalik oson ish emas. Chunki bunda quyidagi muammolar bor: oziqlantirish yetarli bo‘lmaganida — suv havzasidan juda ham kam mahsulot olinadi; oziqlantirish ko‘payib ketganda — baliqning tannarxi oshib, suvning sifati yomonlashadi. Suv havzalaridan qo‘shimcha oziqa kiritilmasdan, taxminan qancha baliq olish mumkinligi quyidagi jadvalda keltirilgan. Agarda ko‘proq mahsulot olmoqchi bo‘lsangiz, unda suv havza- siga qo‘shimcha ravishda oziqa kiritilish lozim. 3-jadval
Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling