O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
ORTIQ, КО‘Р, KAM, TENG
Narsalarning teng yoki teng emasligini, qaysi narsalar ko‘p (kam) ekanligini bilish uchun bir narsa ustiga ikkinchisini yoki bir narsa yoniga ikkinchisini qo‘yish, ularni juftlash kerak, deb doimo ta'kidlab turiladi. Bolalar narsalarni o‘ng qo‘l bilan olishga, ularni chapdan o‘ngga tomon harakatlanib bir qator qilib terishga, narsani narsa bilan aniq taqqoslashga, ular orasidagi masofani qat’iy hisobga olishga o‘rgatiladi. — ,,Ortiq“, „kam“, ,,teng“ nisbatlari predmetlarni bir-biriga taqqoslab aniqlanadi. „Pedagog (tarbiyachi) bolalarga birma-bir savollar berib, ularni qaysi narsalar ko‘p va qaysilari kam ekanligini ko‘rsatishga, har ikkala guruhdagilar nomini aytishga, taxminan quyidagicha javob berishga undaydi: „Qizil rang doirachalar havo rang doirachalarga qaraganda ko‘p“, „ Havo rang doirachalar qizil rang doirachalarga nisbatan kam“, „Havo rang doirachalar qancha bo‘lsa, qizil doirachalar ham shuncha“. Birida ikkinchisidagiga qaraganda bitta ortiq narsa bo‘lgan yig‘indilar birinchi marta taqqoslanayotganda, ular tengmi va qaysilari ko‘p, degan savollarga kichkintoylarning ko‘pchiligi „ular teng“ deb javob beradi. Bunga sabab shuki, oldingi mashg‘ulotlarda miqdor jihatidan teng narsalar yig‘indilarigina taqqoslanilgan edi; ilgari o‘zlashtirilgan tasawurlar yangi vaziyatni idrok etishga ta’sir ko‘rsatadi. U juftlab qo‘yilgan narsalarni navbatma-navbat (qo‘li bilan) ko‘rsatadi, ortiqcha narsa ustida to‘xtalib tushuntiradi: „Bitta quyoncha ortiqcha, demak ular olmaxonchalarga qaraganda ko‘p. Bitta olmaxoncha yetishmaydi, demak ular quyonchalarga qaraganda kam“. Kichkintoylarga ortiqcha narsa qayerdaligini yoki qayerda bitta narsa yetishmasligini ko‘rsatib berish taklif qilinadi. Bolalar narsalarning rangi, shakli yoki hajmiga qarab taqqoslay- dilar va guruhlarga ajratadilar, turli guruhlardagi narsalar sonini solishtirib ko'radilar, Ular yig‘indidagi hamma narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni ham, undagi narsalarning faqat bir qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni ham aytib beradilar. Guruhni qismlarga ajratib, bolalar ular o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlarni bilib oladilar. „ Doirachalar ko‘p, katta doirachalar ham, kichik doiralar ham bor. Katta doirachalar kam, kichkinalari esa ko‘p“. Tarbiyachi ayni bir xil narsalar o‘rtasidagi miqdor nisbatlarni muntazam ravishda o‘zgartirib turadi .Masalan, havo rang kvadratlar qancha bo‘lsa, qizil rang kvadratlar shuncha bo‘lishi ham mumkin. Oldingi ikki mashg‘ulotda bolalar narsalarning faqat sifat belgilarini aytadilar. („Havo rang kubiklar ko‘p, sariq rang kubiklar esa kam“). Kichkintoylar yuqorida va pastda joylashgan katta, kichik har xil turdagi narsalarning ko‘p, kam va teng boNishi mumkinligini ko‘radilar. Ular shu asosda miqdor narsalarning joylashuviga, hajmiga va boshqa xususiyatlariga bog‘liq emasligini keyinchalik tushunib oladilar. Bolalarga narsalar o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlarning o‘zgarishini kuzatib borishgina emas, balki shunday o'zgarishlarni amalga oshirish ham o‘rgatiladi: „Hammaga o‘yinchoqlar yetadimi?, Yana nechta o‘yinchoq olib kelish kerak?“, „Bitta“, „Shunday qilginki, kurakchalar chelakchalarga qaraganda ko‘p (kam, qancha bo‘lsa shuncha) bo‘lsin“ va hokazo. Bolalar o‘zlashtirib olgan usullarni tatbiq qila olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bunga quyidagi o‘yin mashqlari imkon beradi: bolalar muayyan miqdordagi bir xil narsalar (qo‘g‘irchoqlarga, ayiqchalarjga o‘shancha boshqa narsalar (likopchalar, piyolachalar, qoshiqchalar va boshqalar)ni tanlaydilar. Mashg‘ulotdan tashqari vaqtda kichkintoylarga quyidagi tipdagi topshiriqlarni berish foydali: „Stol atrofidao‘tirgan bolalar qancha bo‘lsa, shuncha qoshiq olib кеГ, „Hamma bolalar uchun qalam olib kel va ularning har biriga bittadan qalam ber“, „Bolalaiga qalamlar yetdimi?“, „Sen qancha qalam olib kelding?“ („Stol atrofida nechta bola bo‘lsa, shuncha“.) Agar bola yanglishgan bo'lsa, unga yetmagan narsani qo‘shish yoki ortiqchasini olib qo‘yish taklif qilinadi. Sanashni bilmaganligi sababli, kichkintoylar faqat hissiy idrok asosida ko‘p har xil tovushlar chiqaradilar: chapak chaladilar yoki qo‘llarini ko‘taradilar, yoki tarbiyachi bolg‘acha bilan necha marta taqillatgan bo‘lsa, shuncha marta taqillatadilar. Tarbiyachi awal bir marta taqillatadi, bolalar topshiriq ma'nosini tushunib oladilar, shundan keyin ulardan I tadan 3 tagacha taqillatish talab qilinadi. Pedagog (tarbiyachi) bir zaylda, bir tovushni ikkinchisidan aniq ajratib taqillatadi. Agar bolalar ayrim tovushlarni hosil qilishga qiynalayotgan bo‘lsalar, pedagog: „Bitta, yana bitta“, deb turib, ayrim tovushlarni o‘zi hosil qiladi. 0123456789 10
3 ,7 7.. *’ ■ * • . л X : . . '• IVBOB Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling