O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Narsalarni sanab ajratish usullarini o‘rgatish
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
Narsalarni sanab ajratish usullarini o‘rgatish. Bolalar narsalarni sanashni bilib olganlaridan so‘ng ularga narsalarni sanab ajratish, ma’lum miqdordagi narsalardan iborat bo'lgan guruhlarni mustaqil tuzish o'rgatiladi. Bu ishga 6-7 mashg'ulot ajratiladi. Bu mashg'u- lotlarda dastumingboshqa bo'limlari yuzasidan ham parallel ravishda ish olib boriladi.
Narsalarni sanab ajratishni o'rgatish uning usullarini ko‘rsatish- dan boshlanadi. Odatda, ishning yangi usuli bolaning diqqat- e’tiborini o'ziga butunlay tortib oladi va u qancha narsani sanab ajratish kerakligini unutadi. Ko‘p bolalar narsalarni sanashda sonlami narsalar bilan emas, balki o‘z harakatlari bilan bog'laydilar. Masalan, qo'llariga narsani olib bir deydilar, uni qo‘yishda esa ikki deydilar. Tarbiyachi bu ish usulini tushuntirib, bolalarning sonni esda saqlab qolishlari zarurligini ta’kidlaydi, narsani indamasdan olish va uni qo‘ygandagina sanash kerakligini ko'rsatadi hamda tushuntirib beradi. Birinchi mashg'ulotni o'tkazishda bolalarga namunalar (doira- chalar yoki narsalar rasmi solingan quticha) beriladi. Bola namu- naga qarab qutichada qancha doiracha bo‘lsa, shuncha o'yinchoq (yoki buyum) sanab ajratadi. Quticha harakat natijalarini nazorat qilish vositasini o‘taydi. Bolalar doirachalarni ichlarida sanaydilar. Awal namuna bola qo‘liga beriladi, keyinchalik esa uni pedagog faqat ko'rsatadi, „Sanab chiq va hamma qo‘g‘irchoqlarga yetadigan kiyim olib kel“ kabi narsalar yig'indisini tenglash mashqlari ayniqsa foydalidir. Bola o'yinchoqlarni sanab ajratadi va talab qilingan miqdorda olib keladi. Bunday mashqlar sanoq ahamiyatini ta’kid- lash imkonini beradi. Bolalar uchinchi mashg‘ulotda narsalarni aytilgan son bo'yicha sanab ajratishni o‘rganadilar („Sanab chiq va 4 ta quyoncha olib kel“). Pedagog ularni doim sonni eslab qolish zarurligi haqida ogohlantirib turadi. Bolalar hitta guruhni vodlariga tushirishni mashq qilishdan darrov ikki guruhni tuzishga, ikki sonni eslab qolishga o‘tadilar („3 ta quyoncha va 4 ta sabzi olib кеГ). Bunday mashqlami berish bilan birga natural sonlar qatoridagi qo‘shni sonlar aytib beriladi. Bu bolalarga yo‘l-yo‘lakay sonlarni taqqoslashni mashq qildirishga imkon beradi. Bolalarga ma'lum miqdordagi narsalarni faqat sanab ajratish emas, balki ularni ma'lum bir joyga, masalan, yuqorigi yoki pastki tokchalarga, stolning o‘ng yoki chap tomoniga joylashtirish va hokazolar ham taklif qilinadi. Tarbiyachi ayni bi r narsalar o‘rtasidagi miqdoriy munosabat- larni va shuningdek, ularning joylashish o‘rnini 0‘zgartiradi. Narsa- larning soni, sifat belgisi va fazoviy joylashishi o‘rtasidagi bog‘lanishlar aniq o‘lchanadi. Bolalar borgan sari ko‘proq mustaqil ravishda, qo‘shimcha savollarni kutib o‘tirmasdan, narsalar qancha, ular qanday narsalar va qayerga joylashganligi haqida gapirib beradilar. Sanash natijasini ular narsalarni qayta sanab chiqish bilan tekshiradilar. Oxirgi 2-3 mashg‘ulotda bolalarga turli narsalarni teng miqdorda to‘plash taklif qilinadi. (Uchta doira, uchta kvadrat, uchta to‘g‘ri to‘rtburchak — hamma figuralar uchtadan). Mazkur holda narsalarning hamma guruhlari uchun umumiy belgi ularning teng miqdorda ekanligidir. Bolalar bunday mashqlardan so‘ng natijaviy sonning yakunlovchi ahamiyatini tushuna boshlaydilar. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling