O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


ta narsaning o‘lchami o‘rtasidagi munosabatni aniqlashga o‘rgatish


Download 2.5 Mb.
bet19/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

5 ta narsaning o‘lchami o‘rtasidagi munosabatni aniqlashga o‘rgatish. Bolalar 2 ta narsaning o'lchami (uzunligi, kengligi, balandligi)ni taqqoslashni o‘rganib olganlaridan so‘ng 3-5 ta nar­saning o‘lchami o‘rtasidagi munosabatni aniqlashni mashq qilishga o‘tadilar. Bolalar narsalarning uzunligi, kengligi, balandligi, qalinligi va nihoyat, umuman hajmi ortib yoki kamayib borishiga qarab bir qatorga terishni o‘rganadilar. Taqqoslanayotgan ikkala narsaning o‘lchami (uzunligi, kengligi va hokazolar) orasidagi tafovut oldin 5-6 sm bo‘lgan bo‘lsa, keyin asta-sekin 2 sm. ga tushib qoladi.

Awal bolalar tartibga keltirilgan qator namunasiga qarab 3 ta narsani teradilar. Keyinchalik esa ular qoidaga muvofiq harakat qilishni o‘rganadilar. Bolalar, masalan, qolgan narsalarning har gal eng uzunini tanlab olib, narsalarning eng uzunidan boshlab tartib bilan qator qilib terib borish mumkinligini bilib oladilar. Eng uzun (yoki qisqa) deb tanlab olingan narsa uning oldidagi qatorga joylashtirilgan narsadan kaltaroq (uzunroq) bo‘lib chiqqanligiga doim bolalar e'tibori jalb etiladi. Bolalar har bir narsani uning bevosita oldida va orqasida turgan narsalar bilan juftlab taqqoslab ko‘rishlari kerak. Shu asosda ular narsalarning o‘lchamiga beriladigan baho nisbiy xarakterga ega ekanligini tushunib olishni o‘rganadilar.
Pedagog bolalarga narsalarning оЧскатктпги ularning „joy- lashish tartibiga qarab“ aytishni, ular ongida qator yo‘nalishining 72
aniqligini belgilagandek (navbatdagi har bir narsa oldingisidan katta yoki kichkina) bo‘lib, „zinacha bo‘ylab yuqoriga va pastga qadam tashlash“ni taklif qiladi.
Bolalar turli uzunlikdagi doskalar va boshqa narsalarni terib qo‘yayotganlarida ularning chap tomondagi chetlarini tekislaydilar, turli kenglikdagi narsalarni terib qo‘yayotganda esa ularni bitta to‘g‘ri chiziq ustiga joylashtirish maqsadida yuqori yoki pastki chetlarini tekislaydilar (joylashtiradilar). Ba'zi bolalar narsaning bir tomondagi chetlarini tekislashda qiynaladilar. Ularga, masalan, chap cheti bo‘ylab vertikal chiziq o‘tkazilgan qog‘oz varaqlarini berish (doskalarni uzunasiga qarab taqqoslashda) maqsadga muvofiqdir; ular mana shu varaqlar yordamida doskalarni tekislaydilar.
Bolalarning ko‘z bilan chamalash qobiliyatini o‘stirishga katta ahamiyat beriladi. Masalan, ularga 4-5 ta narsa ichidan namunaga qaraganda katta (kichik) narsani, namuna bilan teng narsani ko‘z bilan chamalab topish taklif qilinadi. Bolalar o‘lchovga teng narsalar topishni o'rganadilar. 0‘lchovdan endi taqqoslanayotgan narsalarni yonma-yon qo‘yib, o‘lchashdan ko‘z bilan chamalab o‘lchashga o‘tish maqsadidagi oraliq vosita sifatida foydalaniladi.
Il- va III- fasllarda 7-8 mashg‘ulot davomida narsalarni o‘lchamlariga qarab qator qilib terish mashqi bajariladi. Awal bu mashqlar mashg‘ulotlarning asosiy qismini tashkil etadi, keyin- chalik esa ular uchun dasturning boshqa bo‘limlaridagi materialni o‘rgatishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarning ikkinchi yoki uchinchi qismida 4-6 minut vaqt ajratiladi.
Bolalarning matematika mashg‘ulotlarida olgan bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda mustahkamlab borish va ular faoliyatining har xil turlarida tatbiq etish zarur. Bolalar uzunligi va kengligi teng hamda teng bo‘lmagan tasmalar, yo‘lkachalar rasmini chizishlari, kitoblarni, qutichalarni ta'mirlash uchun kerakli o‘lchamdagi doskalarni tanlab olishlari, tabiat burchagidagi o‘simliklami parvarish qilib, ularni poyasining yo‘g‘onligini, barg- larining uzunligi, kengligi va qalinligini va hokazolarni taqqos- lashlari mumkin.
Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda tegishli bilim, malaka, ko‘nikmalarni mustahkamlash va o‘stirishga imkon beruvchi didaktik o‘yinlarni gohi-gohida o‘tkazib turish maqsadga muvo­fiqdir.

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling